Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning tuzilish
Boshqarma quyidagilarni bajarish majburiyatiga ega
Download 0.94 Mb.
|
Boshqarma quyidagilarni bajarish majburiyatiga ega:
boshqarma vakolatiga kiruvchi prognoz hisob kitoblar, tahliliy ma’lumotlar va boshqa materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlash; rahbariyat topshiriqlarini so‘zsiz bajarish; iqtisodiyot va uning tarmoqlari faoliyatining prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash va makroiqtisodiy tahlillar bo‘yicha rahbariyatga taqdim etish; ish yuritishda, ayniqsa nazorat hujjatlarini (1,2,3 Kartotekalar) yuritishda ijro intizomiga rioya qilish; o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish; boshqarma xizmatchilari nazorat qiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasining to‘liq va sifatli yuritilishini ta’minlash; yuqori malakali kadrlarni tanlash, keyinchalik ularning nomzodlarini Vazirlik rahbariyatiga taqdim etish. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish departamenti quyidagicha tarkibiy tuzilishiga ega: Makroiqtisodiy tahlil va iqtisodiyotning real sektorini prognozlashtirish yig‘ma Boshqarmasi; Iqtisodiyot tashqi sektorini prognozlashtirish va rivojlantirish Boshqarmasi; Tarkibiy o‘zgarishlar masalalari va rivojlanish strategiyalarini shakllantirsh Boshqarmasi; Soliq-byudjet va pul-kredit siyosati bo‘limi; O‘rta va uzoq muddatli kompleks rivojlantirish dasturlarini shakllantirirsh bo‘limi. “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi direktorining o‘rinbosarlari, shu jumladan birinchi o‘rinbosari hamda Markaz direktori va direktor o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri, uning o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri bilan kelishilgan holda; viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari — viloyatlar hokimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri bilan kelishilgan holda; tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va sanoat bo‘limlari boshliqlari — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari boshliqlari taqdimnomasiga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.”4 Xodimlarining cheklangan umumiy soni 70 birlikdan iborat Vazirlikning Ma’muriy binosidan foydalanish boshqarmasi byudjet tashkilotiga tenglashtiriladi. “2019 yil 1 fevraldan boshlab tovarlar (ishklar, xizmatlar) davlat xaridalari bo‘yicha texnik topshiriqlar narx ko‘rsatkichlarining o‘rtacha bozor darajasini o‘rganish natijalari bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar asosida shakllantiriladigan ularning cheklangan qiymatini belgilagan holda ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga taqdim etiladi. Kontraktlar, import kontraktlari va ularga qo‘shimcha kelishuvlar markazda majburiy ekspertiza va ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.”5 Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish departamenti tarkibiy tuzilishiga ko‘ra department 3 ta boshqarma va 2 ta bo‘limdan iborat. Departament yuqoridagi tarkibiy tuzilishga ko‘ra o‘z ishini olib boradi. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish departamenti vazirlikning eng asosiy departamentidan biri hisoblanadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling