Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3) Jamoaviy bulut
- Barchasi xizmat (Everything as a Service)
1) Xususiy bulut (ingl. private cloud) texnologiyasi — bir
tashkilot doirasida qo‘llanishga mo‘ljallangan infratuzilma bo‘lib, tashkilot bo‘limlari va mijozlar uning iste’molchilari bo‘lib hisoblanadi. 2) Ommaviy bulut (ingl. public cloud) — keng ommaning erkin foydalanishiga mo‘ljallangan infratuzilma. Bunda foydalanuvchilar ushbu bulutni boshqarish imkoniga ega emaslar. Barcha kafolatlar ushbu bulut egasiga topshirilgan. Bularga Amazon EC2 va Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, Salesforce.com, Microsoft Office Web servislari misol bo‘la oladi. 3) Jamoaviy bulut ( ingl. community cloud) — umumiy masalalarga qaratilgan, tashkilotning aniq mijozlari tomonidan foydalanishga qaratilgan infratuzilma (masalan, maqsad, xavfsizlik talablari, siyosat). 4) Gibridli bulut ( ingl. hybrid cloud) — har xil bulutli infratuzilmalarning (Xususiy, Ommaviy, Jamoaviy) birlashmasi bo‘lib, lekin standart yoki xususiy ma’lumotlar uzatish texnologiyalari va ilovalari (masalan, ommaviy bulutdan tarmoqga tushadigan katta yuklamani normallashtirish, ya’ni bulutlar orasidagi yuklamani tekislash). Ushbu texnologiyada quyidagi xizmat ko‘rsatish modellari mavjud: Barchasi xizmat (Everything as a Service) — ushbu modelda iste’molchiga barcha servislar taqdim etiladi, ya’ni apparat ta’minotini va biznes jarayonlarini boshqarish, faqatgina foydalanuvchi Internetga ulangan bo‘lishi kerak; Dasturiy ta’minotli xizmat (SaaS, ingl. Software as a Service) — ushbu modelda iste’molchiga amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanishga imkon beriladi. Bunda amaliy dasturiy ta’minot bulutli infratuzilmada xizmat ko‘rsatadigan provayder tomonidan 207 taqdim etilishi mumkin yoki brauzer xizmatlari bo‘lishi mumkin , masalan veb-pochta. Ushbu xizmat turida bulutli infratuzilmaning fizikaviy va virtual imkoniyat-larini nazorat qilish va boshqarish bulutli provayder tomonidan amalga oshiriladi, masalan tarmoqlar, serverlar, operatsion tizimlar, ilovalarning maxsus imkoniyat-lari (ilovaning foydalanuvchi tomonidan o‘zgartiriladigan parametrlardan tashqari). Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling