Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunliklari. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining M. Porterning “raqobat ustunliklari brillianti”modeli asosida tahlili
Uy xo‘jaliklarining uzoq davr foydalaniladigan maishiy tovarlar iste’moli tahlili
Download 70.58 Kb.
|
milliy romb Uzbekiston Resp
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-jadval O‘zbekistonda o‘rta qatlamni aniqlashga qaratilgan turli usullar tahlili
- Uslubiy yondashuvlar Tahlil uslubi ulushi, %
Uy xo‘jaliklarining uzoq davr foydalaniladigan maishiy tovarlar iste’moli tahlili (100 ta uy xo‘jaligiga nisbatan).
Keyingi yillarda ushbu ko‘rsatkichlarning sezilarli darajada ijobiy o‘zgarishi kuzatildi. Buning asosiy sababi mamlakatda ichki iste’molning ortib borayotganligi, qayta moliyalashtirish stavkasining pasaytirilganligi, bank kreditlarining ommabopligining ta’minlanayotganligi hamda o‘rta qatlamning kengayib borayotganligidir. 2016 yilda aholining uzoq davr foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanganlik darajasi 82% ni, 2017 yilda 87,8% tashkil qilgan. Bu shuni anglatadiki, aholining 88 % hech bo‘lmaganda bitta engil mashina, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, televizor yoki shaxsiy kompyuterga ega. 21-jadval O‘zbekistonda o‘rta qatlamni aniqlashga qaratilgan turli usullar tahlili
Xulosa qilib aytganda O‘zbekiston aholisining 60-65% i o‘rta qatlamga taalluqli bo‘lib, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, jamiyatni modernizatsiya qilish hamda ichki iste’mol bozorini rivojlantirishda ulkan salohiyatga ega. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash ichki iste’molni rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligiga erishishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: – jamiyatning ijtimoiy tuzilmasini muntazam ravishda tadqiq qilib borish, erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish, jamiyatning o‘rta qatlamini shakllantirish va mustahkamlash; – ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj aholi qatlamini himoya qilish bilan bog‘liq ishlarni izchil davom ettirish; – yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rag‘batlantirish orqali o‘rta qatlam ulushini oshirib borish, kam ta’minlangan uy xo‘jaliklarining o‘rta qatlamga transformatsiyalashuvini jadallashtirish; – mulkdorlar sinfini takomillashtirish, aholining uzoq muddat foydalanadigan maishiy tovarlar, zamonaviy turar joy va maishiy buyumlar bilan ta’minlanganlik darajasini muntazam ravishda oshirib borish; – aholining o‘rta qatlamini hisobga olish va tahlil qilishning statistik hisobini takomillashtirish; – 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ushbu vazifalarni ko‘zda tutish hamda o‘rta qatlam “yadrosi”ni 60% etkazish. Qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlarning mavjudligini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda klasterlarni tashkil qilish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashda davlat tomonidan sezilarli tashabbus ko‘rsatilmoqda. Bu tashabbus ayniqsa turli universitet va ularning filiallari, ilmiy markazlar, qo‘shma dasturlar asosida xorijiy ta’lim muassasalari va ularning filiallari ochish; ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, shu bilan birga maxsus erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishda namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimizda Namangan (1) Samarqand (1), Farg‘ona (2), Navoiy (1), Surxondaryo (1), Qoraqalpog‘iston (1), Jizzax (1), Xorazm (1), Toshkent (6), Sirdaryo (1) viloyatlarida jami 17 ta erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda innovatsion tarmoqlarning amaliy ifodasi raqobatbardosh sanoat klasterlarini tashkil qilish bilan amalga oshmoqda. Raqobatbardosh sanoat klasterlarini tashkil qilish milliy sanoat siyosati va davlatning xususiy sektor bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan tashabbusning asosini tashkil qilmoqda. Ichki va tashqi bozordagi kuchli raqobat o‘zaro ekspansiyani vujudga keltiradi. Klasterlardagi firmalar uzviy aloqalar samarasi natijasida umumiy tijorat g‘oyasini ro‘yobga chiqarib ichki va tashqi bozorda ustunlikni saqlab qoladilar. Biroq, klasterlarda ishtirokchilarning o‘z mustaqilligini yo‘qotish va yangi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda faollikni qo‘ldan boy berish xatarini paydo bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish uchun ichki va jahon bozorida o‘z kuchi va raqobatbardoshligini namoyon qila olgan ishbilarmonlik markazlarida yaratiladigan klaster strategiyalari qo‘llaniladi. Bunda barcha tadbirlar mavjud klasterlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro shartnomaviy munosabatlar asosida yangi kompaniyalar tarmog‘i va zanjirini tashkil qilishga qaratiladi[100]. Mamlakatimiz hududlarining raqobatbardoshligini oshirish ayrim tarmoqlar darajasida emas, balki geografik jihatdan firma, kompaniya, ta’minotchilar, aloqador tarmoqlar, institutlarni o‘zida birlashtirgan klasterlarda amalga oshirilishi bugungi davr talabiga aylanib ulgurdi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohatlarning muhim yo‘nalishlaridan biri mineral-xom ashyo resurslari va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy korxonalar yaratish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etishga qulay sharoitlarni yuzaga keltirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga, saqlash va qadoqlashga ixtisoslashgan sexlar, to‘qimachilik, gilamdo‘zlik, poyabzal ishlab chiqaruvchi fabrikalar, farmatsevtika, oziq-ovqat, qurilish materiallari va avtomobil sanoati korxonalarini tashkil etish asosida mazkur sohalar o‘rtasida qo‘shimcha qiymat yaratadigan xizmat ko‘rsatish tarmoqlari (agroservis klasteri, savdo-umumovqatlanish klasteri, ijtimoiy xizmatlar klasteri) klasterini hamda yaqin istiqbolda elektron sanoati, rangli metallurgiya, farmatsevtika, to‘qimachilik klasterlarini shakllantirish maqsadga muvofiq[96, 95-99]. Klasterlarni rivojlantirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini keltirishimiz mumkin: 1. Klasterlarni tashkil qilish va rivojlantirish uchun mavjud shart-sharoitlarni mustahkamlash va yaxshilash. Bunda intellektual mulk muhofazasi, sanoat namunalari, patent va ixtirolarni himoyalash, ro‘yxatga olish, mahsulot va xizmatlar sifatini nazorat qilish va sertifikatlash, tashqi savdoni nazorat qilish, monopoliyaga qarshi kurashish va raqobatni qo‘llab-quvvatlash, soliq siyosati, davlat xaridlarini samarali boshshqarish va boshqalar ko‘zda tutiladi. Masalan, mamlakatimizda biotexnologiya klasterini tashkil qilishdagi asosiy g‘ov biofarmatsevtika va dori vositalarini ro‘yxatga olish ishlarining xalqaro xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha standartlarga mos kelmasligidir. 2. Muvaffaqiyatni ta’minlovchi asosiy omillarni rivojlantirish. Bunda ayrim firma va kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirish, qulay tadbirkorlik muhitini yaratish, klaster ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro aloqa va shartnoma munosabatlarini rag‘batlantirish ko‘zda tutiladi. Ushbu omillar klasterlar muvaffaqiyat omillarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan vositalaridan iborat. 3. Klaster tashabbusini amalga oshirish. Bunda asosiy vositalar klaster tashabbusini, ya’ni alohida klasterlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi (22-jadval). Download 70.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling