Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   168
Ikkinchidan, keng aholi vakillari o‘rtasida tashabbus amalga 
oshiriladi, bu tashabbus qarorlar qabul qilishga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay 
qolmaydi. Bunda fuqarolar qabul qilinishi rejalashtirilayotgan normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalari bilan 
bevosita ishtirok etishadi. 
Uchinchidan, fuqarolar o‘z faolliklarini bevosita davlat organlari 
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatga kirishmagan holda hamda 
xarajatlarni minimallashtirgan holda amalga oshirishadi. Ushbu omil 
ta’sirida davlat organlarida sarf harajatlari kamayadi va davlat budjeti 
mablag‘lari tejaladi. 
To‘rtinchidan, “e-hukumat” vositasida jamoat nazorati o‘rnatiladi, 
ya’ni davlat organlari faoliyati ustidan keng omma, shu jumladan, 
hokimiyatning bir tarmog‘i ustidan boshqa hokimyati tarmog‘i nazorati 
o‘rnatiladi. Bu bilan faqatgina jamoat nazoratigina emas, shu bilan 
birgalikda hokimiyatlarning “bir-birini tiyish” prinsipi amalga oshiriladi. 
Beshinchidan
Fuqarolarning 
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanish darajasi va ko‘lami, shuningdek, ularning axborot 
texnologiyalaridan foydalanish savodxonligi ortadi. 
Oltinchidan, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi dialogni 
ta’minlovchi yagona makon vujudga keladi. 
Mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirish uchun alohida e’tibor 
qaratilgan. 
Dastlab, 
2003-yil 
11-dekabrda 
“Axborotlashtirish 
to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan. Mazkur 
qonunda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining, sohani davlat 
tomonidan tartibga solinishi, sohadagi maxsus vakolatli organlar, axborot 
resurslari va axborot tizinmini himoya qilishning huquqiy asoslari 
mustahkamlangan. Ushbu qonundan kelib chiqib O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommuniatsiya 
texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risidagi” 1730 - sonli Qarori, 2012-yil 30-dekabrda “Interaktiv 
davlat xizmatlarini ko‘rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog‘ida 
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 378-sonli Vazirlar 
Mahkamasining Qarori qabul qilingan. Ushbu qarorda Yagona interakiv 
davlat xizmatlari portalini ishiga tushurish vazifasi belgilangan hamda 


167 
portal nizomi tasdiqlangan. Biroq “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi 
Qonun 
mavjud 
emas 
edi. 
2015-yil 
9-dekabrda 
O‘zbekiston 
Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunning qabul 
qilinishi o‘ziga xos harakterga ega, ya’ni avvalo, elektron hukumat tashkil 
etish masalalari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tartibga 
solishga qaratilgan qonunosti hujjatlar qabul qilinib, keyinchalik Qonun 
qabul qilingan. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida ushbu jaayon “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunni 
qabul qilinishidan so‘ng boshlangan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotning Iqtisodiy va Ijtimoiy ishlar 
bo‘yicha departamenti (United Nations Department of Economic and 
Social Affairs ”UNDESA”) Davlat boshqaruvi va Boshqaruvni 
rivojlantirish bo‘limi (Division Public Adminstration and Development 
Management “DPADM”) orqali har ikki yilda “United Nations E-
Government Survey”jurnalni chop etadi.Unda tashkilotga a’zo barcha 
mamlakatlarda “e-hukumat” tiziminig rivojlanish darajasi tadqiq etilgan 
va a’zo davlatlar reytingi keltirilgan. Matematik jihatdan e-hukumat 
rivojlanish indeksini hisoblash uchta eng muhim yo‘nalish: onlayn 
xizmatlarning ko‘lami va sifati, (Online Servis Index, “OSI”), 
telekommunikatsion 
infrastrukturaning 
rivojlanish 
holati 
(Telecomunication Infrastucture Index, “TII”) va inson kapitali indeksi 
(Human Capital Index, “HCI”) orqali amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi 
qonuni sohani izchil rivojlantirish, muvofiqlashtirish, davlat hokimiyati 
va boshqaruvi organlari xizmatlaridan foydalanish, murojaat qilishda, 
o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish va faoliyatning boshqa qator 
sohalarida aholiga qulayliklar yaratishdagi munosabatlarning huquqiy 
asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, 
hukumat idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat 
xizmatlarini taqdim qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanish tushuniladi. 
Elektron 
hukumat 
davlat 
boshqaruvida 
elektron 
hujjat 
almashinuvini ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu -
hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini 
yodda to‘tish lozim. 


168 
Elektron 
hukumat 
aholiga 
va 
korxona-tashkilotlarga 
ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. 
Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar 
yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, 
davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi. 
Ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli sohalarini boshqarish, 
rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish - bugungi zamon talabi 
bo‘lgan dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy 
sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, 
davlat va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari 
ko‘rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda qo‘llaniladi.
Xususan, «Elektron hukumat» so‘zining ingliz tilidagi muqobili - 
«Electronic Government» so‘zi, ko‘pchilik o‘ylagani singari hukumat, 
ya’ni, davlat boshqaruvining, ijro etuvchi markaziy hokimiyat 
tushunchasigagina taalluqli emas, balki kengroq ma’noda bo‘lib, ya’ni, u 
– davlat boshqaruvi organlarining o‘z funksiyalarini amalga oshirishda 
axborot kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini 
nazarda tutadi. Ya’ni, hukumat organlari va davlat tashkilotlari 
faoliyatining samaradorligini yanada orttirish orqali fuqarolarga va 
tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini interfaol usulda, 
zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari orqali 
xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi 
qonuniga binoan Elektron hukumat - bu davlat organlarining jismoniy 
va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash 
yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek 
idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-
huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimidir.
Elektron hukumat tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar 
quyidagilardan iborat: 
• Jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan davlat 
xizmatlarining yuqori sifat darajasida tezkor ravishda, yagona 
standartlar asosida ko‘rsatilishi; 
• Davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda, fuqarolarning 
davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga oid axborotlar bilan 
uzluksiz ta’minlanishi; 


169 
• Davlat hokimiyatining ichki strukturalarida, hukumat organlarining 
turli bo‘g‘inlarida, tashkilot va muassasalarda idoralararo ichki 
munosabatlarda samaradorlikning ortishi; 
• Geografik faktor; hujjat aylanishi va almashinuvi kabilarda sarf-
xarajatlarni minimallashtirish. Elektron hujjat almashinuvi tizimini 
joriy etish. 
Mazkur konsepsiyalarning amaliyotda o‘z aksini topishi natijasida, 
davlat 
va 
jamiyat 
munosabatlarida, 
davlat 
boshqaruvi 
ichki 
strukturalarida quyidagicha samaradorlik va qulayliklarga erishish 
maqsad qilinadi: 
Fuqarolarga va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarida 
samaradorlik ortadi, ya’ni, fuqaro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki 
taklif bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, elektron shaklda murojaat etishi va javob 
olishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat 
shakllarini (blankalarni) on-layn to‘ldirish va topshirish, zaruriy 
ma’lumotnoma, ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni on-layn tarzda 
shakllantirib, yuklab olishi, chop etishi kabi interaktiv xizmatlardan 
foydalanishi mumkin bo‘ladi. 
Standartlashtirilgan va avtomatlashtirilgan interaktiv xizmatlardan 
foydalangan holda, yuridik shaxs, o‘zi uchun zaruriy davlat xizmatlarida 
on-layn foydalanishi imkoni paydo bo‘ladi. Masalan, yuridik shaxs, o‘z 
faoliyatini yuritish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziya, patent, 
bojxona ko‘rigi kabi) olishi yoki, davlat organlariga hisobot (masalan 
soliq deklaratsiyalari) topshirishi uchun tegishli portaldan foydalanib, 
tezkor va qulay ravishda ko‘zlangan maqsadga erishishi mumkin. Bunda 
to‘lovlarni ham on-layn usulda, internet banking yoki SMS-banking kabi 
xizmatlardan foydalanib amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. 
Davlat boshqaruvi ichki strukturasi – vazirliklar, idoralar, tashkilot 
va muassasalar, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar, orasida 
elektron hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Idoralararo munosabatlarda 
yaxlit interaktiv axborot tizimini qo‘llash orqali, o‘zaro aloqa va ichki 
monitoring tizimi shaffoflanadi. 
Bulardan tashqari, elektron hukumatni joriy qilish orqali iqtisodiy 
va ijtimoiy foydalalarga erishilishi mumkin, masalan, 1) elektron hujjat 
almashinuvi tufayli, qog‘oz iste’moli qisqaradi, ya’ni qog‘oz mahsuloti 
tejaladi; 2) hujjat almashinuv tizimida vaqt tejaladi, ya’ni elektron hujjat 
axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali yuborilganda, mazkur 
hujjat shu lahzaning o‘zidayoq belgilangan manzilda bo‘ladi.; 3) Davlat 
idorasiga murojaat etuvchi fuqaro, dastlabki zaruriy hujjatlarni to‘plamini 


170 
yoki murojaatnomani bir marotaba shakllantirib, kerakli manzilga 
yo‘llaydi, murojaatni ko‘rib chiqish va unga munosabat bildirishning 
keyingi bosqichlari maxsus semantik tizim asosida, avtomatlashtirilgan 
ko‘rinishda, murojaat etuvchining ishtirokisiz amalga oshadi, ya’ni, 
murojaat etuvchi fuqaro, zaruriy hujjatlar to‘plamini, yoki, 
murojaatnomani ko‘tarib, idorama-idora sarson bo‘lib yurishi zarur 
bo‘lmaydi, bu orqali, vaqt, transport va boshqa turdagi xarajatlarni oldi 
olinadi. Bunday murojaatni ko‘rib chiqishi va unga javob berishi zarur 
bo‘lgan idoraning mazkur murojaatga nisbatan munosabati yuqori 
tashkilot tomonidan nazorat qilib turiladi, agar tegishli idora qonunda 
belgilangan muddatda murojaatni ko‘rib chiqmasa yoki unga javob 
bermasa, yuqori davlat tashkiloti tomonidan chora ko‘rilishi mumkin 
bo‘ladi. Murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni qaysi bosqichga yetgani 
haqida fuqaro maxsus axborot kommunikatsiya vositalari, masalan, 
elektron pochta yoki SMS orqali xabardor bo‘lib turishi imkoniyati 
yaratiladi. 
Ilm-fan va texnikaning barcha yo‘nalishi kabi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasi ham tinimsiz rivojlanishda 
ekanligini nazarda tutsak, elektron hukumat tizimi ham mazkur sohaning 
keyingi yangi yutuqlarini o‘zida joriy etish orqali yanada takomillashib, 
mukammallashib borishi tabiiy. 
Gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali. O‘zbekiston 
Respublikasining Hukumat portali Internetning global kompyuter 
tarmog‘idagi asosiy va rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalining tashkil etilishi 
va 
qo‘llab 

quvvatlanishi, 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
«Telekommunikatsiyalar 
to‘g‘risida»gi 
va 
«Axborotlashtirish 
to‘g‘risida» 
gi 
qonunlari, 
Kompyuterlashtirish 
va 
axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
rivojlantirish 
bo‘yicha 
Muvofiqlashtiruvchi 
Kengashning 
tasdiqlangan 
O‘zbekiston 
Respublikasining Hukumat portalini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash 
chora-tadbirlari rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali davlat hokimiyati 
organlari faoliyatining funksional jarayon va tartibini qo‘llab-
quvvatlovchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining elektron 
hamjihatlik infratuzilmasining tizimini tashkil etuvchi qism hisoblanadi.


171 
(Bu yerda YaIDXP - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal, GIS – Geoaxborot 
tizimi.)
Asosiy maqsadlari: 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling