Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168
7.4. Elektron tijorat 
Elektron tijorat faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Elektron 
tijorat to‘g‘risida”gi 2004-yil 29-apreldagi 613-II son Qonuni va 2015-yil 
22-maydagi O‘RQ-385-sonli qonunida kiritilgan o‘zgartirishlar bilan
belgilanadi va amalga oshiriladi. Ushbu Qonunning maqsadi etib elektron 
tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish belgilab qo‘yilgan. 
Ushbu qonunning 3-moddasida Elektron tijoratga quyidagi ta’rif 
berilgan:
Elektron tijorat - axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga 
oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga 
doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir.
Demak, elektron tijorat Internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid 
faollikni, unda oldi-sotiqni amalga oshirilishini ifodalash uchun 
qo‘llaniladi. U kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, 
sotish, servis xizmatini ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing 
tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2016-2018 
yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2016-yil 4-dekabrdagi qaroriga 
binoan elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan va 
unga binoan 2016-2018 yillar davrida quyidagi asosiy vazifalar belgilab 
berilgan: 
• elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish; 
• kelgusida ushbu biznes-segmentda rivojlangan mamlakatlarga 
yaqinlashgan darajaga erishishni nazarda tutgan holda elektron 
tijorat sohasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratish
• elektron 
tijorat 
infratuzilmasini, 
shu 
jumladan 
telekommunikatsiyalar tarmog‘ini yanada rivojlantirish va 
modernizatsiyalash; 
• tovar aylanmasini, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini 
ko‘paytirish, iste’mol bozori talabiga muvofiq ishlarni bajarish va 
xizmatlar ko‘rsatish;


187 
• integratsiyalashtirilgan savdo va marketing platformalarini, 
internet-magazinlarni, yanada takomillashtirilgan to‘lov tizimlarini, 
shuningdek elektron tijoratda logistika tizimini yaratish; 
• tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni 
bartaraf 
etish, 
xalqaro 
standartlarga 
yo‘naltirilgan holda 
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash; 
• elektron tijorat sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, tahlil
qilish va qo‘llash.

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling