Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   168
 
 
 
MB 
Top-menejerlar 
Hisobotl
Axborotlarni 
buzilib 
kelishligini anglatuvchi 
shartli belgi
O‘rta menejerlar 
MB siga 
axborotlarni 
kirituvchilar 
Yagona ma’lumotlar bazasida axborotlar harakati 


197 
CRM (ingl. Customer Relationship Management). CRM – bu 
maxsus dasturiy ta’minot bo‘lib, topshiriqlarni rejalashtirish va ularni 
bajarilishini nazorat qilish, mijozlarni hisobini olib borish, hujjatlarni 
yaratish va ularni saqlash kabi ishlarni avtomatlashtirishga qaratilgan 
tizimdir.
CRM – bu xodimni mijozlar bilan munosabatlarini boshqarish 
vositasi bo‘lib, tashkilotlarga ularning o‘zaro aloqasini qayd qilish, 
daromad olish imkoniyatlarini mumkin qadar kengaytirish va tashkiliy, 
me’yoriy qoidalarga rioya qilish samaradorligini oshirish imkonini 
beradi. 
CRM - tizimi mijoz haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirishni amalga 
oshiruvchi kompyuter dasturi bo‘lib, ushbu tizim yordamida yangi 
mijozlarni jalb qilish va avvalgi mijozlarni yo‘qotmaslik, harajatlarni 
pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va natijada savdo hajmi va 
daromadni ko‘paytirish, turistik tashkilot raqobatbardoshliligini oshirish 
kabi maqsadlarida qo‘llaniladi. CRM-tizimi mijoz va sheriklar bilan 
hamkorlikning aniq va ravshan jarayonini tashkil etish, samarali 
marketing va savdo tashkil etish, mijozlar sodiqligini shakllantirish, 
tashkilot barcha xodimlari ishini kelishilgan tarzda nazorat qilish 
vazifalarini bajaradi. Belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida 
zamonaviy CRM-tizimi quyidagi komponentlarga ega bo‘lishi zarur: 
• aloqa va mijozlar bazasini boshqarish;
• savdoni boshqarish;
• telefon orqali savdo (telemarketing);
• vaqtni boshqarish (taym-menejment);
• mijozlarga xizmat ko‘rsatish (sotuvdan keyingi xizmat);
• marketingni boshqarish (so‘rovnoma, anketa to‘ldirish);
• yuqori rahbariyat uchun hisobot;
• boshqa axborot tizimlari bilan o‘zaro bog‘lanish;
• ma’lumotlarni bir-biriga moslashtirish;
• elektron savdoni boshqarish (tashkilot veb-sayti bilan bog‘lanish, 
mijozlar va sheriklar uchun portal);
• mobil savdoni boshqarish (kompyuter, noutbuk yoki uzoqdan 
foydalana olish).
Menejment nuqtayi nazar CRM-tizimi quyidagi imkoniyatlarga 
ega: 
• topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish; 
• ish bilan yuklanishini tartibga solish; 


198 
• mijozlar haqidagi axborotlarni saqlash; 
• hujjatlar va hisobotlarni yaratishni avtomatlashtirish; 
• birgalikda ishni tashkillashtirish; 
• xodimlarning faolligini kuzatish
• xodimlarni rag‘batlantirish yoki jazolash; 
• korxonadagi vaziyat haqida to‘liq mq’lumotga ega bo‘lish. 
Shunday qilib, ushbu tizim har bir topshiriqni eslatadi va uni
bajarilishini nazorat qilish.
CRM tizimida ishlashda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirish 
zarur bo‘ladi: 
1. Paydo bo‘ladigan barcha masalalar tizimga muntazam 
kiritishilishi lozim. 
2. Topshiriqlar sonini cheklash zarur. 
3. Topshiriqlarni ertaga qoldirishga harakat qilmang. 
4. Korxona xodimlariga CRM tizimini joriy etish maqsadini aniq 
tushuntirib bering va tizim bilan doimiy ishlashni talab qiling. 
5. Barcha xodimlar ishni CRM tizimidan boshlashlari kerak. 
CRM sohasida quyidagi tizimlar ishlab chiqilgan: 
• megaplan – mijozlar bilan ishlashga qaratilgan va moliya 
hisoblarini olib boradi, tizim pulli. 
• CRM «Prostoy.ru» - keng tarqalgan CRM tizimi, 5 ta xodim uchun 
bepul tizim. 
• Clientbase.ru – qulay va arzom CRM tizimi, bepul variant ham 
mavjud. 
• Avenuesoft.ru – virtual ofis. 
• Amocrm.ru – on-line CRM tizimi, b2b tamoyiliga asoslangan. 
• Consileri.ru – 2-3 xodimdan tashkil topgan kichik biznesga 
mo‘ljallangan. 
• Rbs-crm.ru – to‘liq CRM tizimi, pulli.
Shular bilan birga quyidagi on-line tizimlar ham mavjud: 
• “Bitrix24” – bepul variantida ba’zi-bir imkoniyatlar cheklangan, 
ammo foydalanuvchilar soni chegaralanmagan.
• Sails-crm.com – oddiy va tushunarli CRM-tizim bo‘lib, kontaktlar 
soni 500 tagacha. 
• Onlyoffice.com – hujjatlarni, jadvallarni, taqdimotlarni yaratishni 
o‘z ichiga olgan CRM-tizim notijorat tashkilotlar uchun bepul 
tizim.
• On-crm.ru – 2 ta xodim uchun bepul on-line CRM–tizim. 


199 
• Megaplan – kichik biznes uchun bepul tizim. 
• Teamwox.com – 10 ta xodim uchun bepul on-line CRM–tizim. 
Shunday qilib, CRM-tizim– bu mijozlar bilan bajariladigan ishlarni 
rejalashtirish, tartiblash va nazorat qilishga qaratilgan dasturiy 
ta’minotdir. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling