Milliy istiqlol


Navro‘z – tansihatlik bayrami


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Navro‘z – tansihatlik bayrami.
Yilning bu pallasida tayyorlanadigan tabiiy va to‘yimli taomlar
qishning uzoq va ilikuzdi tunlaridan eson-omon chiqib olgan
inson vujudi uchun koni shifodir. Xalqimizning uzoq yillik
pazandalik madaniyati yilning ayni shu davri uchun darmondo-
rilarga mo‘l shunday taomlar ixtiro qilgani bilan ham ardoqlidir.
Sumalak, halim, ko‘k somsa va ko‘k chuchvara mana shunday
tansiq taomlar sirasiga kiradi. Navro‘z dasturxoniga o‘zgacha
ko‘rk bag‘ishlagani bois sumalak va halim pishirish alohida
tayyorgarlik asosida uyushtiriladi.
Agar halim tayyorlash bilan ko‘proq erkaklar band bo‘lishsa,
sumalak pishirish, asosan, ayollar bazmi hisoblanadi. Doshqo-
zonlar atrofida xotin-qizlar, bolalar o‘yin-kulgi qilib, lapar,
rivoyat, ertak, latifa, topishmoq va xalq hikoyalaridan aytishadi,
childirma chalib, raqsga tushishadi. Sayilga kålgan har bir inson
yaxshi niyat bilan qozon kavlaydi. Sumalak bir kåcha-kunduz
davomida qaynatilgach, har bir oilaga taqsimlanadi. Sayilga
qatnasha olmagan båmorlar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar sumalak
bilan siylanadi. Sumalakni farzandi uzoq safarlardan omon
qaytgan, yangi farzand yoki nåvara ko‘rgan, hayotda katta
muvaffaqiyatlarga erishgan, båmorlikdan sog‘aygan kishilar
oldindan niyat qilib tayyorlaydilar. Sumalak bir oilada pishi-
rilganida ham uni tayyorlash jarayoniga butun qishloq yoki
mahalla ahli, qarindosh-urug‘lar hamjihatlik bilan ishtirok etishga
chorlanadi. Aytishlaricha, bir qozondan taom yåganlar bir-biriga
qarindoshdåk yaqin bo‘lib qolishar ekan.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling