Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
O‘rta menejerlar uchun axborot tizimlari
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strategik axborot tizimlari
- Nazorat savollari
- 6.2. Avtomatlashtirilgan ish joylar
O‘rta menejerlar uchun axborot tizimlari monitoringi (doimiy
kuzatish), boshqarish, qaror qabul qilish va boshqarish uchun o‘rta menejerlar tomonidan qo‘llaniladi. Ushbu axborot tizimlarining asosiy vazifalari quyidagilardir: • Korxonani mavjud iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oldingi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan solishtirish; • Muayyan vaqtga oid davriy hisobotlarni tuzish; • Arxiv ma’lumotlariga kirishni ta’minlash va h.k. Strategik axborot tizimlari Har qanday tashkilotning (kompaniyaning) rivojlanishi va muvaffaqiyati asosan unda qabul qilingan strategiya bilan belgilanadi. Strategiya uzoq muddatli istiqbolli vazifalarni hal qilishning usullari va vositalari to‘plami sifatida tushuniladi. Strategik axborot tizimi - tashkilotning strategik uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishga qaror qabul qiluvchi kompyuter axborot tizimi. Strategik darajadagi axborot tizimlari yuqori darajadagi menejerlarga boshqaruv masalalarni yechishga va uzoq muddatli rejalashtirishni amalga oshirishga yordam beradi. Asosiy vazifa - tashqi muhitda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni tashkilotning (kompaniyaning) mavjud salohiyati bilan solishtirishdir. Nazorat savollari 1. Boshqaruv tizimi qanday tuzilmaga ega? 2. Boshqarish funksiyalari va darajalarning o‘zaro aloqasini aytib bering. 3. Axborot tizimlarini tadbiq etish qanday imkoniyatlar beradi? 4. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining vazifasi nimadan iborat? 5. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini tuzilishini aytib bering. 6.2. Avtomatlashtirilgan ish joylar Avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ) - bu biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va tashkilot xodimlarining samaradorligini oshirish imkonini beradigan apparat va dasturiy ta’minotning majmuasidir. Odatda AIJ o‘rnatilgan dasturiy ta’minot va tashqi qurilmalar bilan jihozlangan shaxsiy kompyuterdan iborat bo‘ladi. Avtomatlashtirilgan ish joylari: 137 • mutaxassisning axborot va hisoblash ehtiyojlarini tezkor ta’minlashni va uning ish joyida joylashgan apparat va dasturiy vositalar to‘plamidir. • ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish, tashkiliy va iqtisodiy boshqaruv. Avtomatlashtirilgan ish joyini tuzilmasi: 6.2.1.- rasm. Avtomatlashtirilgan ish joyini tuzilmali Avtomatlashtirilgan ish joylarini texnologik asosi quyidagi vositalar to‘plami bilan ta’minlanadi: • "elektron pochta", "elektron kotib", "elektron yozma daftarchasi" va boshqalarni qo‘llab-quvvatlashning turli vositalarini o‘z ichiga olgan tezkor faoliyatning to‘plami; • axborotni izlash va tahlil qilish vositasi, jumladan turli xil axborot tizimlari, tahliliy fayllar, elektron grafik vositalar; • boshqaruv va iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, shu jumladan, iqtisodiy-matematik modellari, elektron jadvallarni, qarorlarni qabul qilish modellari; axborot bazalari bilan qo‘llab-quvvatlangan ekspert tizimlari (ET); sonly va matnli axborotlarni qayta ishlash vositalari. AIJ Texnik vositalari Dasturiy ta’minot Axborot ta’minoti va uslubiy hujjatlar Hisoblash tizimi zahiralatini boshqarish Vazifali dasturiy ta’minot Umumiy dasturiy ta’minot Yangi dasturiy ta’minot yaratish vositalari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling