Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Zamonaviy BATlarni texnik jihozlar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Zamonaviy BATlarni texnik jihozlar
Zamonaviy bank tizimlarida apparatning tarkibi mavjud bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • Hisoblash texnika vositalari (HTV); • Mahalliy tarmoqlar uchun jihozlar (MHT); • Telekommunikatsiya va aloqa vositalari; • Turli xil bank xizmatlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan uskunalar: avtomatlashtirilgan kassirlar va boshqalar. • Naqd pul bilan ishlashni avtomatlashtiradigan vositalar (hisob va kupyurani haqiqiy bo‘lganligini aniqlash va boshqalar uchun). Hisoblash texnika vositalaridan foydalanish asosan shaxsiy kompyuterlarga, qaratilgan. Markaziy shaxsiy kompyuter - serverga ulangan kompyuterlarni mahalliy tarmoqlar keng tarqalgan. Bank texnologiyalarining ishlashi va ishonchliligini oshirish maqsadida kompyuterlar ma’lum qo‘shimcha apparat va dasturlardan foydalangan holda tarmoqda birlashtirilgan. Bank faoliyatida mahalliy hisoblash tarmoq (MHT) lar xuddi shu bino ichida yoki bir-biridan yaqin masofada bo‘lgan masofali obyektlar bilan bog‘laniladi. Tarmoqda foydalanuvchi xizmatining eng keng tarqalgan usullari fayl-server va mijoz-server sifatida tashkil etiladi. Umumiy foydalanuvchi xizmat ko‘rsatish sxemasiga ega bo‘lgan har ikkala model ham murakkablik, ishlash doirasi, vazifalarning xilma-xilligi, dasturiy ta’minot va apparat, shuningdek ishlash ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Mijoz-server modeli ko‘proq resurslar qobiliyatiga ega, so‘rovlarga javob beradi, birinchi esa tarmoq orqali fayllarni uzatadi. Nazorat savollari 1. Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini ish- lab chiqish muammo va xususiyatlari nimalardan iborat? 2. Bankda boshqaruvni to‘g‘ri chiziqli, shtabli, to‘g‘ri chiziqli shtabli tashkil qilinishining mohiyatini aytib bering? 3. Tijorat bankining tashkiliy-tarkibiy tuzilmasi nimalardan iborat? 157 4. Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining axborot, texnik va dasturiy ta’minotini tavsiflab bering. 5. Bank sohasida «mijoz-server» texnologiyasini qo‘llashdan asosiy maqsad nima? 6. Bank axborotlarini «on-line» va «off-line» usullarida uzatish nimalardan iborat? Ularning asosiy farqini ayting. 7. BATning tarkibiy tuzilishini aytib, bering. 8. Bank tizimi modullari va ular orasidagi hisob-kitoblarni avtomatlashtirish nimalardan iborat? 9. Bank axborotlarini himoyalashning asosiy maqsadlarini ko‘rsatib bering? 10. BATga qanday shaxslar ruxsatsiz kirgan bo‘lishi mumkin? 11. Bank axborotlarini himoyalashning qanday usullarini bilasiz? Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling