Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar


Download 467.01 Kb.
bet8/9
Sana19.06.2023
Hajmi467.01 Kb.
#1625764
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar

Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida ma’lum proporsiyalar yoki tenglik ta’minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo‘laklarining nisbatini, yoki shu bo‘laklar o‘rtasidagi nisbatni bildiradi. Bunga mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste’mol va milliy jamg‘arishga bo‘linishini misol qilib keltirish mumkin.
Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste’mol hajmi yuqori bo‘ladi. Ammo mavzuning 4-savolida Xitoy Xalq Respublikasi misolida ko‘rdikki milliy jamg‘armalarning ulushi ham yuqori bo‘lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste’mol va milliy jamg‘armalarning YaMTD dagi ulushi 3:1 proporsiyada ham, 2:1 proporsiyada ham bo‘lishi mumkin ekan.
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo‘lishi uchun ayrim ko‘rsatkichlarning aynan teng bo‘lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi mavjud bo‘ladigan, yoki mavjud bo‘lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o‘zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko‘rinishida hisoblangan YaIM ko‘rsatkichlarining o‘zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.
Y= C+ I + G + Xn
Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasidagi tenglik hisoblanadi.
Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg‘armalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartidir. Agarda,
milliy iqtisodiyot tashqi dunyo

bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=0), deb faraz qilinsa, unda YaIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi ShTD ga teng bo‘ladi. Ya’ni:
YaIM = ShTD = C + S, ayni paytda: YaIM = C + I Bu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
C + I = C + S yoki I = S Ushbu ayniyatdan ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklarining jamg‘arishga bo‘lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (C+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.
Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya’ni eksport-import aloqalari yo‘lga qo‘yilgan, soliq solish va transfert to‘lovlari ko‘rinishida davlat aralashuvi mavjud bo‘lsin. Bunday holatda jamg‘arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:21
S = Sp + Sg + Sx Bu yerda: Sp - xususiy jamg‘armalar;
Sg - davlat jamg‘armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg‘armalari.
Bunda xususiy jamg‘armalar daromadlar (Y), transfert to‘lovlari (TR), davlat zayomlari bo‘yicha foizlar yig‘indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (C) xarajatlari yig‘indisini ayirish natijasiga teng bo‘ladi.
Sp = (Y + TR + N - T) - C Davlat jag‘marmalari quyidagi miqdorga teng bo‘ladi:
Sg = (T - TR - N) - G Agar davlat jamg‘armalari nolga teng bo‘lsa, davlat budjeti muvozanatlashgan, jamg‘arishning manfiy miqdori budjet taqchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg
Bu yerda: BT - budjet taqchilligi miqdori.

Boshqa mamlakatlarning jamg‘armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi.
Sx =M - X yoki Sx = -Xn Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko‘proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko‘chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.
Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg‘armalarning umumiy yig‘indisi investitsiyalarga teng bo‘ladi:
Sp + Sg + Sx = (Y + TR + N -T ) -C + (T - TR - N )) - G + (-Xn)
yoki
Sp + Sg + Sx = Y - C - G - Xn S = C + I + G +Xn - C - G - Xn
S = I
Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg‘armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg‘armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining o‘sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir.
2.4-jadval
O‘zbekiston iqtisodiyotida jamg‘arma va investitsiyaning
muvozanat tahlili, YaIMga nisbatan foizda22

Yil

Jamg‘arma (S)

Investitsiya (I)

Muvozanat S = I

Sof jamg‘arma (2 ust. - 3 ust.)

1

2

3

4

5

2011

31.7

22.5

S>I

9.2

2012

24,4

22.9

1.5

2013

26.2

23.2

3.0

2014

23.5

23.3

0.2

2015

27.1

24.4

2.7

2016

25.1

24.1

1.0

2017

30.1

22.6

7.5

Keynschilar fikriga ko‘ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. Chunki investorlar va jamg‘aruvchilarnnig rejalari o‘zaro mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat to‘g‘ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi shart.


Qisqacha xulosalar
Mamlakatning makroiqtisodiy holati ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makroiqtisodiy tahlilda YaIM, YaMD, SIM, SMD, ShD, ShTD, YaMTD, S ,S, INI,YaIM deflatori kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
YaIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig‘indisidan iborat.
YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste’mol va taqsimot usulari mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qo‘llaniladi.
YaIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta hisoblashga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblanadi. Bu usul YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deyiladi.
YaIMni xarajatlar ko‘rinishida to‘rt guruhdagi xarajatlar - iste’mol, investitsiya, davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yig‘indisi orqali hisoblanadi.
Har uchala usulda hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o‘zaro teng bo‘ladi.
Milliy hisobchilik tizimining barcha ko‘rsatkichlarini hisoblashning uslubiy bazasi bitta bo‘lgani uchun ularni o‘zaro taqqoslash imkoni mavjud.
Makroiqtisodiy tahlilda YaIM ko‘rsatkichi bilan birgaYaMd ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir.
Soddalik uchun YaIM yalpi ishlab chiqarish, YaMD esa yalpi daromad deb ham yuritiladi.
Milliy ishlab chiqarish va daromad hajmining real o‘zgarishini aniqlash uchun baholar indekslaridan: YaIM deflatori va INI
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.


Download 467.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling