Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


“Cloud” (bulutli) texnologiyalari. “Cloud” (bulutli)


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   168
8.2. “Cloud” (bulutli) texnologiyalari. “Cloud” (bulutli) 
serverlari. “Cloud” (bulutli) hisoblashlar 
Bulutli hisoblash (ingl. cloud computing) — axborotiy-texnologik 
konseptsya 
bo‘lib, 
hisoblash 
resurslarining 
umumiy ”puul”iga (ingl.: pool – birlashma ma’nosida) (masalan, 
tarmoqda ma’lumotlarni uzatish, serverlar, ma’lumotlarni saqlash 
qurilmalari, ilovalar va servislarga — alohida hamda jamlangan holda) 
tarmoq orqali qulay kirishni ta’minlaydi.
Oddiyroq qilib, quyidagicha ta’kidlash mumkin: Bulutli hisoblash
— ma’lumotlarni qayta ishlashning taqsimlangan texnologiyasi bo‘lib, 
unda kompyuter resurslari va imkoniyatlari foydalanuvchiga Internet-
servis kabi taqdim etiladi. Bunda Internet-servis veb-texnologiyalarga 
asoslangan lokal tarmoqlarda ham amalga oshiriladi.
Ushbu 
texnologiya 
2006-yilda 
yaratilgan 
bo‘lib, IDC kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra 2009 yildagi 
xizmatlar $17 mlrdni, ya’ni axborot texnologiyalari xizmatlarining 5 % 
ini tashkil etgan bo‘lsa, 2014 yilda $175 mlrdni tashkil etgan. 
Hisoblash resurslaridan umumiy resurs tamoyili 1960-yillarda Djon 
Makkarti va Djozef Liklayderlar nomlari bilan bog‘liq. Liklayder ushbu 
g‘oyani 1970 yilda, Arpanet (Advanced Research Projects Agency 
Network) loyihasida mas’ul bo’lganda ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha 
har bir inson tarmoqqa ulangan bo‘ladi va undan dastur va ma’lumotlarni 
qabul qilib oladi. Djon Makkarti esa kompyuterlarning hisoblash 
imkoniyatlari xizmat sifatida foydalanuvchilarga taqdim etilishini 
ta’kidlab o‘tgan.
Keyinchalik, 1990-yillardan keyin, axborot texnologiyalarining 
rivojlanishi natijasida quyidagi omillar ushbu g‘oyalarni amalga 
oshirishga 
imkon 
yaratdi:
1. Internet tezligininng keskin oshishi;
2. 1999-yilda Salesforce.com saytinining yaratilishi, ya’ni sayt orqali 
ushbu kompaniya o‘z ilovalaridan foydalanishga imkon yaratib berdi. 
(SaaS 
xizmati). 


204 
3. 2002-yilda Amazon veb-servisining paydo bo‘lishi, unda axborotlarni 
saqlash va hisoblash ishlarini bajarish mumkin bo‘ldi; 
4. 2006-yilda esa Amazon veb-servisida yangi Elastic Compute cloud 
(EC2) xizmatining yaratilishi, unda foydalanuvchi shaxsiy ilovalarini 
hisoblashi mumkin bo‘ldi. Amazon EC2 va Amazon S3 xizmatlari 
dastlabki bulutli hisoblash xizmatlari hisoblanadi.
5. Keyingi qadam, Google kompaniyasi tomonidan yaratilgan Google 
Apps platformasi hisoblanadi; 
6. Virtual infratuzilmaning yaratilishi;
7. Texnik ta’minotning rivojlanishi, xususan, ko‘p yadroli 
protsessorlarning yaratilishi va tashqi xotira qurilmalarning hajmining 
keskin oshishi.
Shunday qilib, bulutli texnologiyalarga Salesforce.com saytining
CRM-tizimi asos bo‘ldi (1999). Bunga sabab, unda xizmatlarga yozilish 
kiritilgan edi va u Internetda kitob do‘konining g‘oyasini 
rivojlantirgan Amazon.com (2002) servisi bilan bog‘liq. Amazon 
xizmatlarining rivojlanishi keyinchalik hisoblash elastik g‘oyasini yuzaga 
keltirib, 2006 yilda Elastic Computing Cloud (Amazon EC2) loyihasini 
amalga oshirdi. Shundan so‘ng “cloud” va “cloud computing” 
tushunchalari Google rahbari Erik Shmidt chiqishlarida qayd etildi.
2009-yilda Google Apps ilovalarining yaratilishi ushbu g‘oyaning keng 
tarqalishiga sabab bo‘ldi. 2009—2011 yillarda asosiy tushunchalar paydo 
bo‘lib (SaaS, PaaS, IaaS), keyinchalik bularning hammasi bulutli 
texnologiyalar deb ataldi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, bulutli hisoblash tizimlarining 
keskin rivojlanishiga Google, Amazon va boshqa internet servislarining 
paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi quyidagi o‘zgarishlar hisobidan 
ushbu texnik rivojlanishning amalga oshishi mumkin bo‘ldi:
1. Ko‘p yadroli protsessorlarning rivojlanishi natijasida: 
• unumdorlikning o‘sishi; 
• qurilmalar narxining pasayishi; 
• elektr ta’minotiga bo‘lgan talabning kamayishi. 
2. Ma’lumot tashuvchilar hajmining o‘sishi, ya’ni, 1 Mb axborotni 
saqlash xarajatlarining kamayishi natijasida: 
• saqlanadigan axborot hajmining “cheksiz”ligi; 
• axborotni saqlash xarajatlarining kamayishi. 
3. Parallel hisoblash texnologiyalarining rivojlanishi natijasida: 
• ko‘p yadroli hisoblash tizimlaridan samarali foydalanish; 


205 
• kompyuter imkoniyatlarini talab bo‘yicha taqsimlash. 
4. Virtual texnologiyalarning rivojlanishi natijasida: 
• virtual infratuzilmani yaratish dasturiy ta’minotining ishlab 
chiqilishi; 
• tizimning osongina masshtablashtirilishi; 
• bulutli tizimlarini boshqarish xarajatlarining kamayishi; 
• Interrnet orqali virtual infratuzilmaga kirishning osonligi. 
• tarmoqning axborot o‘tkazish imkoniyatlarining o‘sishi natijasida: 
• bulutli tizimlarda ishlash tezlgining o‘sishi; 
• Internet trafik tannarxining pasayishi; 
• bulutli hisoblashlarning keng tarqalishi. 
Shularning barchasi bulutli texnoliyalarning keng tarqalishiga sabab 
bo‘ldi. 
Hozirgi kunda bulutli texnologiayalar foydalanuvchilarga quyidagi 
imkoniyatlarni yaratib beradi:
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish (ingl. self service on demand) — 
iste’molchi mustaqil ravishda hisoblash tizimiga bo‘lgan 
ehtiyojlarni aniqlashtiradi, masalan serverda ishlash vaqtini, ulanish 
va qayta ishlash tezligini, ma’lumotlarni saqlash uchun zarur 
bo‘lgan hajmda diskdan joy ajratish;
Tarmoqqa ulanishning universalligi — terminal sifatida qanday 
qurilma bo‘lishidan qat’iy nazar foydalanuvchilarga tarmoq orqali 
ma’lumotlar uzatish xizmati ko‘rsatiladi; 
Resurslarni birlashtirish ( ingl. resource pooling) — xizmat 
ko‘rsatuvchi foydalanuvchilarning soni ko‘payganda o‘z 
resurslarini birlashtirib yagona «pul» tashkil qiladi va 
foydalanuvchilarning talablariga qarab o‘z imkoniyatlarini 
foydalanuvchilarga dinamik taqsimlaydi;
Elastiklik — xizmatlar avtomatik ravishda istalgan vaqtda taklif 
qilinishi, kengaytirilishi, qisqartirilishi mumkin va bu ishlar
xizmat beruvchi bilan bo‘ladigan muloqotga qo‘shimcha ta’sir 
ko‘rsatmagan holda amalga oshiriladi; 
Iste’mol hisobi — xizmat ko‘rsatuvchi avtomatik ravishda iste’mol 
qilingan resurslarning hisobini olib boradi, masalan, saqlanadigan 
ma’lumotlar hajmi, ma’lumotlarni o‘tkazish imkoniyati, 
foydalanuvchilar soni, tranzaksiyalar soni va shular asosida 
ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini aniqlaydi.


206 
Xizmat ko‘rsatuvchi nuqtayi nazaridan, resurslarni birlashtirish va 
ularni iste’mol qilinishi doimiy bo‘lmaganligi sababli, bulutli 
hisoblashlar kichik apparat resurslar hisobidan yirik masalalarni yechish 
imkonini beradi. Agar har bir foydalanuvchi resurslar aniq belgilab 
qo‘yilsa, bunday natijaga erishib bo‘lmaydi. Ushbu texnologiyada esa 
resurslarni ajratish avtomatlashtirilgan holda qayta taqsimlanadi.
Foydalanuvchi nuqtayi nazaridan, ushbu texnologiya xizmat 
ko‘rsatishida uzilishlar deyarli bo‘lmaydi.
Bulutli texnologiayalarning tashkillashtirish tamoyilidan kelib 
chiqqan holda uning quyidagi turlari e’tirof etilgan: 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling