Milliy iqtisodiyotni turli sohalarida internet blokcheyn texnologiyasidan samarali foydalanish yo’lari


Download 60.23 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi60.23 Kb.
#1619366
1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil ish j

Birinchidan, blokcheyn texnologiyalarini davlat tomonidan samarali tartibga solish, Blokcheyn orqali tuziladigan aqlli shartnomalar ishtirokchilari oʻrtasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan reglamentatsiya qilish maqsadida maxsus normativ-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqish hamda mazkur sohaga aloqador boʻlgan mavjud huquqiy-xujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish kerak. Chunki, koʻplab afzalliklariga qaramay, Blokcheyn orqali tuziladigan aqlli shartnomalarni tartibga soluvchi normalar qonunchilik doirasida mustahkamlab qoʻyilmaganligi undan nafaqat fuqarolik-huquqiy munosabatlar sohasida, balki davlat boshqaruvining barcha sohalarida yanada kengroq qoʻllanilishiga toʻsqinlik qilib kelmoqda.
Ikkinchidan, Blokcheyn orqali tuziladigan aqlli shartnomalardan foydalanishda, blokcheyn texnologiyasini koʻllashda yurisdiksiyani, yaʼni qaysi qonunchilik doirasida amalga oshirilishini belgilashning murakkab muammosini hal qilish zarurdir. Aniqrogʻi, bunday bitimlar markazlashtirilmagan blokcheyn tizimida ijro etilishini hisobga olsak, shartnomani rasmiylashtirishning haqiqiy joyini va shunga mos ravishda tomonlar sudga murojaat qilishi mumkin boʻlgan joyni aniqlash qiyin boʻladi. Nazariy jihatdan, sud tomonlar bitim tasdiqlangan istalgan joyga shikoyat berishi mumkinligi xususida qaror qilishi mumkin. Bu holatda, dunyo boʻylab joylashgan minglab tarmoqlar mavjudligini hisobga olsak, taraflar dunyoning istalgan yerida sudga tortilishi mumkin boʻladi. Ushbu muammoni hal qilish – prorogatsion havola(shartnomada ushbu bitim kelishuvi bilan bogʻliq nizolar qaysi sud organida, shu qatorda qaysi mamlakatda koʻrib chiqilishini belgilab beradigan havolani belgilash zarur. Ushbu havolada tomonlar har qanday nizolarni bitta muayyan yurisdiksiyada hal qilishga rozi ekanliklarini koʻrsatishi mumkin boʻladi.
Uchinchidan, agar shartnoma bilan bogʻliq muammolar yuzaga chiqsa, tomonlar yurisdiksiya muammosini hal etib, odatda, tuman yoki viloyat sudiga murojaat qilishadi. Bunday protsedura, juda qimmatga tushadi va bir oydan koʻproq davom etishi, shubhasiz. Ammo, agar tomonlar kelishib, nizolarni hal qilishning muqobil usullari toʻgʻrisidagi bandni qoʻshishsa, ular murosasizliklarni arbitraj orqali kelishishlari mumkin boʻladi. Bugungi hakamlarning aksariyati ushbu texnologiya haqida yetarli bilim va amaliyotga ega boʻlmasligi mumkin. Aynan, shartnomada hakamdan blokcheyn platformalari boʻyicha muayyan tajribaga ega boʻlishni talab qiladigan bandni kiritish ikkala tomon uchun ham foydali boʻlishi, tabiiydir.

Download 60.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling