Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Elektron hukumat modellari
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublika darajasidagi
- Munitsipal darajadagi
7.2. Elektron hukumat modellari
Elektron tijoratni to‘rt yo‘nalishga ajratish qabul qilingan: biznes biznesga (busines-to-business, B2B); biznes iste’molchiga (business-to- consumer, B2C); biznes ma’muriyatga (business-to-administration, B2A (ba’zida business-to- Government (B2G) deb yuritiladi)); iste’molchi ma’muriyatga (consumer-to-administration, C2A (ba’zida consumer-to- Government (C2G) deb yuritiladi)). Shuningdek, keyingi vaqtda iste’molchi iste’molchiga (consumer-to- consumer, C2C) va iste’molchi biznesga (consumer-to-business, C2B) modellari rivoj topmoqda. 174 Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N (Government to third sector) – Davlat-uchinchi sektorga. Mazkur yo‘nalishlarni batafsil ko‘rib chiqamiz: 1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o‘zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi. 2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o‘zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to‘lovlar bo‘yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. 3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda, Davlat va xorijlik shaxslar o‘rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi. 4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur tizim esa, yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig‘imlari, to‘lovlar va hokazolarni on-layn amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko‘zlanadi. Hozirgi kunda quyidagi xizmat turi rivojlanmoqda, ya’ni G2B (ingl. Government to Business, Hukumat biznes uchun) - bn biznesni rivojlantirish uchun hukumat tashkilotlari tomonidan tijoratni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturiy va texnikaviy vositalar majmuyi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur tizim yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig‘imlari, to‘lovlar va hokazolarni on-layn amalga 175 oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko‘zlanadi. Misol sifatida hukumat veb-portallarini keltirish mumkin. Bu yerda Koreya Respublikasida axborotlashtirish sohasida bajarilgan ishlar tanishib chiqamiz. Birinchi navbatda Koreya Respublikasi hududlarida axborotlashtirish doirasida mamlakatda maxsus tuzilma yaratildi, bunda quyidagi ikki mintaqa qamrab olindi: o Respublika darajasidagi o‘z-o‘zini boshqarish organlari (O‘O‘BO). Ushbu darajadagi tuzilma Kompyuterlashtirish boshqarmasi/bo‘limi sifatida tashkil qilingan bo ‘lib, ushbu organ barcha faoliyat turlarini 100 foiz qamrab olgan. Axborotlashtirish tuzilmasining asosiy vazifalari – bular axborotlashtirishni rejalashtirish, boshqaruv ma’lumotlari, mahalliy ma’lumotlar, internet, axborot-kommunikatsiya bo‘yicha vazifalarni bajarish hisoblanadi. o Munitsipal darajadagi o‘z-o‘zini boshqarish organlari (O‘O‘BO). Maxsus tuzilma O‘O‘BOda bo‘lim sifatida tashkil qilingan bo‘lib, o‘rtacha qamrab olish darajasi 45.7 foizni tashkil qiladi. (Seulda bu ko‘rsatkich 92% ga teng). Bunda hududlarni axborotlashtirish bo‘yicha band bo‘lgan kadrlar soni quyidagicha taqsimlangan: o Respublika darajasidagi O‘O‘BO: jami xodimlarning 2.89% (Seul shahri: 539 kishi, Pusan shahri: 74 kishi, Chejudo 70 kishi). o Munitsipal darajadagi o‘z-o‘zini boshqarish organlari: jami xodimlarning 2.54% 176 Bulardan tashqari hududlarni axborotlashtirishga yordam ko‘rsatish uchun maxsus tashkilot yaratildi, ya’ni 2008-yilda Koreya hududlarida axborotlash-tirishni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti (KLID) tashkil qilindi. Uning asosiy funksiyalari etib quyidagilar belgilandi: hududlarni axborotlashtirish bo‘yicha infratuzilmani yaratishga yordam ko‘rsatish, ixtisoslashgan tizimlarni boshqarish va nazorat qilish, axborotlashtirish bo‘yicha ilg‘or siyosat ishlab chiqish va mahalliy elektron hukumatni joriy qilish uchun boshqa maxsus-texnik yordamlar ko‘rsatish. Mazkur tashkilotda 2013-yilda 129 kishi xizmat qilib keldi. Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo‘yicha tashabbus 2001-yilda yuridik kuchga ega bo‘ldi. Mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur hukumat organlarining ishida samardorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, u uch bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling