Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Axborot tizimlarining masalaning tuzilishi bo‘yicha sinflari
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot tizimlarining masalaning tuzilishi bo‘yicha sinflari
Bu yerda quyidagi tasniflash keltirildi, umumiy ko‘rinishda bu yerda axborot tizimining kengaytirilishi inobatga olinadi (masshtablash) • Shaxsiy axborot tizimi, bir kishiga mo‘ljallangan axborot tizimi. • Guruhlangan axborot tizimi, korxona bo‘limi xodimlari axborotlardan birgalikda foydalanishadi. • Tashkilot axborot tizimi, korxona doirasida axborot jarayonini to‘liq qoplagan bo‘lib, ularni to‘liqligini va ularni barchaga yetkazib berish imkoniga ega bo‘ladi. 5.3. Axborot tizimlarini avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha sinflanishi Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra avtomatlashtirilgan, avtomatik va avtomatlashtirilmagan (an’anaviy) boshqarish tizimlari o‘zaro farqlanadi. Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bo‘g‘inini (operatorlar, ma’muriy apparat) o‘zining organik tarkibiy qismiga kiritadi. Avtomatik tizimlar esa yig‘ish va sozlashdan so‘ng inson ishtirokisiz (profilaktik Axborot tizimi Avtomatlashtirilmag Avtomatlashtirilgan Avtomatik 124 nazorat va ta’mirlashni hisobga olmasa) prinsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni ko‘proq texnologiyalarni boshqarishda qo‘llashadi, garchi bu o‘rinda avtomatlashtirilgan tizimlar afzal ko‘rilsa ham. Tashkiliy boshqaruv tizimlariga kelganda, ular bu spesifikatsiyadan kelib chiqib avtomatik bo‘lolmaydi. Odamlar bu tizimlarda quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi: birinchidan, bu boshqarish maqsadlari va mezonlarining qo‘yilishi va tuzatib borilishidir (ular sharoit o‘zgarganda o‘zgartirib boriladi), ikkinchidan, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning eng yaxshi yo‘llarini izlab topishda ijodiy elementlarni kiritish (qo‘llanayotgan texnologiya yoki tashkiliy ishni keskin o‘zgartirish), uchinchidan, ishlab chiqilayotgan qarorlar tizimini tugal tanlash va ularga yuridik kuch berish. Nihoyat, to‘rtinchi vazifa bo‘lishi mumkin, bu tizimni boshlang‘ich axborot bilan ta’minlashki, uni to‘plashni to‘liq avtomatlash mumkin emas yoki noratsional hisoblanadi (masalan, kadrlarni hisobga olish ma’lumotlari, ish joyining o‘zgarishi ahvoli va hokazolar). Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborotlar texnika vositasisiz xodimlar tomonidan bajariladi. Avtomatik axborot tizimida barcha axborot jarayonlari xodimlarsiz amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) – bu ma’lumotlar jamlanmasi, iqtisodiy-matematik usullar va modellar, texnikaviy, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislar bo‘lib ma’lumotlarni qayta ishlash va qaror qabul qilish uchun mo‘ljallangan. AATning tasnifi quyidagicha qabul qilingan: Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling