Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


O‘rta menejerlar uchun axborot tizimlari


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168
O‘rta menejerlar uchun axborot tizimlari monitoringi (doimiy 
kuzatish), boshqarish, qaror qabul qilish va boshqarish uchun o‘rta 
menejerlar tomonidan qo‘llaniladi.
Ushbu axborot tizimlarining asosiy vazifalari quyidagilardir: 
• Korxonani mavjud iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oldingi iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar bilan solishtirish
• Muayyan vaqtga oid davriy hisobotlarni tuzish; 
• Arxiv ma’lumotlariga kirishni ta’minlash va h.k. 
Strategik axborot tizimlari 
Har qanday tashkilotning (kompaniyaning) rivojlanishi va 
muvaffaqiyati asosan unda qabul qilingan strategiya bilan belgilanadi. 
Strategiya uzoq muddatli istiqbolli vazifalarni hal qilishning usullari va 
vositalari to‘plami sifatida tushuniladi. 
Strategik axborot tizimi - tashkilotning strategik uzoq muddatli 
maqsadlarini amalga oshirishga qaror qabul qiluvchi kompyuter axborot 
tizimi. 
Strategik 
darajadagi 
axborot 
tizimlari 
yuqori 
darajadagi 
menejerlarga boshqaruv masalalarni yechishga va uzoq muddatli 
rejalashtirishni amalga oshirishga yordam beradi. Asosiy vazifa - tashqi 
muhitda yuzaga keladigan o‘zgarishlarni tashkilotning (kompaniyaning) 
mavjud salohiyati bilan solishtirishdir. 
Nazorat savollari 
1. Boshqaruv tizimi qanday tuzilmaga ega? 
2. Boshqarish funksiyalari va darajalarning o‘zaro aloqasini aytib 
bering. 
3. Axborot tizimlarini tadbiq etish qanday imkoniyatlar beradi? 
4. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining vazifasi nimadan 
iborat? 
5. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini tuzilishini aytib bering. 
6.2. Avtomatlashtirilgan ish joylar 
Avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ) - bu biznes jarayonlarini 
avtomatlashtirish va tashkilot xodimlarining samaradorligini oshirish 
imkonini beradigan apparat va dasturiy ta’minotning majmuasidir. 
Odatda AIJ o‘rnatilgan dasturiy ta’minot va tashqi qurilmalar bilan 
jihozlangan shaxsiy kompyuterdan iborat bo‘ladi. 
Avtomatlashtirilgan ish joylari:


137 
• mutaxassisning axborot va hisoblash ehtiyojlarini tezkor 
ta’minlashni va uning ish joyida joylashgan apparat va dasturiy 
vositalar to‘plamidir. 
• ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, ishlab 
chiqarishni tashkil qilish va boshqarish, tashkiliy va iqtisodiy 
boshqaruv. 
Avtomatlashtirilgan ish joyini tuzilmasi: 
6.2.1.- rasm. Avtomatlashtirilgan ish joyini tuzilmali
Avtomatlashtirilgan ish joylarini texnologik asosi quyidagi vositalar 
to‘plami bilan ta’minlanadi: 
• "elektron pochta", "elektron kotib", "elektron yozma daftarchasi" va 
boshqalarni qo‘llab-quvvatlashning turli vositalarini o‘z ichiga 
olgan tezkor faoliyatning to‘plami; 
• axborotni izlash va tahlil qilish vositasi, jumladan turli xil axborot 
tizimlari, tahliliy fayllar, elektron grafik vositalar
• boshqaruv va iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, shu jumladan, 
iqtisodiy-matematik modellari, elektron jadvallarni, qarorlarni qabul 
qilish modellari; axborot bazalari bilan qo‘llab-quvvatlangan ekspert 
tizimlari (ET); sonly va matnli axborotlarni qayta ishlash vositalari. 
AIJ 
Texnik vositalari 
Dasturiy ta’minot 
Axborot ta’minoti va uslubiy 
hujjatlar 
Hisoblash 
tizimi 
zahiralatini 
boshqarish 
Vazifali 
dasturiy 
ta’minot 
Umumiy 
dasturiy 
ta’minot 
Yangi 
dasturiy 
ta’minot 
yaratish 
vositalari 


138 
6.2.2.- rasm. AIJ ta’minotini texnologik tizimlari 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling