Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


 Axborot texnologiyalarining xususiyatlari


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   168
2.4. Axborot texnologiyalarining xususiyatlari 
Axborot texnologiyalarini boshqaruv tizimi tarkibiga obyekt shaklida 
shakllantirish natijasida uning xususiyatlari namoyon bo
‘ladi. Bunda 
quyidagi asosiy xususiyatlarni keltirish mumkin:
• hujjatlashtirish – qabul qilingan hujjatlar asosida axborot
texnologiyalarini ma’lumot tashuvchilarida tasvirlash imkoniyati;
• ishonchlik – axborot texnologiyalarini qo‘llash jarayonida uning 
barcha funksiyalarining qo
‘yilgan talablarga to‘liq javob berish 
imkoniyati;
• yakunlanganligi – axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish 
jarayonida yo
‘l qo‘yilgan xatoliklar ehtimoli; 
• tushunarlik va aniqlik – foydalanuvchilar tomonidan o‘zlashtirishning 
yengilligi; 
• ochiqlik va kengayish – axborot texnologiyalariga yangi elementlar 
va aloqalarni kiritish imkoniyati; 
• tejamkorlik – axborot texnologiyalarini joriy qilishda talab etiladigan 
resurslar; 
• formallashganlik – axborot texnologiyalarini abstrakt holatga 
o
‘tkazish; 
• himoyalanganlik – axborotlarga noqonuniy kirishlarni qayd qilish va 
cheklash; 
• samaradorlik – axborot texnologiyalarini qo‘llashdagi texnikaviy, 
iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarni samaradorliklarini belgilovchi xossa. 


68 
Predmet sohasi 
Funksional jarayonlar 
Chiqarish 
korxonalar, 
xizmatlar,vositalar 
Predmet sohasi 
modellari 
Tayanch 
texnologiya 
Axborot
texnologiyasi 
Bilimlar 
bazasi 
Apparat 
vositalar 
Tizimli
dasturiy 
uskunaviy 
MB 
Foydalanuvchi 
interfeysi 
Axborotiy-texnologik jarayonlar 
Axborot texnologiyalarini mohiyati nuqtayi nazar quyidagi asosiy 
xususiyatlarni keltirish mumkin: 
• maqsadga muvofiqligi; 
• tashkily qismlar va tuzilishning mavjudlig; 
• tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi; 
yaxlitlik
• vaqtda rivojlanishi. 
Maqsadga muvofiqligi – axborot texnologiyalarini joriy etishdan 
asosiy maqsad qilib zamonaviy kompyuterlarni qo‘llash orqali axborotlarni 
qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish va shu orqali ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish hisoblanadi.
2.4.1. - rasm. Axborot texnologiyalarining tarkibi 


69 
Tashkily qismlar va tuzilishning mavjudligi – bu tashkilotning
tuzilmasi bo‘lib, uning ichki holatini va qismlarining o‘zaro 
bog‘langanligini belgilab beradi, va uning asosiy ikki qismdan, ya’ni 
tayanch texnologiyalar va bilimlar bazasidan tashkil topganligini 
namoyon qiladi. 
Predmet sohaning modeli – korxona mutaxassislari va axborot 
texnologiyalarining 
ishlab 
chiquvchilari 
orasidagi 
muloqotni 
ta’minlashga qaratilgan ta’riflar to‘plami. 
Tayanch texnologiya – axborotlarni saqlash va qayta ishlash 
tizimlarini amalga oshiruvchi apparat vositalar, tizimli va amaliy 
dasturlar ta’minoti to‘plami.
Bilimlar bazasi – bu kompyuter xotirasida jamlangan bilimlar to‘plami.
Bilimlar bazasi bevosita predmet sohasiga mansub bo‘lgan ma’lumotlar 
bazasini o‘z ichiga oladi (rejali topshiriqlar, ilmiy ma’lumotlar, ishlab 
chiqarish ma’lumotlari, va boshqa turdagi ma’lumotlar).
Tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi – axborot texnologiyalarining 
boshqaruv obyekti bilan o‘zaro munosabati, korxonalar va tizimlar, fan 
va ishlab chiqarishlarning o‘zaro aloqasi tushuniladi.
Yaxlitlik – axborot texnologiyalari yaxlit tizim deb hisoblanadi 
agar u yechadigan masala uning biror-bir qismiga mansub bo‘lmasa.
Vaqtda 
rivojlanishi 
– axborot texnologiyalarini dinamik 
rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, uning yangilanishi, 
tarkibining o‘zgarishi va uning tarkibiga yangi qismlarni joriy qilishdir.
Jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalari strategik 
ahamiyatga ega bo‘lib, bunda uning quyidagi xossalarini qayd qilish 
mumkin: 
1. Axborot texnologiyalari jamiyatda mavjud axborot resurslaridan 
samarali foydalanishga imkoniyat beradi. Ko ‘p yillik kuzatuvlar 
natijasida aniqlanishicha axborot resurslarini faollashtirish, tarqatish va 
undan samarali foydalanish bevosita iqtisodiy resurslarni tejashga olib 
keladi, masalan, energiya, foydali qazilma boyliklari, vaqt, inson 
resurslari.
2. Axborot texnologiyalari bevosita axborot jarayonlarini 
optimallashtirish va ko‘p hollarda uni avtomatlashtirishga qaratilgan 
bo‘lib, oxirgi yillarda jamiyatimizni barcha jihatlarini qamrab olmoqda.
3. Axborot texnologiyalari ishlab chiqarish va ijtimoiy jarayonlarda 
asosiy element bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling