Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   168
Platformali xizmat (PaaS, ingl. Platform as a Service) — ushbu 
modelda iste’molchiga bulutli infratuzilmada bazaviy dasturiy ta’minotni 
joylashtirish imkoni beriladi. Keyinchalik unda amaliy ilovalarni 
joylashtirish mumkin bo‘ladi, masalan, shaxsiy ilovasini yoki boshqa 
kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan ilovalarni.
Ushbu platforma tarkibiga amaliy dasturlarni yaratish, testlash va 
bajarish instrumental vositalari kiradi, masalan ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimlari, bog‘lovchi dasturiy ta’minotlar, dasturlash tillari esa 
bulutli provayder tomonidan taqdim etiladi.
Bu yerda keltirilgan bog‘lovchi dasturiy ta’minot ( ingl. middleware 
) bo‘lib, adabiyotlarda har xil nom bilan ataladi, masalan, o‘rta pog‘ona 
dasturiy ta’minot , o‘rta qatlam dasturiy ta’minot , qism dasturlar 
ta’minoti, platformalararo dasturiy ta’minot.
Ushbu bog‘lovchi dasturiy ta’minotning quyidagi turlari mavjud: 
➢ Taqsimlangan obyektlar tizimi (DOS, ingl. distributed object 
system) yoki taqsimlangan obyektlar texnologiyalari (DOT, 
ingl. distributed object technology); 
➢ Ma’lumotlar bazasiga yo‘naltirilgan ( ingl. database access 
middleware) 
➢ tranzaksiyalarni kuzatuvchi; 
➢ masofadan protseduralarni chaqirish (RPC, ingl. remote procedure 
call); 
➢ xabarlarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan (MOM, ingl. message-
oriented middleware). 
Quyidagi sohalarda qo‘llashga qaratilgan: 
➢ dasturiy ta’minotning mijoz qismining ma’lumotlar bazasi bilan 
ishlashda; 
➢ tizimli va amaliy dasturiy ta’minotlarining o‘zaro bog‘lashda; 
➢ operatsion tizim va amaliy dasturiy ta’minotni bog‘lashda; 
➢ amaliy dasturiy ta’minotni tarmoq bilan bog‘lashda. 
Infratuzilmani yaratish xizmati (IaaS, ingl. Infrastructure as a 
Service) – bulutli infratuzilma resurslarini, ya’ni qayta ishlash, saqlash, 


208 
tarmoqlar va boshqa hisoblash resurslarini, mustaqil boshqaradi. Bunda 
foydalanuvchi istalgan dasturiy ta’minotni (operatsion tizim, amaliy 
dasturiy ta’minot, platformali dasturiy ta’minot) kompyuterda o‘rnatishi, 
ishga tushirishi mumkin bo‘ladi. Foydalanuvchi operatsion tizimni, 
ma’lumotlarni virtual saqlash tizimini, o‘rnatilgan ilovalarni nazorat 
qiladi, bundan tashqari tarmoq servislarini, masalan, tarmoqlararo ekran, 
DNS, chegaralangan holda nazorat qiladi. Bulutli provayder esa bulutli 
infratuzilmani fizikaviy va virtual tomonlarini nazorat qiladi va 
boshqaradi.
Quyidagi xizmatlar ham ba’zi-bir adabiyotlarda qayd qilingan: 
apparatli ta’minot xizmati (Hardware as a Service)bunda 
foydalanuvchiga texnik qurilmalar ijaraga beriladi va uni istalgan 
maqsadda ishlatamiz. Ushbu xizmat turi «Infratuzilmani yaratish 
xizmati» ga yaqin bo‘lib, faqatgina bu yerda foydalanuvchi texnik 
qurilmalarda istagan infratuzilmani o‘zi tanlagan dasturiy ta’minot 
yordamida yaratadi. 
ishchi o‘rin xizmati (Workplace as a Service) — korxonaning 
ishchilariga avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini yaratishda bulutli 
texnologiyadan foydalanish nazarda tutiladi, masalan zaruriy 
dasturiy ta’minotni o‘rnatish va parametrlarini sozlash.  
ma’lumotlarni saqlash xizmati (Data as a Service) — bunda 
foydalanuvchiga tashqi doimiy xotiradan joy ajratiladi va unda
foydalanuvchi katta hajmdagi ma’lumotlarini saqlash imkoniga ega 
bo‘lishadi.
xavfsizlikni ta’minlash xizmati  (Security as a Service) — bunda 
foydalanuvchi 
bulutli 
texnologiyadan 
foydalanib 
veb-
texnologiyadan foydalanishda xavfsizlikni, elektron pochtadan 
foydalanishda va shunga yaqin holatlarda xavfsizlikni ta’minlash 
dasturiy imkoniyatlaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Yuqorida keltirilgan bulutli texnologiyalarni ta’lim sohasida 
qo‘llash quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi: 
• virtual muhitda ishlash; 
• talabalarga qulay bo‘lgan tizim taqdim etiladi; 
• dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan, istalgan paytda foydalanish imkoni 
paydo bo‘ladi; 
• tizimning sinxronizatsiyalash imkoniyati. 
Bulutli texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga bosqichma-bosqich 
kiritilishi natijasida foydalanuvchilar tarmoq orqali axborot almashish
xulqi va madaniyatini shakllantirish bilan birga, muammoli o‘quv 


209 
vaziyatlarining pedagogik va tashkiliy yechimlarini taklif etadi, 
shuningdek, barcha ta’lim jarayoni ishtirokchilarining ta’lim olish sifatini 
oshiradi. 
Shunday qilib, bulutli texnologiyalar xizmatlariga bo‘lgan 
talabning oshishi keyingi o‘n yillikdagi axborot texnologiyalarining 
rivojlanishini belgilab beradi. Axborot texnologiyalarining xizmat 
ko‘rsatish sohasidagi ulushi ushbu yo‘nalish orqali o‘sadi. Buning asosiy 
sabablaridan biri – bu korxonalarning bevosita kompyuter tarmoqlarini 
yaratishdagi va rivojlantirishdagi bo‘lgan sarf-xarajatlarining keskin 
kamayishi hisoblanadi.  

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling