Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


“Audit Expert” moliyaviy tahlil tizimi


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168
“Audit Expert” moliyaviy tahlil tizimi. Ushbu tizim korxonaning 
moliyaviy holatini va uning faoliyatining natijalarini to‘liq tahlil qiladi. 
Tuzilgan hisobotlar xalqaro standartlarga mos kelishi bilan u barcha 
uchun tushunarli ko‘rinishda bo‘ladi.
Tahliliy jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar quyidagi ishlarni 
amalga oshirishga imkon beradi:
• korxonaning oldingi faoliyatini va joriy holatni batafsil tahlil qilish: 
• korxonaning rentabellik va faolligini belgilab beradigan 
ko‘rsatkichlarni hisoblash; 
• balans tarkibini baholash; 
• balans tarkibini har xil variantlarda dinamik o‘zgarishlarini tahlil 
qilish. 
Umumiy holda 70 dan ortiq ko‘rsatkichlar orqali korxonaning 
moliyaviy holati tahlil qilinadi va baholanadi.
“Audit Expert” dasturining asosiy imkoniyatlari quyidagilardan 
iborat: 
1. Balansni qayta baholash. Buxgalteriya hisobotlarini tahlil qilish va 
ular asosida balansni birlamchi baholashni amalga oshiradi.
2. Ma’lumotlarni kiritish. Audit Expert dasturida ma’lumotlarni 
kiritish oddiy va avtomatik rejimlarda amalga oshiriladi. Avtomatik 
rejim – bu boshqa dasturlardan ma’lumotlarni import qilib olishni 
nazarda tutadi. Unda mavjud buyruqda foydalanuvchi qadamba-
qadam ko‘rsatmalarga amal qilib, ma’lumotlarni istalgan formatdan 
yuklab olishi mumkin bo‘ladi.
3. Grafika va diagrammalar. Jadvallarda keltirilgan istalgan 
ma’lumotlardan grafika va diagrammalar yaratish mumkin. Ushbu 
tasvirlar alohida saqlanishi va keyinchalik tahlil qilinishi mumkin.
4. Hisobotlarni shakllantirish. Audit Expert dasturida hisobotlarni 
shakllantirish va ularda o ‘zgartirishlar kiritish mumkin. 
Hisobotlarni MS Word formatida ham saqlash imkoni mavjud.
5. Moslashtirish. Dasturda mavjud shablonlar va ma’lumotlarni qayta 
ishlash texnologiyalari orqali foydalanuvchi dasturni o‘ziga 
moslashtirib 
olishi 
mumkin, 
masalan, 
istalgan 
shakldagi 
ma’lumotlarni qayta ishlash, istalgan tahlil usulini.
6. Ma’lumotlar almashuvi. Audit Expert dasturida istalgan jadval MS 
Excel yoki shu kabi dasturlar formatiga o‘girtirilishi mumkin. Audit 


192 
Expert dasturi ma’lumotlari Project Expert dasturi uchun 
boshlang‘ich balansni hisoblashda ishlatilishi mumkin.

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling