Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunliklari. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining M. Porterning “raqobat ustunliklari brillianti”modeli asosida tahlili


-jadval Klasterlar rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va vositalari


Download 70.58 Kb.
bet4/5
Sana25.03.2023
Hajmi70.58 Kb.
#1295852
1   2   3   4   5
Bog'liq
milliy romb Uzbekiston Resp

22-jadval
Klasterlar rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va vositalari[97]

Omillar guruhi

Klasterlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar

Ayrim firma va kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirish

Kompaniyalar raqobatbardoshligi

– eksport imkoniyatlarini rivojlantirish (masalan, eksport konsorsiumlari);
– ishlab chiqarish jarayoni va operatsiyalarini takomillashtirish;
– mahsulot va xizmatlarning sifatini oshirish;
– yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish;
– ta’minot tizimini boshqarish

Klasterlar rivojlanishini rag‘batlantiruvchi tashqi shart-sharoitlarni yaxshilash

Ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish

– klaster uchun oliy va o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini takomillashtirish va ularning sifatini oshirish;
– malaka oshirishning ixtisoslashgan dasturlarini yaratish;
– klaster tarkibidagi korxonalarga talabalar amaliyotini joriy qilish.

ITTKI va tijorat faoliyatini yaxshilash

– klaster ishtirokchilariga ITTKI natijalarining ochiqligi va hammabopligi (masalan, konsultatsiya xizmatlari);
– hamkorlikdagi ITTKI joriy qilish;
– ITTKIning tijoratlashuvini rag‘batlantirish;
– yangi kompaniyalarga ko‘chmas mulklarni taklif etish (biznes inkubatorlar).

Moliyaviy resurslar

– kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabini qondirish va resurs manbalarining etarliligi.

Ma’muriy infratuzilmani takomillashtirish

– kompaniyalarni klasterlarda ro‘yxatga olishning soddalashtirilgan tizimini joriy qilish;
– tarmoq nazorati samaradorligini oshirish.

Turmush sifatini oshirish

Uy-joylarning hammabopligi

Xomashyo va ta’minot tizimini yaxshilash

– klasterga ta’minotchilarni jalb etish;
– ta’minotchilarning raqobatbardoshligini oshirish;
– klaster ishtirokchilari ishlab chiqargan mahsulotlardan jamoaviy foydalanish va harid qilish
– ta’minotchilarning boshqa mintaqalarga eksport qilish faoliyatini rag‘batlantirish;
– ta’minotchilar uchun ko‘chmas mulk, sanoat parklari va boshqa infratuzilmalari ajratish va barpo qilish.

Infratuzilmani yaxshilash

– transport infratuzilmasining adekvatligini oshirish;
– muqobil va ishonchli energetika infratuzilmasini yaratish;
– muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish;
– telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlantirish;
– ko‘chmas mulk va er resurslaridan foydalanish imkoniyati.

Klaster ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro aloqa va shartnoma munosabatlarini rag‘batlantirish

Ichki va tashqi hamkorlik va o‘zaro aloqalarni rivojlantirish

– ta’minotchilar doirasida hamkorlikni va aloqalarni kuchaytirish;
– ITTKI doirasida hamkorlikni va aloqalarni kuchaytirish, ta’lim dasturlarining tijoratlashuvini ta’minlash;
– Klasterning halqaro aloqalarini rivojlantirish;
– Klaster ishtirokchi va klasterlarni rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish.

SHunday qilib, klasterlarni qo‘llash bo‘yicha xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, klasterlarni tizimli yondashuv asosida tashkil qilish muayyan hududda qulay tadbirkorlik muhitini yaratish, hukumat va biznesning o‘zaro aloqa mexanizmini yaxshilash, mahsulotlar va korxonalar raqobatbardoshligini oshirish va axolining turmush darajasini oshirish imkonini beradi[95, 347-351].
Firmalar strategiyasi, tarkibi va ichki bozordagi raqobat muhiti milliy korxonalarning jahon bozoriga chiqishi, islohatlar jarayonida ularni texnologik jihatdan takomillashtirishga, ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga, kapitalning yuqori darajada konsentratsiyalashgan segmentlarda ularning tarmoq shaklida birlashishi, qo‘shilishi va yiriklashishiga imkon yaratadi.
Mustaqillik yillaridan buyon mamlakatimizdagi eng yirik hisoblangan 100 ga yaqin korxona to‘laligicha yangilanishga erishdi. Aksariyat milliy korxonalar xususiy sektorga taalluqli bo‘lsada, ichki bozorga yo‘naltirilgan ko‘pgina korxonalar faoliyatida mehnat samaradorligining pastligi hamda xodimlar qo‘nimsizligining yuqori darajasi saqlanib qolmoqda. Mehnat bozoridagi malakasi past ishchi kuchi ilmtalab texnologiyalarning keng tarqalishiga, raqamli iqtisodiyotni keng joriy etishga to‘sqinlik qiladi, chunki texnologik jihatdan yangilanish va raqamli iqtisodiyot mehnat bozorining ushbu segmentlari faoliyatini rag‘batlantirmaydi.
Tadbirkorlik faoliyatining sharq madaniyatiga xos uslubi va an’analarining saqlanib qolganligi ham mehnat sarfining juda yuqori darajada saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Bularning barchasi milliy korxonalarning raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatadi. Milliy korxonalarning raqobatbardoshligini ta’minlashda davlatning an’anaviy indikativ rejalashtirish mexanizmi saqlanib qolgan bo‘lib, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarida muhim strategik reja hisoblanadi. SHu boisdan ham mamlakat darajasida qabul qilingan indikativ reja (bizning misolimizda Harakatlar strategiyasi) nafaqat kichik korxonalar faoliyatini, balki yirik kompaniyalarning ham istiqbol ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Bu o‘z navbatida yirik kompaniyalarning “rejaga qaramlilik” kayfiyatini keltirib chiqaradi.

Download 70.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling