Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Budjetni hisoblash dasturlari


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   168
 
Budjetni hisoblash dasturlari. Budjetni shakllantirishda ikki 
yondashuv 
mavjud: 
rahbariyatning 
yakka 
boshchiligida 
va 
mutaxassisning boshchiligida tuziladi. Ushbu jarayonlar murakkab 
bo‘lganligi sababli bunda maxsus dasturiy ilovalar qo‘llaniladi. Bu 
sohada mashhur bo‘lgan quyidagi dasturlar mavjud: Hyperion Pillar
Corporate PlannerAdaytum PlanningNefrit va boshqalar. 
“Hyperion Pillar” dasturi budjetni shakllantirishdagi to‘liq dastur 
bo‘lib, u barcha ishlarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Ushbu 
dasturga xarajatlar va kutiladigan daromadlar kiritiladi. Hisoblash 
jarayonida dinamik model yaratiladi va unda har bir pog‘onada, 
o‘zgartirishlar kiritish imkoni bilan mas’ul shaxslar belgilanadi.
“Hyperion Pillar” dasturi boshqa dasturlar bilan o‘zaro ma’lumotlar 
almshuvini amalga oshirishi mumkin, masalan, Enterprise, Essbase 
OLAP Server va Reporting dasturlari. 
“Corporate Planner” dasturi esa faqat kichik firmalarda qo‘llaniladi 
va unda budjet tarkiblangan daraxt sifatida shakllantiriladi. Daraxtning 
tugunlarida rejaviy, amaldagi qiymat va ularning farqi ko‘rsatiladi. 
Tugunlar bir-biri bilan formulalar bilan bog‘lanadi.
“Adaytum Planning” dasturi uch o‘lchovli elektron jadvallar 
yaratib, har xil kesimda chiqarish funksiyalaridan iborat.
“Nefrit” dasturi yirik, xolding shakldagi kompaniylar uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, boshlang‘ich ko‘rsatkichlar quyi bo‘limlardan 
olinib, jamlangan budjetni yaratadi. Undagi ishlash tamoyillari elektron 
protsessorlarda qabul qilingan texnologiyalarga asoslangan.
7.6. Korxona resurslarini boshqarish(ERP)
Korxona boshqaruvida zamonaviy konsepsiyalarni joriy etish o‘ta 
dolzarb


194 
ahamiyat kasb etib bormoqda. Shu o‘rinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 
2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan 
majlisidagi ma’ruzasida ham bu borada to‘xtalib, “...zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli 
mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni 
amalga oshirishdir”- deb ta’kilab o‘tgan edi.
Shu bilan bir qatorda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning 
zarurligi 
2017-2021 
yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida ham belgilab olindi. Ushbu ustuvor vazifalarning ijrosi har 
bir korxona oldiga yangicha boshqaruv konsepsiyalarini joriy etishni 
taqozo etadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqatgina kam harajat qilgan holda 
yuqori daromad olish imkoniyatiga ega samarali korxonalargina 
raqobatga bardosh bera oladilar. Korxona harajatlari ikkita omil: tashqi 
va ichki omillarga bog‘liq. Tashqi omillarga korxona o‘z ta’sirini ko‘rsata 
olmaydi, ya’ni ular natijasida yuzaga keluvchi harajatlarni kamaytira 
olmaydi. Ichki omillar natijasida yuzaga keluvchi harajatlarga esa 
korxona o‘z ta’sirini o‘tkazishi, ya’ni uni kamaytirishi mumkin. Korxona 
resurslarini boshqarish aynan korxona uchun ichki omil hisoblanadi va 
shu sababdan, resurslarni samarali boshqarishni tashkil qilish korxona 
ixtiyorida bo‘ladi. Shu jihatdan qaraganda korxona raqobatbardoshligini 
oshirishda resurslarni samarali boshqarish dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
U yoki bu korxonada boshqaruv hisobi joriy etilgach, uni izchil 
takomillashtirib borish ham muhim ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari 
shiddat bilan rivojlanar ekan, bu holat korxonalardan davrga 
moslashuvchanlikni talab etadi. O‘z navbatida, bozorga moslashish, unda 
yuqori daromad va obro‘ga ega bo‘lgan korxona maqomini saqlab qolish 
uchun uning boshqaruv, ishlab chiqarish, hisob tizimi zamon talablariga 
javob bermog‘i lozim. 
Boshqaruv hisobi yirik ma’lumotlar bazasi bilan ishlar ekan, uni 
takomillashgan dasturiy ta’minotlarsiz faraz qilib bo‘lmaydi. Boshqaruv 
hisobini takomillashtirishning eng muhim omillaridan biri, aynan maxsus 
dasturiy ta’minot bilan faoliyatni avtomatlashtirishdan iboratdir.
Yurtimizdagi chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan 
korxonalarda boshqaruv hisobini avtomatlashtirish ishlari natijasida 


195 
butun korxona faoliyatida nafaqat buxgalteriya, balki boshqa bo‘limlar 
faoliyati ham yagona dasturiy ta’minot orqali avtomatlashtirilganligining 
guvohi bo‘lish mumkin. Korxona faoliyatini avtomatlashtirishga xizmat 
qiluvchi dasturlar ichida maxsus ERP tizimga alohida izoh berib o‘tamiz. 
APICS (American Production and Inventory Control Society) 
lug‘atida “ERP-tizim” atamasiga quyidagicha izoh berilgan: ERP tizim 
– Enterprise Resource Planning, ya’ni korxona resurslarini boshqarish 
tizimi, deb tarjima qilinib, u korxonada sotish, ishlab chiqarish (ish, 
xizmat ko‘rsatish), xarid qilish va ular bilan bog‘liq hisob tizimini 
identifikatsiyalash hamda barcha resurslarini rejalashtirishni amalga 
oshiruvchi axborot tizim hisoblanadi. 
ERP tizimning asl maqsadi – bu korxonaning barcha bo‘limlari 
faoliyatini yagona kompyuter tizimiga integratsiyalashtirishdir. 
Zamonaviy korxonalarda ERP tizimini joriy etishning 5 ta sababini 
ko‘rsatib o‘tish mumkin: 
1) Moliyaviy ma’lumotlarni integratsiyalash. 
2) Buyurtma borasidagi ma’lumotlarni integratsiyalash. 
3) Ishlab chiqarish tizimini standartlashtirish va jadallashtirish. 
4) Ombor zaxiralarini kamaytirish. 
5) Xodimlar bo‘yicha ma’lumot. 
Odatda, korxona rahbari korxona faoliyati bo‘yicha hisobot talab 
etganda, har bir bo‘lim o‘z hisobotini taqdim etadi. Bu jarayonda korxona 
buxgalteriyasi, ombor mudiri, moliyaviy tahlilchi, xaridlar bo‘limi, 
bo‘lim boshlig‘ining hisobotlari bir-biriga mos kelmasligi mumkin. 
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida esa, hisobot integratsiyalashgan 
tarzda shakllantiriladi va barcha ma’lumotlar o‘zaro muvofiq bo‘ladi. 
ERP tizimini amalga oshirish natijasida quyidagi asosiy 
maqsadlarga erishiladi: 
• korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining markazlashtirilgan 
buxgalteriya hisobi; 
• korxona resurslarini moslanuvchan, samarali va operativ 
boshqaruvini ta’minlovchi hisoblar rejasining turli qismlari 
bo‘yicha korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga tegishli 
tahliliy hisobotlarni shakllantirish; 
• barcha tabaqadagi boshqaruv xodimlarini to‘liq va o‘z vaqtida 
axborot bilan ta’minlash; 
• alohidagi tarkibiy bo‘linmalar hamda butun korxona bo‘yicha pul 
va tovar-moddiy resurslari oqimi bo‘yicha dolzarb axborotga tez 
ega bo‘lish; 


196 
• standart va tahliliy hisobotlarni shakllantirishga sarf bo‘ladigan 
vaqtni qisqartirish; 
• hisobot davrlarini yopish uchun ketadigan vaqtni qisqartirish
• alohidagi tarkibiy bo‘linmalar uchun, hamda butun korxona uchun, 
balansining mujassamlashtirish va shakllantirish uchun ketadigan 
vaqtni qisqartirish; 
• me’yoriy hisobotlarni shakllantirish va qabul qilish; 
• hisob obyektlari orasidagi aloqalarni saqlab qolish; 
• ma’lumotni ikkilamchi kiritilishini oldini olish; 
• korxona budjetiga muvofiq mablag‘larni ishlatilishi ustidan 
markazlashtirilgan nazorat olib borish; 
• debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari ustidan markazlashtirilgan 
hisob olib borish; 
• harajatlarni markazlashtirilgan nazorati hamda samarasiz va yuqori 
harajatli xaridlarning oldini olish; 
• zaxiralarni boshqarish va ularning oqimini nazorat qilish; 
• tayyor mahsulotni sotuvi ustidan markazlashtirilgan boshqaruv; 
• ma’lumotlarni ishlatishga qaratilgan xodimlarning qo‘l mexnatiga 
ketadigan vaqtini qisqartirish; 
• axborot tizimini ta’minlash uchun ketadigan odam va moliyaviy 
resurslarni qisqartirish; 
• axborot tizimining mustahkamlik darajasi va mobilligini oshirish; 
• ma’lumotlarning ishonchlilik va xavfsizlik darajalarini oshirish. 
Bularga yagona ma’lumotlar bazasini yaratish orqali erishiladi: 
7.6.1. - Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM) 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling