Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Marketing axborot tizimining afzalliklari


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   168
Marketing axborot tizimining afzalliklari 
Marketing axborot tizimi ko‘pgina afzalliklarni beradi: 
• tashkil etilgan axborot to‘plash; 
• inqirozdan qochish; 
• marketing rejasini muvofiqlashtirish; 
• tezlik; 
• xarajat va foydalar tahlili. 
Marketing tadqiqotlari bo‘limi faoliyatining samaradorligi asosan 
korxonaning tashkiliy tuzilmasida unga belgilangan vazifaga bog'liq. 
Ushbu masalani hal etishda ko‘p hollarda “birinchi shaxs” tamoyiliga 
asoslanish muhim hisoblanadi. 
Marketing 
tadqiqotlari 
bo‘limi 
tarkibiga 
tadqiqot 
rejalashtiruvchilari, 
sotsiologlar, 
psixologlar 
va 
matematik 
modellashtirish bo‘yicha mutaxassislar kiradi.
Marketing axborot tizimda marketing tadqiqotlari quyi tizimini 
tashkil qilish uchun ma’lum bir ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini yaratish 
zarur, bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
• ish tajribasi va maxsus bilimlarga ega yuqori malakali 
mutaxassislar shuningdek axborotlarni shakllantirish (qayta 
taqsimlash) jarayonlarini ta’minlaydigan texnik xodimlar; 
intervyu beruvchilar, shuningdek ularning ishlarini boshqarish va 
nazorat qilish tizimi (supervayzerlar); 
• marketing axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash tartiblarini ta’minlash 
bo‘yicha uslubiy ishlab chiqish; 
• marketing tadqiqotlarni amalga oshirish imkonini beruvchi moddiy 
bazani, shuningdek, so‘rov natijalarini kiritish, qayta ishlash va 
chiqarish uchun maxsus dasturiy ta’minot. 
Marketingning zamonaviy kontseptsiyasida bozorlarni o‘rganish 
ta’kidlanadi. Ushbu tadqiqotlar kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan 
strategiyalar va taktikalarni bozorlarda amalga oshirish va maqsadli 
mahsulot siyosatini olib borish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Har 


162 
qanday bozor tadqiqotining maqsadi mavjud holatni baholash (bozor 
sharoitlari) va bozor rivojlanish bashoratini ishlab chiqishdan iborat. 
Bunday keng kompleksli tadqiqotlar dasturi muayyan tovarlarga, 
korxonaning tabiati, eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘lami va 
boshqa bir qator omillarga bog‘liq.
Bozor tadqiqotlari - samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
uchun muhim axborot manbayidir. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling