Milliy iqtisodiyotni turli sohalarida internet blokcheyn texnologiyasidan samarali foydalanish yo’lari
Download 60.23 Kb.
|
mustaqil ish j
Milliy iqtisodiyotni turli sohalarida internet blokcheyn texnologiyasidan samarali foydalanish yo’lari Reja: Kirish: Blokcheyn texnologiyasi tushunchasi va uning huquqiy maqomi Intellektual mulk siyosatida blokcheyn texnologiyalarining qo’llash istiqbollari Blokcheyn texnologiyalari vositasida tuziladigan shartnomalar va ularni bajarish muamollari Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar: Kirish
Bugungi kunda blokcheyn texnologiyalari yangi inovatsion texnologiya yo‘nalishi bo‘lishiga qaramasdan bir qator ijtimoiy sohalarga kirib borib, o‘z o‘rnini egallagan. Insonlarning intellektual ijodi mahsuli yaratilishining jadallashishi bilan bir qatorda, ulardan foydalanish, muhofazasini ta’minlash masalasi ham dolzarblashib bormoqda. Qolaversa, internet tarmog‘ining jamiyatimiz hayotida kirib kelishining takomillashishi oqibatida ma’lumotlar olish, axborot almashish hamda mulkka bo‘lgan huquqlarning ruxsatsiz foydalanish ham oshib bormoqda. Ushbu holatda yaratilayotgan intellektual mulk obyektlarini shaffof, ishonchli himoyasini tashkillashtiruvchi texnologiyalarga talab ortib bormoqda. Sababi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda, ularni fuqarolik huquqiy munosabatlar muomalasiga tatbiq etishda, ularning muhofazasi, nazorati va himoyasini ta’minlashda bir qator texnik usullarni amalda qo‘llanilishi bugungi kunda barchamizga ma’lum. Hozirgi kun jamiyatining yashash sharoitlarini yengillashtirish vositasi sifatida qaralayotgan internet tarmog‘i o‘z o‘rnida, intellektual mulk siyosatida yaratilgan obyektlarni muhofazasini ta’minlashda ishonchlilik nuqtai nazaridan emas, balki, ularning muhofazasini buzilishiga sababchi bo‘layotganligini kuzatishimiz mumkin. Avvalombor, “blokcheyn” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “bloklar zanjiri” ma’nosini anglatadi. Boshqa bir adabiyotda keltirilgan ta’rifga asosan, “Blokcheyn – bu markazlashtirilmagan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u o‘zida undan ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilar ma’lumotlari (o‘tkazmalari) haqida ma’lumotlarni alohida “zanjir” shaklida saqlash imkonini beradi”1. Angliya bankining fikricha, “blokcheyn – bu bir-birini bilmaydigan insonlarga ishonchli tarzda va birgalikda foydalanish imkonini beradigan texnologiyadir”2. Bir so‘z bilan aytganda, Blokcheyn – ma’lum qoidalar asosida tuzilgan ma’lumotni o‘z ichiga olgan bloklarning doimiy ketma-ket zanjiridir. Shu o‘rinda, blokcheyn texnologiyasi bilan bog‘liq, uning faoliyatini tashkil etishdagi asosiy tushunchalarga, ya’ni mazkur texnologiyalarni ushbu tushunchalardan ayro ravishda tasavvur etishning imkoniyati mavjud emasligidan kelib chiqqan holda, aniqlik kiritib ketishimiz maqsadga muvofiqdir. Ta’kidlangani kabi, blokcheynni tizimlashtirilgan reyestrlar texnologiyasi sifatida ham atashadi, sababi bir qator mustaqil foylanuvchilar tomonidan zanjir ko‘rinishida ma’lumotlar saqlash imkoniyati mavjud. Xatto, virtual kompyuterlardan biri ishdan chiqib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda ham tizimga kiritilgan ma’lumotlar yo‘qolmaydi, ya’ni saqlanib qolinadi. Shu bilan bir qatorda, e’tiborimizni asosiy tushunchalarga qaratadigan bo‘lsak, birinchi asosiy tushuncha – bu aktiv. Aktiv tushunchasi ostida, qardli, muhim ma’lumotlarni tushunishimiz lozim. Misol uchun, pul, mol-mulk, qimmatli qog‘ozlar, axborotlar. Aktivlar ashyoviy: uy, mashina ko‘rinishida yoki butunlay raqamlashtirilgan holda ham bo‘lishi mumkin. Keyingi asosiy tushuncha – bu tranzaksiya hisoblanadi. Aktivlarni bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazish jarayoni tranzaksiya deb ataladi. Masalan, A shaxs o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ashyoni B shaxsga sovg‘a qilmoqchi yoki sotmoqchi bo‘ldi. A shaxs tomonidan ushbu jarayonning amalga oshirilishi tranzaksiya deb ataladi. Tranzaksiyada fakat ashyoni berish emas balki unga bo‘lgan mutlaq mulk huquqini ham berilishi mumkin. Navbatdagi tushuncha – bu tranzaksiyalarni hisobga olishdir. Tranzaksiyalarni hisobga olish o‘z o‘rnida bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tgan barcha aktivlar yoki aktivlarga bo‘lgan mulk huquqlarini qayd etish hisoblanadi. Masalan, A shaxs chet davlatda bo‘lgan B shaxs do‘stiga tegishli miqdordagi summani o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Bank emitentlari tizimi bilan bog‘liq muammolar, xakerlik atakalari, firibgarlik va boshqa bir qator vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalar o‘tkazmalarning o‘zgarishi yoki yo‘qolishiga sababchi bo‘lishi mumkinligi barchaga ayon holatdir. Bu kabi operatsiaviy holatlardanning oldini olish mumkin emas, sababi barcha ma’lumotlar va jarayonlar bitta markaziy tizimda saqlanadi. Biroq blokcheyn texnologiyasi bu kabi holatlarning vujudga kelishini qisqartiradi, sababi ushbu texnologiya taqsimlangan reyestr asosida ishlaydi. Taqsimlangan reyestr – ma’lumotlarning bitta tashkilotning reyestrida saqlanmasligidi namoyon bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarning nus'halari bir vaqtning o‘zida internet tarmog‘i orqali ulangan virtual kompyuterlarning sonidan qat’i nazar yangilanadi. Blokcheyn texnologiyasida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar reyestrini o‘z o‘rnida qalbakilashtirib bo‘lmasligi bilan ham xarakterlanadi. Kompyuterlarda saqlanayotgan ma’lumotlar barcha foydalanuvchilarda to‘liq va ishonchli bo‘lishida, blokcheyn texnologiyasida konsensus tushunchasini tatbiq etishgan. Bir qator foydalanuvchilar agar kompyuterlari o‘chirilgan bo‘lsa ham, agar ular tomonidan kiritilgan ma’lumotlar haqiqiy bo‘lmasa, ishonchsiz ma’lumotlar foydlanuvchilarda aks etmaydi hamda kompyuterlarning ishlash faoliyatiga ta’sir qilmaydi. Konsensus jarayoni, ya’ni rozlikni olish bosqichi, haqiqiy ma’lumotlarni tiklashdir. Blokcheyn texnologiyasida barcha ma’lumotlarning tranzaksiyasilari haqidagi axborotlar bitta blokka joylashtiriladi. Blok – bu taqsimlangan reyestrda amalga oshirilgan tranzaksiyalar haqidagi qaydlar hisoblanadi. Unda, bir shaxs boshqa shaxsga qancha miqdordagi aktivlar o‘tkazmalari aks etgan bo‘ladi. Barcha bloklar o‘z o‘rnida bitta zanjirga ulangan bo‘ladi. Blokcheyn zanjiri uzilmasdir, sababi har bir blok oldingi blokka havola qiladi. Bloklarn o‘zgartirib yoki o‘chirib bo‘lmaydi, faqat unga yangi bloklarni qo‘shish mumkin. Ushbu holat bilan, har qanday holatda muayyan aktivlarning o‘tkazmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tarixini tiklab, uning olgingi egasini aniqlash imkoniyati mavjud. Blokcheyn zanjiridagi bloklarni maynerlar ko‘shishadi. Mayner blokcheynda bir qator funksiyalarni amalga oshiradi: • Blokcheyn nusxalarini saqlaydi, shu bilan bir qatorda ma’lumotlarni yo‘qolishidan yoki qalbakilashtirilishidan himoya qiladi; • Tranzaksiyalarni tasdiqlaydi; • Boshqa maynerlar tomonidan kiritilgan tranzaksiyalarni tekshiradi. Qoidaga ko‘ra, maynerlarning soni cheklanmagan. Maynerlar soni ko‘p bo‘lishi, tizimning ishonchliligini taqozo etadi. Har qanday shaxs mayner bo‘la olishi mumkin. Buning uchun ularga ixtisoslashtirilgan kompyuterlar hamda dasturiy ta’minot kerak. Maynerlarni yangi tranzaksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlashiga mukofot olishadi. Mukofot sifatida bloklarda qayd etilgan tranzaksiyalardan kelib tushuvchi kommision to‘lovlar namoyon bo‘ladi. Muayayan algoritm asosida tizim mukofotlarni taqsimlaydi. Mukofotni olish uchun ta’kidlangani kabi maynerlar tomonidan muayyan masalani yechishi kerak. Qaysi mayner birinchi bo‘lib matematik masalani yechadigan bo‘lsa, omadli hisoblanib, birinchi bo‘lib tranzaksiyalarni tizimga joylashtiradi. Bu esa o‘z navbatida, maynerlarning kompyuterlarining ishlash tezligiga bog‘liq hisoblanadi. Olingan mukofotlar tegishli tartibda virtual hamyonga mukofot tegishli tartibda tushadi. Mavjud masalalarni yechish jarayoni alohida bir fan doirasida o‘rganilib, ushbu fan – kriptografiya deb ataladi. Shifrlash tushunchasi ham blokcheyn texnologiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Kriptografiyani metodlaridan biri ham shifrlash hisoblanadi. Blokcheyn tizimida foydalanuvchilar o‘rtasida amalga oshirilgan aktivlarning tranzaksiyalarini tegishli kriptografik kalitlar, ya’ni maxsus noyob raqamli kalitlar orqali amalga oshiriladi. Raqamli kodlarning ketma-ketligini bilib olish deyarli imkonsiz hisoblanadi. Ushbu holat o‘z o‘rnida blokcheyn texnologiyalarni bu turdagi texnologiyalar ichida yaxshilardan biri bo‘lishiga olib keladi. Tranzaksiyalar amalga oshirilayotganda virtual hamyonni internetga ulangan holda ishlatish, qolgan vaziyatlarda internet tarmog‘idan o‘chirilgan holda saqlash tavsiya etiladi, bu esa o‘z navbatida ma’lumotlarni xakerlar atakasidan muhofaza etishiga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda, texnologiyaning intellektual mulk himoyasidagi axborotlarni saqlashida, ishlash tartibiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bir necha bora aytilganidek, blokcheyn (bloklar zanjiri) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, unda ma’lumotlar saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan bo‘ladi. Ushbu zanjirlar, ya’ni bloklar doimiy ravishda o‘sib boradi va uning o‘sib boruvchi ro‘yxati tizimda saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisiga va bundan oldingi blokka havolaga ega bo‘ladi. Shifrlashni qo‘llash shuni kafolatlaydiki, foydalanuvchilar nafaqat ularsiz faylga yozuv kiritish imkoni bo‘lmagan yopiq kalitlar mavjudligi ma’nosida «egalik» qiladigan bloklar zanjirlari qisminigina o‘zgartirishi mumkin. Bundan tashqari, shifrlash barcha foydalanuvchilarda bloklar taqsimlangan zanjirlari nusxalarini sinxronlashtirishni ta’minlaydi. Ba’zida blokcheyn texnologiyasi «qadriyatlar interneti» deb ataladi. Bloklar orasidagi aloqa nafaqat raqamlash bilan balki, har bir blokda o‘zining va o‘zidan oldingi blokning xesh qiymati bilan ta’minlanadi. Blokdagi ma’lumotni o‘zgartirish uchun keyingi barcha bloklarni tahrirlash kerak bo‘ladi. Ko‘pincha blok zanjirlarining nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli kompyuterlarda saqlanadi. Bu esa o‘z navbatida bloklarga o‘zgartirish kiritishni qiyinlashtiradi. O‘z o‘rinda, blokcheyn bir qator mutaxassilar tomonidan kelajak texnologiyasi sifatida qaralib, uning asosiy vazifasi tizimlashtirilgan ma’lumotlarni saqlashdan iborat. Ushbu texnologiya bir so‘z bilan aytganda, markazlashtirilmagan ma’lumotlar ba’zasi hisoblanib, mazkur texnologiyadan o‘tgan foydalanuvchilarning ma’lumotlari yoki o‘tkazmalarini o‘zida zanjir ko‘rinishida saqlaydi. Mazkur texnologiya o‘z o‘rnida, minglab virtual kompyuterlarni jamlagan bo‘lib, foydalanuchilar ushbu o‘zlari uchun alohida yaritilgan tegishli kalit bilan tranzaksiyalarini amalga oshiradilar. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil avgust oyining o‘rtalarida, mazkur texnologiya, ya’ni blokcheyn hamyoniga ega bo‘lgan 75.6 milliondan ortiq foydalanuvchi butun dunyo bo‘ylab ro‘yxatga olingan. Bugungi kunda blokcheyn texnologiyalari yangi innovatsion texnologiya yo‘nalishi bo‘lishiga qaramasdan bir qator ijtimoiy sohalarga kirib borib, o‘z o‘rnini egallagan. Insonlarning intellektual ijodi mahsuli yaratilishining jadallashishi bilan bir qatorda, ulardan foydalanish, muhofaza hamda himoyasini ta’minlash masalasi ham dolzarblashmoqda. Qolaversa, internet tarmog‘ining jamiyatimiz hayotida kirib kelishining takomillashishi oqibatida ma’lumotlar olish, axborot almashish hamda mulkka bo‘lgan huquqlarning ruxsatsiz foydalanish ham oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda, blokcheynning intellektual mulk obyektlarini muhofazasidagi ahamiyati doirasiga aniqlik kiritishimiz lozim. Intellektual mulk obyektlari – bu o‘z o‘rnida intellektual faoliyat natijasi hisoblanib, o‘z ichida quyidagi turlari mavjud, jumladan: • Fan, adabiyot va san’at asarlari (O‘zRes FK 60-bob); • Ijrolar, fonogrammalar, eshittirish-ko‘rsatish tashkilotlarining eshittirishlari va ko‘rsatuvlari (O‘zRes FK 61-bob); • Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar ba’zalari (O‘zRes FKning 1042-moddasi); • Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari (O‘zRes FK 62-bob); • Seleksiya yutuqlari (O‘zRes FK 63-bob); • Oshkor etilmagan axborotlar, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-hau) (O‘zRes FK 64-bob). Shuni ta`kidlash kerakki, ushbu yo`nalishlar bo`yicha mamlakatimizda alohida qonun hujjatlari ham qabul qilingan. Intellektual mulk huquqining obyektlaridan biri hisoblanmish mualliflik huquqi va turdosh huquqlar doirasida, ularinng muhofazasi va himoyasini ta’minlashning bir qator kamchiliklari mavjud bo‘lib, amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar muayyan tartibda u yoki bu davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi majburiy qilib belgilab qo‘yilmagan. Bu esa o‘z o‘rnida, nizolarning vujudga kelishi, shaxsning aql-idroki faoliyatining natijasi hisoblanmish obyektlarining muhofasini tegishli tartibda ta’minlanmasligiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda, milliy qonunchiligimizga binoan, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunining 63-moddasida, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarini himoyalashning texnik vositalari ko‘rsatilgan. Ushbu normaga asosan, asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan foydalanishni nazorat qiluvchi, muallif, turdosh huquqlar egasi yoxud asarlarga yoki turdosh huquqlar obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarning boshqa egasi tomonidan ruxsat etilmagan harakatlar amalga oshirilishining oldini oluvchi yoki ularni cheklovchi har qanday texnik qurilmalar yoxud ularning tarkibiy qismlari mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qiluvchi texnika vositalari deb e’tirof etiladi deb belgilangan. Ushbu normadan ko‘rinib turibdiki, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qiluvchi texnik vositalarning u yoki bu ko‘rinishi yoxud turi aniq mustahkamlanmagan. Shu bilan bir qatorda, hozirgi kunda, intellektual faoliyat natijasida yaratilgan asarlarning buzilishi, ta’kidlangani kabi, internet, ommaviy axborot vositalari yoxud u yoki bu ko‘rinishdagi axborot olish vositalari orqali buzilayotganligi barchamizga ayon. Xususan, intellektual mulk obyektlaridan muallif ruxsatisiz foydalanish: plagiat, noqonuniy savdo, kontrafakt mahsulotlarni onlayn ko‘rinishda tirojatlashtirishda aks etmoqda . Telekommunikatsiya tarmoqlarida ham intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqbuzarliklar sodir etilishini inobatga olgan holda, olimlar tomonidan, telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik huquqini himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlarni xalqaro standartlar asosida yuritishni amalga oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish lozimligini ta’kidlashadi. Ular jumlasiga: – mualliflik huquqidagi shartnomaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish; – mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni jamoaviy boshqarish institutini takomillashtirish; – mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning yangi obyektlarini huquqiy muhofaza qilishning yangi tartiblarini joriy etish; – mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish; – xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan choratadbirlar dasturini yaratish kabi usullar kiradi. Shuningdek, mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlikni belgilash bo‘yicha tajribasi hamda bugungi kunda telekommunikatsiya tarmog‘i orqali sodir etilayotgan mualliflik huquqini buzish holatlari keng uchrayotganligi bu yo‘nalishdagi amaldagi jinoyat qonunchiligimizda nazarda tutilgan normalarni qaytadan ko‘rib chiqish va uni jahon tajribasidan kelib chiqib, muvofiqlashtirish talab etiladi. Xususan, Jinoyat kodeksida mualliflikning o‘zlashtirilgani uchun hamda mualliflikhuquqi va turdosh huquqlarning buzilganligi uchun alohida moddalarni kiritish lozim. Shu bilan birga, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik choralarini oshirish lozim. Blokcheyn texnologiyasi, shu o‘rinda, telekommunikatsiya tarmoqlarida intellektual mulk obyektlarini muhofazasi va himoyasini ta’minlashda, uchinchi shaxslar tomonidan muallif ruxsatisiz foydalanishni cheklashga, oldini olishga xizmat qiluvchi vositadir. Mazkur texnologiyaning eng muhim jihati undagi raqamli ma’lumotlarni buzilmasligi bilan xarakterlanadi hamda an’anaviy ma’lumotlar bazasi bilan blokcheyn o‘rtasidagi asosiy farq – blokcheynda ma’lumotlar yagona markazga to‘planmaydi. Mazkur texnologiyada ma’lumotlar almashinuvi tezligi va aniqligi hamda markaziy saqlash tizimi mavjud bo‘lmasligi bilan ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish karantin sharoitlari bilan bog‘liq vaziyatda juda ommalashib, ularga bo‘lgan talab keskin oshib ketdi. Bu yo‘nalishda albatta xavfsizlik va himoya nuqtai nazaridan tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish talab etiladi. Huquqni himoya qilish uning muhofaza qilinishi va ta’minlanishining eng muhim omillaridan biridir. Amaliyotga ko‘ra, har qanday huquq himoya qilish mexanizmi bilan mustahkamlangan bo‘lsagina, uni amalga oshirish mumkin. Bevosita, blokcheyn texnolgiyalarining, markazlashtirilgan saqlash tizimi mavjud bo‘lmasligiga qaramasdan, mazkur markazlashtirilmagan bazada doimiy ravishda o‘sib boruvchi bloklarning, ya’ni tizimlashtirilgan ro‘yxat saqlanadi Ushbu bloklari o‘z ichida oldingi blokning yartilganligi vaqtiga va mavjud blokka havolalari mavjul bo‘ladi. Yangi yozuvlar, tizim foydalanuvchilarining ko‘pchilik ovozi bilan maqullangan holdagina kiritiladi hamda oldin muayyan vaqtda kiritilgan axborot o‘zgartirilishinig hamda tizimdan o‘chirilishining imkoni mavjud emas. Blokcheyn tizimida axborot almashinuvi reyestr foydalanuvchilari tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi. Shu sababli, tizimda blok zanjirlarining nusxalari saqlanadi. Ushbu texnologiyaning asosiy vazifasi axborotni saqlash uslubi bo‘lganligi sababli, blokcheynda har qandan turdagi axborotlar, shu o‘rinda, raqamli va raqamlashtirilayotgan ma’lumotlar zanjir ko‘rinishida saqlanishi mumkin. Bir so‘z bilan blokcheyn texnologiyalari axborot texnologiyalarini saqlashning revolyutsiyasining boshlanishi deb baholanishi mumkin. Blokcheyn texnologilari o‘z o‘rnida ma’lumotlarning saqlanishining samaraliligi va xavfsizliligi nuqtai nazaridan jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu texnologiyaning axborotlarning saqlanishini ta’minlanishiga nisbatan tatbiq etilishi bir qator afzalliklarga sababchi bo‘ladi, xususan: Download 60.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling