Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.4.2. Bank axborot tizimlarining tarkibi va texnologiyasi
yili
Vazifalar I Avtomatlashtirilgan ish joy 1990 To‘lov hujjatlari. Balans hisoboti. II Yagona operatsion kuni 1992 Hisob-kitob. Hisoblar. To‘lovlar. Kreditlar. Balans hisoboti III Birlashgan bank hisob tizimlari 1995 Filialli tarmoq. Kliring. Tahlil. Nazorat. Saqlash. Vakolatlarni ajratish. IV Bank faoliyat boshqarishini ko‘pvazifali tizimlar 1997 Xizmatlar turlarini o‘sishi. Axborotli. Bog’liklik. Mobillik. V Bank faoliyat boshqarishini kompleksli, moslashuvchanli tizimlar 2000 Taqsimlanganlik Ochiqlik. Boshqaruvchanlik. Tezkorlik. Kengayish imkoniyati. Ishonchlilik Himoyalanganlik. Bank xizmatlari va operatsiyalar bozorida quyidagilar keng tarqalgan: • xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning hisob varaqlarini, depozitlarini saqlash; • hisob-kitoblar, jumladan, “mijoz-bank” texnologiyalari, plastik bank kartalari, Internet-banking, WAP-banking; 151 • banklararo to‘lovlar; • turli xil kredit berish turlari; • valyuta operatsiyalari; • qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar; • boshqa xizmatlar. BAT quyidagi maqsadlarga qaratilgan: • operatsiyalarni o‘tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun vaqtni qisqartirish, bank o‘tkazmalarini oshirish; • bir xil ishlar bilan shug‘ullanadigan xodimlar sonini kamaytirish; • mijozlarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish; • bank xodimlari malakasini oshirish. 6.4.2. Bank axborot tizimlarining tarkibi va texnologiyasi BATni yaratish yoki tanlab olish bank strukturasining o‘ziga xos xususiyatlarini, bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini va hajmini, shuningdek, bankning barcha bo‘limlarining o‘zaro hamkorligini inobatga olgan holda, qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarni rejalashtirish bilan bog‘liq. BATni tuzilishi - yagona texnologiya asosida ishlab chiqilgan vazifali modullar to‘plami bo‘lib, u yagona moliyaviy yadro atrofida birlashtirilgan va yagona apparat-dasturiy asosida ishlaydi. Barcha modullar markaziy modul - tizimning yadrosi orqali bir- biriga bog‘langan. Markaziy modul bankning barcha vazifalarini axborot bazasida tayorlab beradi va o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi - hisoblarni ochish va yopish, analitik va sintetik hisoblarni yuritish, balans va hisobotlarni shakllantirish, tizimni boshqarish, ma’lumotlarni arxivlash. Tizimning alohida modullari quyidagilarga mo‘ljallangan: • pul mablag‘larini boshqarish bo‘yicha xizmatlar; • hujjatlarni boshqarish bo‘yicha tashkillashtirish; • banklararo hisob-kitoblar (vakillik hisob varaqlari bilan ishlash, SVIFT tarmog‘idagi hisob-kitoblar); • pul mablag‘larini qabul qilish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, depozitar xizmatlar, valyuta operatsiyalari va hisobvaraqlari (depozitlar, "ish haqi" va boshqa hisob varaqlarga xizmat ko‘rsatish, qarz berish) ; • masofali mijozlarga xizmat ko‘rsatish (“mijoz-bank” to‘lovlari, Internet-banking); • moliyaviy bozorlarda operatsiyalar (valyuta operatsiyalari, banklararo kreditlar, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bitimlar); 152 • bank kartalari bilan ishlash; • filiallar bilan ishlash; • depozitariy hisobini va boshqalar. Bankning axborot texnologiyalarini yaratish bo‘yicha turli yondashuvlar mavjud. Uning uch turdagi axborot texnologiyalari mavjud: operatsion, hujjatli, obyektli. Operatsion texnologiyalar operatsiyalar zanjiri shaklida yaratilgan. Operatsiyalarning ba’zilari BATning turli modullarida aks ettirilishi kerak, bu ularning vazifali munosabatlarini amalga oshirishda qiyinchiliklarga olib keladi. Hujjatli texnologiyalar bankning elektron hujjat aylanishini tashkil etishga asoslangan. Buxgalteriya provodkalari avtomatik tarzda tuziladi. Bank faoliyati davomida hujjatlar bir-biri bilan bog‘liq. Bitta hujjat boshqa hujjatlarni yaratilishiga sababchi bo‘lishi mumkin, hujjatdagi o‘zgarishlari u bilan bog‘liq boshqa hujjatlar o‘zgarishlariga olib keladi. Shuning uchun uchta asosiy turdagi obyektlar mavjud: • bitim ( kelishuv, operatsiya); • bitim uchun asos bo‘lgan hujjat; • buxgalteriya hisobini provodkasi. Kompyuter tarmoqlari avtomatlashtirilgan bank axborot tizimlarida keng qo‘llaniladi. Odatda, banklar mahalliy kompyuter tarmog’iga ega, ular axborot almashish va ma’lumotlar almashinuvini tashkil etishga imkon beradi. Ko‘pgina foydalanuvchilarning bir vaqtning o‘zida ishlashini ta’minlash uchun "mijoz-server" texnologiyasini qo‘llash kerak. Ma’lumotlar bazasi yagona markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasi sifatida va quyi bo‘limlarda (filiallarda) tarqatilishi mumkin. Birinchi holda, ma’lumotlar bazasi quvvatli va tez ishlaydigan serverlarda saqlanadi, ularga masofaviy foydalanuvchilardan aloqa kanallari orqali murojaat qilish mumkin. Ikkinchi holda, ma’lumotlar bazasi ham markaziy ofisning serverlarida, ham filial serverlarida saqlanadi. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling