Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
“MS Project” rejalashtirish tizimi
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Project Expert” rejalashtirish tizimi.
“MS Project” rejalashtirish tizimi. Loyihadagi ishlarni bajarish
uchun resurslar talab etiladi. Ushbu resurslar loyihaning qiymatini va uni bajarish uchun imvestisiyalarni muddatini belgilab beradi. Shu bois bu yerda ikki ko‘rinishdagi bloklar qollaniladi: personal\texnika va mablag‘. Personal resursini qiymatini aniqlashda umumiy ma’lumotlar talab etiladi, masalan, ish kuni grafigi, ish haqi (asosiy, ishdan tashqari, stavka uchun ajratilgan ish haqi va boshlar) va qo‘shimcha ma’lumotlar. Har bir ish turi uchun 5 xildagi to‘lovlar amalga oshirilishi mumkin, ya’ni bir ishchi har xil ishlarni bajarishi mumkin bo‘ladi. Ushbu tizimda loyihalarni boshqarishni endi o‘zlashtirishga kirishganlar uchun soddalashtirilgan imkoniati ham “MS Project Map” mavjud. Bundan tashqari yaratilgan fayllarni har xil formatlarda saqlash mumkin, masalan, Excel va Access formatlarida. Loyiha ishtirokchilari o‘rtasida aloqani o‘rnatish uchun elektron manzillardan (Resource Information) foydalanish joriy etilgan. Team Assign buyrug‘i yordamoda qanday ishlar amalga oshirilganini va Team Status buyrug‘i orqali ishtirokchilar bajaradigan ishlar holati kuzatilishi mumkin. “Project Expert” rejalashtirish tizimi. Ushbu tizim korxonaning moliyaviy ishlarini rejalashtirish va ularni nazorat qilish, korxona faoliyatini samaradorligini tahlil qilish kabi ishlarni bajarishga mo‘ljallangan. Unda moliyaviy hisobotlar bevosita xalqaro “International Accounting Standards“ standartiga amal qilingan holda chop etiladi. Ushbu dastur quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan: • korxonani moliyalashtirish sxemasini aniqlash; • omillarni o‘zgartirish orqali eng maqbul moliyaviy natijaga erishish uchun kompyuterli modellashtirish jarayonlarni tashkillashtirish; • tashqi muhit omillarini e’tiborga olgan holda (inflyasiya, soliqlar, valyuta kursi va boshqalar) istalgan korxona faoliyatini qadamba- qadam loyihalash; • moliyaviy hisobotlarni tayyorlash (mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobot, balans, daromad va foyda bo‘yicha hisobotlar va boshqalar) va investisiyali loyihaning biznes rejasini shaklllantirish; • korxonani rivojlantirish rejasini ishlab chiqish, marketing strategiyasini yaratish, korxona strategiyasini ishlab chiqish; • korxonani to‘liq tahlil qilish. Bulardan tashqari Project Expert ma’lumotlarni *.txt va *.dbf formatlarga o‘girtirib beradi. Shu bilan birga jadvallar va matnlar Word, Excel va boshqa Windows ilovalarga ko‘chirilishi mumkin. Dastur shu 191 sohadagi boshqa dasturlar bilan ham ma’lumotlar almashuvini amalga oshiradi, masalan, MS Project, Primavera, Project Planner, Audit Expert, Marketing Expert va Sure Truck. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling