Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   168
Axborotlashgan jamiyat - ko‘pchilik ishlovchilarning axborot, 
ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, 
qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatidir.


73 
Axborotlashgan jamiyatga xos xususiyatlarni quyidagicha ko‘rsatish 
mumkin: 
- axborot inqirozi muammosi hal etildi, ya’ni axborot mo‘l-ko‘lligi va 
axborot taqchilligi o‘rtasidagi ziddiyat yechildi
- boshqa zaxiralarga qiyoslanganda axborot ustuvorligi ta’minlandi; 
- rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo‘ladi; 
- eng yangi axborot texnika va texnologiyalari yordamida 
avtomatlashtirilgan holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish 
jamiyati shakllandi; 
- axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini 
qamrab olib , umumiylik xususiyat kasb etmoqda
- butun insoniyat sivilizatsiyasining axborot birligi shakllanmoqda; 
- zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun 
sivilizatsiya axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshdi; 
- jamiyat boshqaruvida gumanizm tamoyillariga to‘liq amal qilinadi. 
Ijobiy tomonlardan tashqari, salbiy oqibatlar ham oldindan ko‘rilgan: 
- sivilizatsiyalarning bir-biriga ta’sirining kuchayishi; 
- axborotlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchilar va iste’molchilar 
orasida ziddiyatlar vujudga kelish xavfi. 
- ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko‘proq ta’sir 
ko‘rsatishi; 
- axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning xususiy hayotini 
buzib yuborishi; 
- sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi
- ko‘pgina odamlarning axborot jamiyati muhitiga moslashishi 
qiyinligi. 
Hozirgi kunda axborotlashgan jamiyatga quyidagi mamlakatlarni 
misol qilib keltirsak bo‘ladi: AQSh, Yaponiya, Germaniya, boshqa 
Yevropa mamlakatlari. Ushbu mamlakatlarda asosiy investitsiyalar va 
innovatsiyalar axborot va kompyuter industriyasiga to'g'ri keladi.
Axborot - xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi 
zaxira bo‘lib, energetika yoki foydali qazilmalar zaxiralari kabi 
ahamiyatga ega. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling