Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – ma’lumotlarni
o ‘zida to‘plash, saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish vositalari orqali barcha sohalarda keskin rivojlanishga imkon yaratib beruvchi texnologiyalar. Bu texnologiyaning asosini axborot (informasiya) va ularni qayta ishlash vositalari (asosan kompyuterlar) tashkil qiladi. Bu texnologiyadan hozirgi vaqtda deyarli barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. Shu jumladan ta’lim tarbiya jarayonida ham. Bu texnologiyadan ayniqsa ta’lim jarayonida boshqa sohalarga nisbatan samaraliroq foydalanish imkoniyatlari mavjud va dunyo miqyosida keng tatbiq etilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish kabi zamonaviy tarmoqlar taraqqiyotida, xizmat ko‘rsatish, xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy sohalar, ilm-fan va texnikani rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda jamiyatni yuqori texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz, global tarmoqqa ulanmasdan va axborot resurslaridan foydalanmasdan rivojlantirib bo‘lmaydi. Ular ijtimoiy hayotning ajralmas qismi va mamlakat taraqqiyotining mezoniga aylanmoqda. O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari: Ixtisoslashgan ilmiy-texnika zonalari tarmog‘ini barpo etish, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatiga yuqori texnologiyalarni samarali joriy etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ko‘rsatiladigan interfaol xizmatlar hajmini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, mamlakat axborot xavfsizligi tizimini mustahkamlash, elektron hujjat aylanishi mexanizmini takomillashtirish. Mamlakatimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish tarmoqlari, internet xizmatlarini rivojlantirish, ularni dunyo standartlariga yetkazish va shu asosda axborotlashgan jamiyat sari jadal intilish maqsadida keng ko‘lamli chora- tadbirlar ko‘rilyapti. Ko ‘z o‘ngimizda ro‘y berayotgan taraqqiyot oqimlarini barcha sohalarda bo ‘lgani kabi telekommunikatsiya tizimida yaqqol kuzatishimiz mumkin. Avvallari faqatgina so ‘zlashuv uchun ishlatilgan telefon simidan bugun internet, tovushli aloqa va ma’lumotlar uzatish kabi turli qo ‘shimcha xizmatlardan foydalanish, videotelefoniya va hatto teleko ‘rsatuvlar ko‘rish imkoni bor. Bularning barchasi so ‘nggi yillarda telekommunikatsiya tarmog ‘ining izchillik bilan modernizasiya qilinishi natijasida yuzaga keldi. Hukumatimiz tomonidan mazkur sohaga eng zamonaviy vositalar joriy 67 qilinishiga katta e’tibor qaratilgani bois, bugun yurtdoshlarimiz ko ‘plab qulayliklarga ega bo ‘lmoqdalar. Axborot asri deya e’tirof etilayotgan bugungi kunimizda axborot kommunikatsiya tizimi izchil rivojlanishda davom etmoqda. Bugun zamonaviy axborot texnologiyalarisiz hayotimizni tasavvur etib bo ‘lmaydi. Mamalakat darajasida soha rivoji muhim omillardan biriga aylangan. Shu bois ham mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa sohani xalqaro andozalarda mexanizasiyalashtirish va rivojlantirish ustuvor yo ‘nalishlar sifatida belgilab olingan. Prezidentimizning ”O ‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish chora-tadbirlari to ‘g‘risida” Qarori bu borada dasturilamal bo ‘lib xizmat qilmoqda. Amaliy harakatlar natijasida yurtimizning olis mintaqalarida axborot resurslarini yaratish va undan foydalanish samaradorligi oshirilmoqda. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling