108
NAVRO‘Z – ENG QADIMIY,
ASL MILLIY BAYRAM
Aziz o‘quvchi, 7-sinfdagi darslarimizda sobiq sho‘rolar
davrida
xalqimizning milliy qadriyatlari,
jumladan, Navro‘z bayramini
el-yurtimiz xotirasidan o‘chirib tashlash uchun ko‘p
harakatlar
qilingani to‘g‘risida qisman to‘xtalgan edik. Ayniqsa, sho‘ro
tuzumi tanazzul yoqasiga kålib qolgan o‘tgan asrning 80-yillari
davomida bu salbiy xurujlar nihoyatda avjiga chiqdi, Navro‘zga
qarshi «urush e’lon qilindi».
Bu bayramga otilmagan tuhmat
toshi qolmadi. Jumladan, uni diniy bayram dåguvchilar ham,
fåodalizmning qoloq odatlarini ulug‘lovchi marosim,
deb atagan-
lar ham, uning o‘rniga «Navbahor» nomli sho‘rocha bayram tash-
kil etishni taklif etganlar ham topildi.
Odamlar bayramning tansiq
taomi dåb pishirayotgan sumalak to‘la qozonlarni, halimlarni
sho‘ro hukumati vakillari yårga, xandaqlarga to‘ktirib tashlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: