Milliy istiqlol


Navro‘z yoshlarning o‘z xalqini yanada yaqinroq bilishi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Navro‘z yoshlarning o‘z xalqini yanada yaqinroq bilishi,
uning ruhiyatini tushunishi, shu xalqqa chambarchas bog‘-
lanib kåtishi omili hamdir.
Odamlarning tinch, erkin va obod hayot nashidasini chuqur
his etishi ayni shunday kunlarga to‘g‘ri kåladi. Siz ham,
o‘zingizni shu xalq, shu mamlakat farzandi deb bilar ekansiz,
elning to‘yida ham, azasida ham oyoqqa qalqmog‘ingiz, shu
xalqqa yålkadosh bo‘lmog‘ingiz lozim. Chunki bayram faqat
shodiyona, xursandchilik uchun emas. U xalq ruhiyatidagi o‘lmas
tuyg‘ularni avlodlararo yåtkazuvchi noyob robita – vosita hamdir.
Navro‘z bayrami bolalar va o‘spirinlar uchun olam-olam
quvonch, shodlik kåltiruvchi tantanadir. Unga yosh bolalar ham,
o‘smir yigit-qizlar ham alohida tadorik bilan kåladilar. Ular
Navro‘z kunlari kurash, chillak (zuvillatar), ot o‘yini, poyga,
uzoqqa koptok otish, båkinmachoq, varrak uchirish, quloq
cho‘zma, hakkalama-dukkalama, tåz aytish, måhmon-måhmon,
qo‘rg‘on qurish (tuproq yoki tosh bilan), to‘ptosh, qo‘g‘irchoq
o‘yini, danak o‘yini, eshak mindi, oq tårakmi-ko‘k tårak kabi
o‘yinlarda yayrab charchamaydilar.
Shuningdåk, bu bayramda xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarini
(maqol, lapar, shå’r, matal, latifa, ertak, doston va boshqalarni)
ko‘p aytish bo‘yicha tanlov-musobaqalar uyushtiriladi.
Yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan bu singari tadbirlar ularda
milliy ong va tafakkur shakllanishi, toblanishida muhim vosita
!


115
hisoblanib, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol
bo‘lib voyaga yåtishida alohida ahamiyatga egadir.
Navro‘z ayyomida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan
oilalarga davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan homiylik yor-
dami ko‘rsatilishi savobli tadbirga aylanib qoldi. Moddiy jihatdan
katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan davlat va jamoat tashkilotlari,
alohida shaxslarning yurtimizdagi «Saxovat» va «Muruvvat»,
«Måhribonlik» uylariga, maxsus intårnatlarga homiylik yordami
ko‘rsatishi bayram kunlari, ayniqsa, kuchayadi. Bularning bari
xalqimizning «Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq», «Birni bårganga
mingni båradi» kabi ezgu maqollari hayotda, amalda o‘z
tasdig‘ini topayotganining dalilidir.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling