Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqichda
- Qishloq xo‘jaligi axborot tizimi (ArgiX)
Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab
chiqilgan bo‘lib, ularning natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali uchta asosiy yo‘nalishda - G2C (davlat - fuqaroga), G2B (davlatdan - biznesga) va G2G (davlatdan - davlatga) sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron aloqalarni ta’minlashga qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qo‘llanilgan. Umumiy hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflangan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi bo‘yicha jahonda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o‘z oldiga ancha katta maqsadni qo‘ygan - dunyo davlatlari ichida nisbatan ochiq va shaffof elektron hukumatni shakllantirish. Koreyaning “Elektron hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga muvofiq to‘rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan: • davlat boshqaruvi organlarining faoliyat ko‘rsatishi; • davlat xizmatlarini ko‘rsatish; • axborot resurslarini boshqarish; • qonun ijodkorligi tizimi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lgan. 177 2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55 foizida davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta ishlashning milliy elektron tizimi - “On-Nara” (koreyscha, onlayn- mamlakat) tizimidan foydalanishga o‘tgan. Buning natijasi o‘laroq, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30-44 kundan 7-13 kungacha qisqargan. Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning innovatsion tizimi - “On-Nara” 2007-yildan to‘liq ishga tushgan bo‘lib, uning oldiga quyidagi maqsadlar qo‘yilgan: • ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv jarayonlarini standartlashtirish; • davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona tizimga solish; • tizim ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi turli jarayonlarni o‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya qilish. Janubiy Koreyada deyarli barcha davlat xaridlari veb- texnologiyalar yorda-mida amalga oshiriladi-tenderlarning 93 foizi va onlayn-xaridlarning 99,6 foizi. Davlat instansiyalariga tovar va xizmatlarni yetkazib berishda elektron shaklga o‘tish natijasida har yili 4,8 milliard dollar mablag‘ tejalmoqda. Chunki, barcha tender takliflari veb-saytdagi maxsus kompyuter dasturi vositasida ko‘rib chiqiladi va baholanadi, bu tenderning qanchalik ochiq va shaffof ekanligini ko‘rsatib beradi. Tashqi savdoda eksport bo‘yicha bojxona deklaratsiyalarini ko‘rib chiqish uchun ketadigan vaqt 1 kundan 2 daqiqagacha, import bo‘yicha esa - 2,5 kundan 1,5 soatgacha qisqartirilgan. Bu esa, yiliga 2,5 milliard dollar mablag‘ni tejash imkonini bermoqda. Umumiy hisobda, Janubiy Koreyada elektron hukumatni joriy etish ortidan har yili 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ tejab qolinmoqda. 2008-yildan uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy e’tibor barcha mavjud tizimlar va turli darajadagi elektron hukumatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ularni bir-biriga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va kompaniyalarga kompleks davlat xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradi. Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa davlatlarga (jumladan, Ekvador, Indoneziya, Bangladesh, Shri-Lanka, Mali) elektron hukumatni shakllantirish uchun texnologik yechimlarni yetkazib berish 178 bo‘yicha shartnoma ham tuzgan. Bungacha, 2004-yilgacha, elektron hukumat uchun ishlab chiqilgan texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat Yaponiya bo‘lgan. Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni qo‘llash borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so‘z bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to intellektual mulk masalalarigacha avtomatlashtirilgan tizimga o‘tgan. Shuning uchun ham u hozirda dunyoda elektron hukumatning rivojlanish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2002-yildan beri dunyodagi 192 ta davlat uchun elektron hukumat rivojlanishi indeksi (inglizcha “e- Government Development Index”) va elektron ishtirok indeksini (inglizcha “e-partisipation index”) hisoblab, bu bo‘yicha yillik reytingni e’lon qiladi. Bunda birinchi indeks mamlakatdagi milliy onlayn- servislarning mavjudligini baholasa, ikkinchisi esa o‘sha servislardan foydalanish darajasini baholaydi. Janubiy Koreya 2008-yilda ushbu reytingda elektron hukumat rivojlanishi bo‘yicha jahonda oltinchi, aholi va biznes vakillarining onlayn-servislardagi elektron ishtiroki bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, u 2010-yildan beri har ikkala reytingda ham yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab kelmoqda. Koreya Respublikaasida yaratilgan mahalliy axborot tizimlari bilan tanishib chiqamiz. Ushbu yo‘nalishda Hukumat tomonidan ishlab chiqilgan umumiy standart tizimlar haqida to‘xtalib o‘tamiz. Bu yerda quyidagi yo‘nalishlarda standartlar ishlab chiqilgan: o Shahar-metropoliy / viloyat va shahar / tuman / kichik-tumanlar mahalliy boshqaruvining umumiy vazifalari uchun hukumat tomonidan umumiy standart tizimlari yaratib taqdim etildi. o Shahar-metropoliy / viloyatlar boshqaruv axborot tizimi, “Seol” boshqaruv tizimi, On-nara BPS. Markazlashgan holda quyidagi standart yagona tizimlar taqdim etildi: o Shahar-metropoliy / viloyatlar va markaziy boshqaruv organlari shahar / tuman / kichik-tumanlarga vakolat bergan vazifalar bo‘yicha alohida tizimlarni yaratib tarqatildi. o Qurilishni boshqarish axborot tizimi, qishloq xo‘jaligi axborot tizimi (Agrix), ijtimoiy farovonlik bo‘yicha integral tizim, avtotransport vositalarini nazorat qilish tizimi, hududiy kadrlar tizimi, Wetax tizimi. 179 O‘O‘BO tomonidan quyidagi tizimlar yaratilib taqdim etildi: o O‘O‘BO standart tizimlar qo‘llab bo‘lmaydigan o‘ziga xos vaziflar yoki standart tizim mavjud bo‘lmagan sohalar uchun quyidagi sohalar uchun axborot tizimlari yaratildi: Falokat holatlarida xavfsizlik choralari sayti, Yer usti suvlarining avtomatlashgan masofaviy hisoblash tizimi, U-qonunbuzar-liklarning oldini olish tizimi va b. Ushbu yo‘nalishlarda faoliyat olib borish uchun aloqa tarmoqlarida zamonaviy texnologiyalarini kiritish zarur bo‘ladi. Foydalanuvchilar uchun quyidagi parametrlarga ega bo‘lgan keng polosali tarmoqlar yaratildi: o mamlakat miqyosida 17 mln. 820 ming foydalanuvchilarni qamrab olgan yuqori tezlikdagi simli internet. Boshida 100Mbps tezlikga ega bo‘lib, keyinchalik 2012-yilda 1Gbps dan yuqori tezlikga erishildi. Maktablarda internet tezligini ko‘tarish va to‘lovni kamaytirish maqsadida maktab internet tarmoqlarini yaxshilash va School Net loyihalari ishlab chiqildi, natijada quyidagilarga erishildi: o maktablarda internet tezligi 150Mbpsga ko‘tirildi, to‘lovlar esa yiliga 176 mln. dollarga qisqardi, loyihada 2012 yilda mamlakat bo‘yicha 9660 ta maktab qatnashdi. Shahar va qishloqlar orasida teleradiouzatishlar va aloqa infratuzilmasi orasidagi farqlarni bartaraf qilish hamda iqtisodni faollashtirish maqsadida qishloq joylarida keng polosali tarmoqlarni joriy qilish ishlari amalga oshirildi va natijada quyidagilarga erishildi: o 2011yilning oxirigacha 10 ta hududdagi 1583 ta qishloq qatnashdi, ularda video-telefoniya yo‘lga qo‘yildi, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasini nazorat qilish mumkin bo‘ldi, avtoyo‘ldagi qonunbuzarliklarning oldini olish mumkin bo‘ldi, qishloq hududlarida ta’lim, salomatlik ishlari nazoratga olindi. Koreya Respublikasining hududlarni axborotlashtirish bo‘yicha asosiy tizimlari: Qishloq xo‘jaligi axborot tizimi (ArgiX) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida 200 ta faoliyat bo‘yicha ma’lumotlar, ariza topshirish, ishlarni ko‘rib chiqish jarayoni to‘g‘risida turli ma’lumotlarni birlashtirgan integral xizmatlar orqali fermerlar uchun qulayliklarni ko‘paytirish va oziq-ovqat sohasini samarali boshqarish. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling