Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Nazorat savollari
1. Marketing faoliyati uchun axborotlarning ahamiyati nimalardan iborat? 2. Marketing axborotlari manbalari va oqimlarini tavsiflab bering. 3. Marketing faoliyatidagi tashqi mikromuhitning qanday omillarini bilasiz? 4. Marketingni boshqarish tizimidagi axborotlarni shakllantirish va foydalanishning asosiy tamoyillarini aytib bering. 5. Korxona marketing faoliyatida axborot tizimlarining vazifalari nimalardan iborat? 6. Tashqi axborotlar tizimiga nimalar kiradi? 7. Ichki axborotlar tizimiga nimalar kiradi? 8. Marketing tadqiqotlari asosida axborotlar ta’minotini tashkil qilishning mazmuni nimadan iborat? 163 7 BOB. BIZNESDA ZAMONAVIY AXBOROT- KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI 7.1. Elektron hukumat tushunchasi Ko‘p asrlik jahon taraqqiyoti davomida davlat va uning fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlar muhim ahamiyatga ega, dolzarb masala bo‘lib kelgan. Bugungi kunda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi huquqiy ongi va madaniyatining oshishi, aholining axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishining o‘sishi davlat boshqaruvida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, jismoniy va yuridik shaxslar bilan davlat organlari o‘rtasidagi aloqalarni axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan bevosita foydalangan holda kengaytirishni taqazo etmoqda. Mamlakatimizda bu sohada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Axborotlashtirish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga oid qonunlar, qonun osti hujjatlari qabul qilingan hamda bunday qonunlarni takomillashtirish va yangilarini qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Elektron hukumat atamasi dastlab XX asrning 90-yillarida paydo bo‘lgan. Bu atamaning paydo bo‘lishiga sabablardan biri bu Internetning vujudga kelishi va uning aholi orasida keng tarqalishi hamda dunyo hamjamiyati siyosatchilari orasida davlat boshqaruvini liberallashtirish va ochiqligini ta’minlashga qaratilgan konsepsiyalari sabab bo‘lgan. Elektron hukumat yangi texnologiyalardan, ayni damda, Internet tarmog‘idan samarali foydalangan holda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasida munosabatlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Internet ensiklopediyalarda elektron hukumat atamasiga “fuqarolar, biznes va tadbirkorlik subyektlari, davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlari, davlat xizmatchilariga ariza beruvchi va davlat organlari o‘rtasidagi shaxsiy aloqalarni kamaytirgan holda hamda axborot texnologiyalarini maksimal qo‘llagan holda axborot berish va davlat xizmatini ko‘rsatish” deb ta’rif berilgan. Germaniya Federativ Respublikasining elektron hukumat to‘g‘risidagi memorandum tayyorlashda mamlakatning turli qismlaridan 70 dan ortiq ekspertlar qatnashgan va bu memorandumda e-hukumat “jamoat fikrini shakllantirish jarayoni, normativ huquqiy hujjat muhokamasi, siyosiy ma’muriy va davlat funksiyalarini axborot texnologiyalarini intensiv qo‘llagan holda amalga oshirish” deb e’tirof etilgan. 164 2015-yil 9-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilindi. Bu qonunni qabul qilishda xalqaro tajribani o‘rganib, bugungi kunda uni takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar, jumladan onlayn muhokamalar olib borildi. Qonun loyihasini ishlab chiqishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tomonidan “Elektron hukumat” tizimida ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirishga oid xalqaro tajriba, xususan Koreya Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni, Rossiya, AQSH hamda Yevropa davlatlarining shu yo‘nalishdagi qonunchiligi, me’yoriy-huquqiy hujjatlari tahlil qilinib, muhim jihatlari o‘rganildi. O‘zbekistonda “elektron hukumat” tizimini joriy etishning dastlabki tajribalari Samarqand va Buxoro viloyatlarida o‘tkazildi hamda ular o‘zining ijobiy natijalarini berdi. O‘zbekistonda bu atamaga huquqiy ta’rif “Elektron hukumat to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida keltirilgan bo‘lib, “davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslaga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlik qilish ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora tadbirlar va texnik vositalar tizimidir” deb berilgan. Shuningdek, davlat xizmati, so‘rov, ariza beruvchi, idoralararo elektron hamkorlik qilish, elektron hukumatning yagona identifiqatorlari, elektron davlat xizmati reglamenti, elektron davlat xizmati kabi asosiy tushunchalarga ta’rif berilgan. Qonunda elektron hukumatning asosiy vazifalari sifatida davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash belgilangan. Aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot almashinuvini ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari faoliyatining samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishini mustahkamlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • davlat organlari faoliyatining samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyati va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratish; 165 • ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududidagi davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlar yaratish; • aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o‘zaro hamkorligi va ularning ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi mexanizmini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida “bir darcha” prinsipni joriy etish; • tadbirkorlik subyektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan, statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, litsenziyalar, sertifikatlar berish jarayonlarida, shuningdek, davlat organlaridan axborot olish jarayonida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o‘tkazish; • tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishni, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish; • naqd bo‘lmagan elektron to‘lovlar, davlat xaridlarini oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini, bank moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish. Yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsaddavlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat. Ya’ni “e-hukumat” amaldagi mavjud davlat boshqaruvi tizimini o‘zgartirmaydi, unga qo‘shimcha vosita vazifasini bajarmaydi balki, yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalarini faol qo‘llagan holda fuqarolarga samarali davlat xizmatlarini ko‘rsatilishini ta’minlaydi. O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, elektron hukumatning maqsadlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: • yuqori darajada axborotlashgan fuqarolik jamiyatiga o‘tish; • “bir darcha” prinsipida ishlovchi fuqarolar va davlat organlari o‘rtasida integratsiyalashgan yagona makon yaratish; • davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash; • byurokratik to‘siqlarni yo‘qotish; • moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish; • korrupsiyani oldini olish. 166 Davlat boshqaruvi jarayonida “e-hukumat”ning qo‘llanilishi bir qancha ijobiy natijalarga olib keladi. Birinchidan, davlat boshqaruvidagi demokratik tamoyillar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshiriladi. Download 3.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling