Milliy iqtisodiyotni tahlil
Download 343.76 Kb.
|
Milliy iqtisodiyotni tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAIM
If =Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste‘mol narxlari indeksi singari hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji baholarda hisoblanadi. Mamlakatning makroiqtisodiy holati kо’rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makroiqtisodiy tahlilda YAIM, YAMD, SIM, SMD, SHD, SHTD, YAMTD, C ,S, INI,YAIM deflyatori kabi kо’rsatkichlardan foydalaniladi. YAIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma‘lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig’indisidan iborat. YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste‘mol va taqsimot usulari mavjud bо’lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qо’llaniladi. YAIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta hisoblashga yо’l qо’ymaslik uchun uni qо’shilgan qiymatlar yig’indisi kо’rinishida hisoblanadi. Bu usul YAIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deyiladi. YAIMni xarajatlar kо’rinishida tо’rt guruhdagi xarajatlar - iste‘mol, investitsiya, davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yig’indisi orqali hisoblanadi. Har uchala usulda hisoblangan YAIM kо’rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda о’zaro teng bо’ladi. Milliy hisobchilik tizimining barcha kо’rsatkichlarini hisoblashning uslubiy bazasi bitta bо’lgani uchun ularni о’zaro taqqoslash imkoni mavjud. Makroiqtisodiy tahlilda YAIM kо’rsatkichi bilan birgaYAMd kо’rsatkichidan ham foydalaniladi. YAMD -mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang’ich daromadlari yig’indisidir Soddalik uchun YAIM yalpi ishlab chiqarish, YAMD esa yalpi daromad deb ham yuritiladi. Nominal YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YAIM esa doimiy narxlarda baholaydi. Shunday qilib, real YAMM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi о’sishi bilan oshadi, nominal YAMM esa tovar va xizmatlar baho darajasining о’sishi natijasida ham oshishi mumkin. Milliy ishlab chiqarish va daromad hajmining real о’zgarishini aniqlash uchun baholar indekslaridan: YAIM deflyatori va INI kо’rsatkichlaridan foydalaniladi. Download 343.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling