Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Boshqaruv tizimi – boshqaruv obyekti (masalan, korxona) va
boshqaruv subyekti (masalan, ma’muriy apparat) majmuini o‘zida aks ettiradi. Subyekt - maqsadlarni shakllantirsh, rejalarni ishlab chiqarish, qabul qilinadigan qarorlar uchun talablarni ishlab chiqarish va ularni amalga oshirishni nazorat qilish vazifalarni bajaruvchi korxona rahbarlari. Boshqarish obyektining vazifasi esa boshqaruv apparati tomonidan ishlab chiqilgan rejalarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Boshqaruv tizimining har ikkala qismlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri a va teskari aloqa bilan bog‘lanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa boshqaruv apparati tomonidan obyektga yuborilgan ko‘rsatma ma’lumotlarining oqimi bilan ifodalanadi. Teskari aloqa esa yuborilgan qarorlarning bajarilishi to‘g‘risida hisobot berish oqimi bilan ifodalanadi. 132 Ko‘rsatma ma’lumotlar ma’muriy apparat tomonidan boshqaruv maqsadlari va joriy iqtisodiy vaziyat, atrof-muhit haqida ma’lumotlarga muvofiq ishlab chiqariladi. Hisobot obyekt tomonidan shakllantiriladi va ichki iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi, shuningdek tashqi muhitning ta’siri darajasini (to‘lov kechikishlar, elektr uzilishi, ob-havo sharoitlari, mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va boshqalar) aks etadi. Shunday qilib, tashqi muhit faqat obyektga ta’sir qilmaydi, u boshqaruv xodimlariga tashqi omillarga (bozor sharoitlari, raqobat, foiz stavkalari, inflyatsiya, soliq va bojxona siyosati) bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumot beradi. Axborot oqimlar (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari aloqalar), ma’lumotlarni qayta ishlash, ma’lumotlarni uzatish va saqlash vositalari, shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqaruv xodimlarining o‘zaro bog‘likligi iqtisodiy obyekt axborot tizimini tashkil etadi. Foydalanish sohalari bo’yicha quyidagi tizimlarni ajratish mumkin: • Texnik axborot tizimlari; • Iqtisodiy axborot tizimlari; • Gumanitar sohadagi axborot tizimlari va boshqalar. • Davomida bizlarni faqat iqtisodiy axborot tizimlar qiziqtiradi, shuning uchun iqtisodiy axborot tizim (IAT) tushunchasini ifodalaymiz. • Iqtisodiy axborot tizim (IAT) - foydalanuvchilarning so’roviga binoan iqtisodiy ma'lumotni saqlash, izlash va etqazib berish uchun mo'ljallangan tizim. • Iqtisodiy axborot tizimining foydalsnishning asosiy maqsadi - iqtisodiy tizimni (sanoat korxonasi, savdo tashkiloti, tijorat banki, davlat agentligi va boshqalar) samarali boshqarish. • Boshqarish uchun ishlatiladigan ma’lumotlarni ayrim qismi, iqtisodiy axborot tizimining yordamisiz qayta ishlaniladi. Buning sababi axborot ichki tuzilmasini murakkabligi. Boshqaruv obyektdan iqtisodiy axborot tizimiga (IAT) xodimlar ishtirokisiz, faqatgina kompyuter yordamida qayta ishlaydigan axborotlarni qismi (T 1 ') yuboriladi. Xuddi shunday, boshqaruv obyektidan xodimlar ishtirokisiz kompyuterda qayta ishlangan axborotlar qismi (T 2 ') iqtisodiy axborot tizimi (IAT) yordamida boshqaruv subyektiga o‘tkaziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling