Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
“Forecast Expert” bashoratlash tizimi
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Marketing Expert” qaror qabul qilish tizimi.
“Forecast Expert” bashoratlash tizimi. Ushbu tizim amaliy
bashoratlashning universal tizimi bo‘lib, unda korxonaning ishlab chiqarish sohasi yoki pul mablag‘larining aylanmasi, aviachiptalarni sotilishi va shu kabi istalgan sohasi bo‘yicha bashoratlash imkoni mavjud. Bashoralash ko‘rsatilgan ehtimol darajasidagi aniqlik bilan beriladi. Unda mavsumiy parametlarini ta’sirini ham kiritish nazarda tutilgan. “Marketing Expert” qaror qabul qilish tizimi. Ushbu tizim marketing sohasida qo‘llanib kelinmoqda. Unda quyidagi masalalar yechiladi: 1) Marketing faoliyatini audit qilish. 2) Firmaning bozordagi holatiga baho berish, raqobatchilar bilan taqqoslash, salbiy va ijobiy jihatlarni aniqlash. 3)Marketingni rejalashtirish. Firmaning bozordagi siyosatini optimal variantini ishlab chiqish. Bu yerda quydagi usullarni qo‘llash nazarda tutilgan: GAP-tahlil, SWOT-tahlil, Portfolio-tahlil va boshqalar. 4)Mahsulotning rentabelliginni baholash. 5)Mahsulot bozorining hajmini hisoblash. 6)Mahsulot narxini hisoblash. 7)Mahsulotlarni optimal taqsimlash. “Project Questionnaire & Project Risk” modullari. Ushbu modullar mustaqil ilova bo‘lishiga qaramay, ular Project Expert tizimini kengaytirishga ham qaratilgan. Samarali moliyaviy tahlilni o‘tkazish uchun matematik usullardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Lekin ko‘p hollarda parametrlarning ko‘pligi tufayli, sonli natijalarga erishish muammoli hisoblanadi. Shu bois, sifat nuqtayi nazar tajribalar o‘tkaziladi. Qayd etilgan modullar sifatli tahlilda qo‘llaniladi. Ekspertli baholash usullariga asoslangan ushbu modullar loyihaning har xil variantlarda baholash va uning rivojlanish shartlarini aniqlashga imkon beradi. “Project Expert - Biz Planner” dasturi. Ushbu dastur kichik va o‘rta korxonalarda investisiyalarni rejalashtirish va ularning samaradorligini aniqlashga qaratilgan. Dastur qisqa muddat ichida sifatli biznes loyihani ishlab chiqish imkonini beradi. Umumiy holda dastur yordamida quyidagi ishlarni bajarish mumkin: • davomiyligi 5 yilgacha bo‘lgan loyihalarni shakllantirish; 193 • loyihani tanlangan valyuta birligida hisoblash; • har bir mahsulot va xizmat uchun qo‘shimcha xarajatlarni hisoblash; • har bir mahsulot uchun marketing strategiyasini mustaqil ishlab chiqish; • loyihani moliyalashtirish strategiyasini aniqlash; • balansni tuzish, daromadlar bo‘yicha hisobot tuzish, “cash-flow” pul mablag‘larinni harakatini hisoblash; • xalqaro qabul qilingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisoblashlarni amalga oshirish; • hisobotlarni bir necha tillarda tuzish; • natijalarni chop qilish yoki MS Word dasturiga uzatish. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling