Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Avtomatlashtirilgan ish joylarni sinflash
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy kompyuterlar asosida yaratilgan AIJ
- Mutaxassisning avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ)
- Texnik xodimning avtomatlashtirilgan ish joyi
Avtomatlashtirilgan ish joylarni sinflash
Avtomatlashtirilgan ish joylarini belgilarlar bo‘yicha quyidagi sinflarga ajratish mumkin (Rasm x.x.). Texnik bazaga muvofiq quyidagi avtomatlashtirilgan ish joylarni ajratish mumkin: • Korporativ EHM asosida yaratilgan AIJ. Ular tashkiliy – iqtisodiy boshqarma mutaxassisi xodimlari tomonidan katta ma’lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyatini beradi; • Shaxsiy kompyuterlar asosida yaratilgan AIJ. Bu avtomatlashtirilgan ish joyining eng sodda va keng tarqalgan ko‘rinishidir. Bunday holatda, avtomatlashtirilgan ish joyi foydalanuvchi o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborotni qayta ishlash bo‘yicha barcha vazifalarini bajaradi. Ixtisoslik bo‘yicha avtomatlashtirilgan ish joylarining quyidagi turlarini ajratish mumkin: • Rahbarning AIJ tezkor boshqarish va qarorlarni qabul qilish vazifalarini bajarish uchun mo‘ljallangan. Rahbarning avtomatlashtirilgan ish joyi quyidagi imkoniyatlarni beradi: Ma’muriy faoliyatini ta’minlash tizimosti AIJ Qarorlarni qabul qilish ta'minlovchi tizimosti Muntazam ishlarni ta’minlovchi tizimosti Aloqalarni ta’minlash tizimosti Mutaxassis faoliyatini ta’minlash tizimosti 139 6.2.3.- rasm. Avtomatlashtirilgan ish joylarini turlari muayyan vaziyatlarga maksimal darajada moslashish bilan qarorlar qabul qilish; ✓ avtomatlashtirilgan korporativ ma’lumotlar bazasida joylashgan barcha ma’lumotlarga talab qilingan shaklda hisobotlarni qabul qilish; ✓ rahbarga yoki uning yordamchilariga tezkor ishlashni oshirish va zarur ma’lumotlarni topish tezligini ta’minlaydi; ✓ tashkiliy tuzilma va tashqi muhit bilan bog‘liq boshqa axborot manbalari bilan tezkor aloqa o‘rnatish imkonini beradi. • Mutaxassisning avtomatlashtirilgan ish joyi (AIJ) tahliliy ishlarni bajarishga imkon beradi. Mutaxassisning avtomatlashtirilgan ish joyi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: ✓ shaxsiy ma’lumotlar bazalari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalari bilan ishlash; ✓ axborotning qo‘shimcha manbalari bilan muloqotni ta’minlash; ✓ tajribani hisobga olgan holda tahlil qilingan jarayonlarni modellashtirish. • Texnik xodimning avtomatlashtirilgan ish joyi bajaradigan kundalik ishlarni avtomatlashtirishga imkon beradi: ✓ ma’lumotlarni kiritish; ✓ arxivlarni saqlash va kartotekani olib borish; Ishlatish rejimi bo‘yicha Ixtisoslik bo‘yicha Avtomatlashtirilgan ish joy Texnik bazasi bo‘yicha Korporativ EHM asosida AIJ Shaxsiy kompyuterlar asosida AIJ Rahbarning AIJ Texnik xodimining AIJ Mitaxassisning AIJ Shaxsiy AIJ Guruh AIJ Tarmoqli AIJ 140 ✓ kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni qayta ishlash; ✓ rahbarning kunlik shaxsiy rejasini nazorat qilish va h.k. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling