Ensemble learning. Predikatlar modellari to‘plami yordamida
bashoratlashni sifatini oshirishga qaratilgan usul.
Genetic algorithms. Ushbu usulda mumkin bo‘lgan yechimlar
xromosoma ko‘rinishida tasvirlanib, keyinchalik ularni kombinatsiyalash
va mutatsiya jarayonidan o‘tkazish tushuniladi. Bunda faqatgina eng
‘kuchli’ variant saqlanadi.
Machine learning. Informatikada shakllangan ‘sun’iy idrok’
bo‘lib, mavjud ma’lumotlar tahlili asosida o‘z-o‘zini o‘qitishga
yo‘naltirilgan algoritmlar hisoblanadi.
Natural language processing (NLP). Tabiiy tillarni o‘rganishga
qaratilgan informatika va lingvistika usullarining to‘plami.
Network analysis. Tarmoq tugunlarida o‘zaro aloqalarni tahlil
qilishga qaratilgan usullari to‘plami bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlar mijozlarini
munosabatlarini tahlil qilishda qo‘llaniadi.
Optimization. Murakkab tizimlar va jarayonlarni sonli usullar
yordamida tiklab, ba’zi-bir ko‘rsatkichlarni yaxshilashga qaratilgan
uslub. Bunda strategik qarorlarni qabul qilishda, investitsiyaviy tahlilni
o‘tkazishda foydalaniladi.
Pattern
recognition.
Iste’molchilarni
hatti-harakatini
bashoratlashda bevosita o‘rgatish elementlaridan iborat bo‘lgan usullar
to‘plami.
Predictive
modeling.
Hodisalarni
ehtimolli
rivojlanishini
matematik modelini yaratishda qo‘llaniladigan uslublar to‘plami.
Regression. O‘zgaruvchilarning tasodifiy miqdorlarini qamrab
olgan ma’lumotlar orasida qonuniyatli bog‘lanish borligini aniqlashga
qaratilgan statistik usullar to‘plami bo‘lib, asosan data mining sohasida
qo‘llaniladi.
Sentiment analysis. Tabiiy tilni tanib olishga asoslangan bo‘lib,
iste’molchilarning kayfiyatini aniqlashga qaratilgan usul. Bunda
axborotlar oqimidan qiziqarli axborotlarni ajratib olish va ularni baholash
imkoni bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |