Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunliklari. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining M. Porterning “raqobat ustunliklari brillianti”modeli asosida tahlili
Barqaror iqtisodiy o‘sishning muhim shartlaridan biri – uzoq muddatli istiqbolda eksportga yo‘naltirilgan emas, balki ichki iste’molni rivojlantirish hisoblanadi
Download 70.58 Kb.
|
milliy romb Uzbekiston Resp
Barqaror iqtisodiy o‘sishning muhim shartlaridan biri – uzoq muddatli istiqbolda eksportga yo‘naltirilgan emas, balki ichki iste’molni rivojlantirish hisoblanadi. M.Porter “ichki iste’mol bozorining hajmi mamlakatning muayyan tarmoqlar (yoki segmentlar) bo‘yicha raqobat ustunligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega, ayniqsa, ulkan hajmdagi ITTKI talab etadigan ilmtalab sohalar hamda texnologik almashinuv darajasi juda yuqori bo‘lgan sohalarda tovar evolyusiyasi va turli xatarlar darajasi juda yuqori bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda investitsiyalar bo‘yicha qaror qabul qilishda ulkan salohiyatga ega ichki bozor bo‘lishi ayniqsa muhimdir” [91,99]. SHubhasiz, O‘zbekiston bugungi kunda Markaziy Osiyoning salohiyatli ichki bozori hisoblanadi. SHu bilan birga, mamlakatdagi ichki talab raqobat ustunligini ta’minlashda juda zaif hisoblanadi. Mamlakatimizning ichki bozorida iste’mol talabi sifat jihatdan birmuncha past, aksariyat iste’molchilar tomonidan tovarlarning narx-sifat uyg‘unligiga qo‘yadigan talabi etarli emas. Ayniqsa, mamlakatimizdagi maishiy texnika buyumlariga bo‘lgan talab tahlil qilinganda bu holat yaqqol namoyon bo‘ladi. Buning asosiy sababi aholi daromadlarining pastligi (2017 yilda jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM 9340,8 ming so‘m yoki 1037,7 AQSH dollarini tashkil etgan) hisoblanadi[142].
Ichki talabni shakllantiruvchi asosiy kuch – jamiyatning o‘rta qatlamidir. O‘z davrida Aristotel ham jamiyatni tabaqalashtirishda aholining o‘rta qatlami to‘g‘risida ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, “barcha davlatning uchta elementi mavjud: birinchi toifa juda boy, ikkinchisi juda qashshoq, uchinchisi esa o‘rtacha. Eng yaxshisi uchinchi toifa va ushbu toifa soni qolgan ikkalasini birgalikda olganidan ko‘p sonli va kuchli bo‘lgan davlatni boshqarish oson kechadi va unda jamiyat muvozanatiga erishiladi”. Aristotel o‘rta toifani jamiyatning kamida 1/3 qismini, ya’ni o‘rtacha 30% bo‘lishini zaruriy deb hisoblagan[76]. Zamonaviy iqtisodiy nazariyalarda “o‘rta qatlam” tushunchasi jamiyatning taraqqiy etish darajasi bilan izohlanadi. O‘rta qatlamning shakllanishi jamiyat taraqqiyoti, uning stratifikatsiyasida ham aks etadi. Jamiyat qanchalik ko‘p qatlamli bo‘lsa, u shunchalik rivojlanganligi to‘g‘risida xulosa qilishmiz mumkin. Jamiyatning rivojlanganlik darajasi uchta muhim shart bilan izohlanadi: yashash uchun eng zaruriy shart-sharoitlarning mavjudligi, shaxsiy rivojlanish va erkinlik. Rossiya Federatsiyasida o‘rta qatlam tushunchasi aholining ijtimoiy-kasbiy statusiga bog‘liq bo‘lgan (1) oliy ma’lumotning mavjudligi/mavjud emasligi; (2) doimiy shug‘ullanadigan kasbga ega ekanligi/ega emasligi; (3) mehnatning xususiyati (jismoniy/aqliy) va (4) boshqaruvda ishtirok etish/etmasligi bilan aniqlanadi. SHu nuqtai nazardan ko‘pgina mamlakatlarda o‘rta qatlamga 21,9% uy xo‘jaliklarini kiritish to‘g‘ri bo‘ladi. Aholi o‘rtasidagi ijtimoiy so‘rov va doimiy shug‘ullanadigan faoliyatga ega ekanligiga ko‘ra esa 39,5% aholini ushbu toifaga kiritish mumkin bo‘ladi. 21,5% aholini esa boshqaruv faoliyatiga ma’lum darajada taalluqli deb hisoblash orqali o‘rta qatlamga kiritish mumkin. Ushbu guruhlar kesishuvidagi 7% aholi esa o‘rta qatlamning “yadrosi” hisoblanadi. Mamlakatimizda o‘rta qatlam “yadrosi” 8,3-8,6 % atrofida. AQSHda jamiyatning o‘rta qatlamiga ilmiy, muhandis-texnik xodimlar, quyi lavozimdagi ma’muriy-boshqaruv xodimlari, yollanma boshqaruvchilar, dehqon va fermer xo‘jaliklari, xizmatlar sohasida ishlovchilar kiritiladi[114]. Mamlakatimizda jamiyat boshqaruvining noyob tajribasi hisoblangan mahalla fuqarolari yig‘inlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashda, daromadlar kesimida tabaqalanishi bo‘yicha eng ishonchli ma’lumotlar manbasi hisoblanadi. Aholining ijtimoiy tabaqalashuvi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 2015 yilda mamlakatimizda o‘rta qatlam 71,4% ni, kam ta’minlanganlar esa 11,6% ni tashkil etgan. 2017 yilda esa o‘rta qatlam ulushi 76,9% ni tashkil etdi. Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda aholining turmush darajasi va sifati, o‘rta qatlam darajasi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan baholash ko‘rsatkichlariga mos kelmaydi. Mavjud uslubiy yondashuvlar ham ma’lum mamlakat yoki mintaqaning xususiyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilganligi, aholining turmush darajasi milliy xususiyatga bog‘liq holda turli mamlakatlarda turlicha ekanligi sababli o‘rta qatlamni aniqlashning umumtan olingan usuli mavjud emas. O‘zbekiston sharoitida o‘rta qatlam soni va ulushini aniqlashda har tomonlama yondashuvlarga asoslangan integral ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, uy xo‘jaliklari o‘rtasida o‘tkaziladigan iste’mol sarflari, uy-joy bilan ta’minlanganlik, savodxonlik va oliy - kasbiy ma’lumot darajasi hamda shaxsiy mulkka egalik darajasini aniqlashga asoslangan ijtimoiy so‘rov natijalariga tayanish maqsadga muvofiq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkichlar “ijtimoiy standart” vazifasini bajaradi. Tadqiqotlar natijasida yuqoridagi integral ko‘rsatkichlar kesimida o‘rta qatlam ulushi tahlil qilindi. Tahlil natijalari quyidagi ko‘rinishga ega: 1. Iste’mol sarflari darajasi. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tavsiyasiga ko‘ra, Osiyo mintaqasi kunlik iste’mol me’yori 4 -10 AQSH dollari darajasida bo‘lishi etarli hisoblanadi. CHunki ushbu mintaqada milliy xususiyatdan kelib chiqqan holda un va un mahsulotlari, guruch va undan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol ulushi katta hisoblanadi. SHunga ko‘ra, 2016 yilda o‘rta qatlamga 30% uy xo‘jaliklari, 2017 yilda esa 42% uy xo‘jaliklari kiritilgan. 2. Uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi. O‘rta qatlamning muhim belgilaridan biri aholining yashash uchun o‘z uy-joyi bo‘lishidir. Har bir oila a’zosi uchun 16 m2 maydon zaruriy hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2017 yilda mamlakatimiz aholisining 54% i, 2030 yilga borib esa 76% uy-joyga ega bo‘ladi va o‘rta qatlamning “yadrosi”ni tashkil qiladi. 3. Savodxonlik va oliy-kasbiy ma’lumot darajasi. Har bir oilada kasbiy ta’lim olgan yoki oliy ma’lumotli a’zolar soni bilan izohlanadi. Mamlakatimizning ta’lim tizimi hamda demografik vaziyatdan kelib chiqqan holda 2005-2016 yillarda bitiruvchilarning 99% o‘rta maxsus ta’lim va kasb-hunar kollejlariga qamrab olindi. Natijada 2016 yil ushbu ko‘rsatkich 88,7%, 2017 yil 95,8% tashkil qildi. 4. Ijtimoiy-kasbiy status. Aholining doimiy shug‘ullanadigan kasbga ega ekanligi bilan izohlanadi. Ushbu ko‘rsatkich aholining ish bilan bandlik ko‘rsatkichlari asosida shakllantiriladigan integral ko‘rsatkich bo‘lib, 2016 yilda uy xo‘jaliklarining 51,8% i, 2017 yilda 54,6% i o‘rta qatlamga kiritilgan. Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlab beruvchi asosiy soha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, agrar sohada fermer va dehqon xo‘jaliklari hisoblanadi. 5. Mulkka egalik darajasi. Bu aholining maishiy turmushda foydalanadigan shaxsiy va xususiy mulki bilan bog‘liq bo‘lib, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar kesimida tahlil qilinadi. Uy xo‘jaliklarining uzoq davr foydalaniladigan maishiy tovarlar iste’moli tahlil qilinganda kelgusida hal etilishi dolzarb hisoblangan shahar va qishloq aholisi o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlar saqlanib qolayotganligiga, boshqa tomondan ichki bozorning ko‘pgina segmentlari talabi hozirgacha etarli darajada qondirilmaganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin (20-jadval). 20-jadval Download 70.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling