135
Iqtisodiy axborot tizimlarini boshqaruv darajasida bo‘lgan
turlari
Boshqarishning barcha darajalari
hamma vazifali tizimlardan
ma’lumotlarni talab qiladi.
Tezkor darajani axborot tizimlari
Tezkor darajadagi axborot tizimlari
korxona va tashqi muhit
o‘rtasidagi aloqa vazifasini bajaradi. Tezkor darajadagi axborot
tizimlarining quyidagi namunalarini keltirish mumkin:
•
buxgalteriya hisobi;
• bank depozitlari;
• ishlov berish buyrug‘i;
• aviachiptalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va h.k .
Mutaxassislarni axborot tizimlari. Axborot tizimlarining vazifasi
- yangi axborotlarni tashkilotlarga integratsiyalash va qog‘oz hujjatlarini
qayta ishlashda ko‘maklashishdir. Bugungi
kunda bunday tizimlar
biznesda eng tez rivojlanmoqda. Axborot tizimlarining ushbu sinfini ikki
guruhga ajratish mumkin:
• Ofislarni avtomatlashtirish axborot tizimlari;
• Bilimlarni qayta ishlash uchun axborot tizimlari.
Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari
quyidagi vazifalarni
bajaradi:
• Turli xil matn protsessorlardan foydalangan holda kompyuterda
matnlarni
qayta ishlash;
• Yuqori sifatli bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish;
•
Hujjatlarni arxivlashtirish;
• Ishbilarmon ma’lumotlarini saqlash uchun elektron kalendarlar va
yozma daftarchalar bilan foydalanish;
•
Elektron va audio pochta;
• Video va tele-konferensiyalar.
Odatda ular o‘rta darajali mutaxassislar tomonidan qo‘llaniladi:
buxgalterlar, kotiblar, referentlar. Asosiy maqsad – ma’lumotlarni qayta
ishlash, ularning ish samaradorligini oshirish va ish yuritish ishlarini
soddalashtirish.
Axborotni qayta ishlash bo‘yicha bilim tizimlari, jumladan,
ekspertlar tizimi yangi axborotli mahsulot
ishlab chiqishda yoki
yaratishda muhandislar, advokatlar va olimlar tomonidan zarur bo‘lgan
bilimlarni oladi.