Milliy iqtisodiyotni tahlil


Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar


Download 343.76 Kb.
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi343.76 Kb.
#1513282
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Milliy iqtisodiyotni tahlil

Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar


Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy kо’rsatkichlar о’rtasida ma‘lum proporsiyalar yoki tenglik ta‘minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bо’laklarining nisbatini, yoki shu bо’laklar о’rtasidagi nisbatni bildiradi. Bunga mavzuimizning YAMTDning yakuniy iste‘mol va milliy jamg’arishga bо’linishini misol qilib keltirish mumkin.

Xarajatlar va daromadlar kо’rinishida hisoblangan YAIM kо’rsatkichlarining о’zaro
tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.

C+ I + G + Xn = A + T + W + R1 + R2 + R1 + R2


Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg’armalar о’rtasidagi tenglik hisoblanadi. Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg’armalar miqdoriga bog’liq bо’ladi. Bu ikki kо’rsatkich о’rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartidir.
Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G = O), deb faraz qilinsa, unda YAIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi SHTD ga teng bо’ladi. Ya‘ni:
, ayni paytda:
Bu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi kо’rinishga ega bо’ladi:
yoki
Ushbu ayniyatdan kо’rinib turibdiki, uy xо’jaliklarining jamg’arishga bо’lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (S+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.


Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya‘ni eksport-import aloqalari yо’lga qо’yilgan, soliq solish va transfert tо’lovlari kо’rinishida davlat aralashuvi mavjud bо’lsin. Bunday holatda jamg’arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi kо’rinishga ega bо’ladi:
Bu yerda: Sp - xususiy jamg’armalar;
Sg - davlat jamg’armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg’armalari.




Bunda xususiy jamg’armalar daromadlar (Y), transfert tо’lovlari (TR), davlat zayomlari bо’yicha foizlar yig’indisidan (N), soliqlar (T) va iste‘mol (C) xarajatlari yig’indisini ayirish natijasiga teng bо’ladi:
Davlat jag’marmalari quyidagi miqdorga teng bо’ladi:

Agar davlat jamg’armalari nolga teng bо’lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan,
jamg’arishning manfiy miqdori byudjet taqchilligini (BT) bildiradi: Bu yerda: BT – byudjet taqchilligi miqdori.
Boshqa mamlakatlarning jamg’armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi:










Agar mamlakat eksportiga nisbatan kо’proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda kо’chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi. Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg’armalarning umumiy yig’indisi investitsiyalarga teng bо’ladi:
yoki

















Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg’armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg’armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining о’sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir.


Keynschilar fikriga kо’ra, S=I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. Chunki investorlar va jamg’aruvchilarnnig rejalari о’zaro mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat tо’g’ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashi shart.



Download 343.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling