Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
WebMoney Transfer – bu elektron hisob tizimi bo‘lib, unda barcha
foydalanuvchilar universal hisob birliklari bilan ayira boshlashlari mumkin, ya’ni WebMoney (WM) titul belgilari bilan. WM titul belgilari bilan Internet tizimida tovar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida qabul qilinishi mumkin, undan tashqari WM titul belgilarini keng tarqalgan WM ayira boshlash shahobchalari orqali bank yoki pochta o‘tkazmalariga, boshqa titul belgilariga ayira boshlash mumkin. O‘z kompyuterida WM Keeper mijozlik dasturiy ta’minot tizimini o‘rnatish bilan WebMoney Transfer tizimi foydalanuvchisi maqomini oladi. Har bir WebMoney Tranfer tizimi foydalanuvchisi o‘z shaxsiy WM-hamyonni ochadi (yoki turli hildagi WM titul belgilari uchun bir necha hamyonlarni), bu hamyondan boshqa bir istalgan hamyonga tovar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida mablag‘larni bir zumda o‘tkazishi mumkin, yoki xususiy o‘tkazmani amalga oshirishi mumkin. Bunda o‘tkazma uchun foiz – o‘tkazma miqdoridan 0,8%, biroq mutanosib ravishda 50 dollardan oshmagan holda. Titul belgilarining hisobi, saqlanishi va bir zumda bir foydalanuvchining hisobidan boshqa foydalanuvchi hisobiga o‘tkazilishi WM Keeper mijozlik dasturiy ta`minot tizimi tomonidan olib boriladi. WebMoney Transfer tizimida moliyaviy va huquqiy kafolatni tizim garantlari ta’minlaydi. Xavfsizlik tadbirlari majmuasi foydalanuvchilarning mablag‘laridan noqonuniy foydalanish holatlarinig oldini oladi va ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi. Maxfiy xabarlar orqali boshqa foydalanuvchilar bilan yopiq muloqot olib borish, shartnoma 189 qismlarini muhokama qilish, to‘lovlarni sharhlab borish mumkin. Amalda ko‘rsatilganidek, WebMoney Transfer tizimining himoyalanganlik darajasi boshqa to‘lov tizimlari nisbatan ancha yuqori hisoblanadi. WebMoney Transfer tizimida foydalanuvchilar o‘rtasidagi bahsli holatlarni hal etish uchun Hakamlik xizmati va foydalanuvchining xohish-istagiga qarab uning shaxsini tasdiqlovchi elektron raqamli attestatlar beruvchi WM-attestatlash xizmatlari mavjud. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling