Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobi uchun dasturiy mahsulotlarni tasniflash
Ikkinchi yondashuvda, moliya hisobidan tashqari, boshqaruv
hisobi ham qisman avtomatlashtirilgan. Bunday holda, buxgalteriya ikki xodim (buxgalter va uning yordamchi) tomonlaridan amalga oshiriladi. Uchinchi yondashuv bilan moliyaviy va boshqaruv hisoblari to‘liq avtomatlashtirishga erishiladi. Bunday tizimda katta miqdordagi axborotni qayta ishlash uchun ko‘p foydalanuvchilar rejimi qo‘llaniladi. Bir nechta kompyuterlar mahalliy tarmoqqa birlashtiriladi va har bir kompyuter buxgalterni alohida ish joyi sifatida qaraladi. Yondashuvni tanlash korxona turiga va uning hajmiga bog‘liq. Kichik korxonalarda asosiy e’tibor moliyaviy hisobga beriladi. Moliyaviy hisob ma’lumotlarini sintez va umumlashtirishga yo‘naltirilgan. Buxgalteriya hisobi uchun dasturiy mahsulotlarni tasniflash Ushbu sinf dasturlarida amalga oshiriladigan vazifalar to‘plami cheklangan. Mini-buxgalteriya tizimlar bir qator asosiy hujjatlar va hisobot shakllarini tuzishga imkon beradi. Ular bir-uch kishilik buxgalteriya uchun mo‘ljallangan. Integratsiyalashgan buxgalteriya tizimlari foydalanuvchilarga ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi va korxona barcha asosiy bo‘limlarni 148 hisobga olishni ta’minlaydi. Ularning ajralib turadigan xususiyati – ma’lumotlar bazasini birlashtiradigan bir nechta kompyuterlarda buxgalteriya hisobi tashkil etish imkoniyati bo‘lib, ular asosida hisobot yaratiladi. Integratsiyalashgan buxgalteriya tizimlari mahalliy tarmoqdagi ishlarni tashkil qilish imkonini beradi. 6.3.5. - rasm. Buxgalteriya hisobiga mo‘ljallangan dastur sifnlari Buxgalteriya ofis sinfining dasturlari analitik vazifalarni hal qilish, mahsulotni sotishni optimallashtirish, xom ashyo xaridlarini boshqarish, korxonada ofis ishlarini tashkil etish vazifalar bajarishini ta’minlaydi. Xalqaro tizimlar buxgalteriya - ofis dasturlari kabi nafaqat an’anaviy buxgalteriya hisobi tashkil etishning keng imkoniyatlarini ta’minlaydi, balki loyihalarni boshqarish, tovarlarni (xizmatlarni) xarid qilish va sotish imkonini beradi. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling