Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   168
Nazorat savollari 
1. Axborot bilan qanday amallarni bajarish mumkin? 
2. Mantiqiy tuzilishga ko‘ra axborot qanday bo‘laklardan tashkil topgan? 
3.Axborot texnologiyalari o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha qanday 
tasniflanadi? 
4. Sintaksis axborot o‘lchovi deganda nimani tushunasiz? 
5. Axborot texnologiyalari ta’rifini ayting. 
6. Iqtisodiyotda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari asosida 
yaratilgan qanday axborot tizimlarini bilasiz? 
7. Neyrokompyuterli texnologiyalarni qo‘llash sohalarini ayting. 
 


76 
3-BOB. DASTURIY TA’MINOT VA UNING RIVOJLANIB 
BORISH TЕNDЕNTSIYALARI 
3.1. Dasturiy ta’minotning asosiy tushunchalari 
Zamonaviy axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi birinchi 
navbatda dasturiy ta’minotning ilg‘or qadamlar bilan rivojlanishiga 
bog‘liq. Kompyuter texnologiyalariga qilinadigan harajatlarni 
quyidagicha tasvirlash mumkin: 
Bu yerda EDI – electronics document interchange, ya’ni interaktiv 
elektron hujjatlar. Shuni ta’kidlash kerakki, 1990 yilda jahon jamiyatida 
dasturiy ta’minotga 100 mlrd. AQSH dollaridan ziyod mablag‘ sarflandi. 
Dasturiy ta’minotga qilinadigan harajatlar , o‘rtacha hisobda, har yili 20% 
ga oshib bormoqda.
Axborot tizimlari nuqtayi nazaridan dasturiy ta’minot – bu 
hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini 
yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni 
yig‘indisi tushuniladi.
Dasturiy ta’minotlarni tasniflash quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
amalga oshiriladi:
1. Foydalanuvchining kompyuter apparat qismi bilan bo‘lgan o‘zaro 
munosabati, buni klassik yondashuv deb atasak ham bo‘ladi va 
uning asosiy tushunchalari keyingi bandlarda ko‘rib chiqiladi; 


77 
2. Dasturiy ta’minotning litsenziyasi bo‘yicha tasnifi. Bunda erkin 
DT va erkinmas DT. Erkin DT bevosita GPL tomonidan 
litsenziyasi bo‘lishi kerak va unda quyidagilar muhim hisoblanadi: 
• foydalanishdagi erkinlik; 
• o‘rganish va tuzatishdagi erkinlik; 
tarqatishdagi erkinlik
• o‘zgartirishdagi erkinlik; 
Erkinmas DT quyidagilarni qamrab oladi : 
• tijoratli dasturlar (bunda tijoratli dastur litsenziyalangan va 
mualliflik huquqlari himoyalangan bo‘ladi); 
• chegaralangan dasturlar (bunda dasturdan ma’lum vaqtgacha bepul 
foydalanish mumkin); 
• shartli bepul dasturlar ( shareware, bunda dasturdan ma’lum 
vaqtgacha bepul foydalanish mumkin, ammo uning imkoniyatlari 
chegaralangan bo‘ladi); 
• reklamali bepul dasturlar (adware, bunda dasturdan bepul 
foydalanish mumkin, faqatgina unda reklama elementlari mavjud 
bo‘ladi); 
BIOS va ichki DT 
O‘rta pog‘onadagi DT 
Kompyuter apparat qismi 
Vizu
alla
sh
tiri
sh
v
o
sitalari
Uskunaviy 
vositalar 
OT va utilitalar 
Foydalanuvchi 
Amaliy DT 


78 
• bepul dasturlar (freeware, bunda dasturdan bepul foydalanish 
mumkin, faqatgina dastur kodi bo‘lmaydi ); 
• ochiq kodli dasturlar (bunda GPL litsenziyasi mavjud bo‘lmaydi, 
shu bois uni erkin DT deb hisoblab bo‘lmaydi ) ; 
3. Dasturiy ta’minotni kompyuter platformasi bo‘yicha tasnifi. Bunda
operatsion tizim platforma sifatida olingan:
• bir platformali DT (faqatgina bitta OT muhitida ishlash uchun 
mo‘ljallangan);
• bir platformadan boshqasiga o‘tkaziladigan DT (portable, Perl, 
Python, C++ tillarida yozilgan dasturlarni Windows, Unix, Linux
OT muhitlarida ishlatish mumkin);
• platformalararo DT (masalan, Java va web ilovalar barcha OT 
muhitlarida bir xil ishlaydi );
4. Dasturiy ta’minotni dastur interfeysi bo‘yicha tasnifi:
• grafik interfeysli dasturlar ; 
• konsolli dasturlar ; 
• masalalar panelidagi dasturlar (masalan, “Soat” dasturi, va uni 
faqatgina kontekst menyu orqali boshqarish mumkin bo‘ladi ) ; 
• ishchi stol Vidjetlari (gadjetlari) ( Gadjet – yangi juda kichik 
qurilma bo‘lib, ularga quyidagilar bo‘lishi mumkin: smartfon, 
pleer, qo‘shimcha kuler va b. Dasturiy ta’minotda esa vidjet (gadjet) 
yangi juda kichik ilova bo‘lib, qo‘shimcha har xil ma’lumotlarni 
olishga imkon beradi, ob-havo, valyuta kurslari va b. Bunga Google 
Gadjets, SideShow misol bo‘la oladi.) ; 
5. Dasturiy ta’minotni apparat ta’minoti bo‘yicha tasnifi:
• superkompyuterlarga mo‘ljallangan dasturlar 
• server va maynfreymlarga mo‘ljallangan dasturlar ; 
• shaxsiy kompyuter va ishchi stansiyalarga mo‘ljallangan dasturlar ; 
• kissali kompyuter va kommunikatorlarga mo‘ljallangan dasturlar ; 
• mikroprosessorli qurilmalarga o‘rnatiladigan dasturlar. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling