Qolavårsa, mutolaa zavqini bilmaydigan, kitob o‘qish
malakasini o‘zlashtirmagan bugungi zamondoshimizni
yuksak ma’naviyatli inson, dåb hisoblash juda qiyin.
Xalqimizning «Yurgan – daryo, o‘tirgan – bo‘yra» dågan
gapi bor. Yurtning bor go‘zalligini, kångligi va rang-barangligini
bilish uchun ham odam bo‘sh vaqtlarida safarga chiqmog‘i
darkor. Safarda kishi tabiat manzaralaridan ilhomlanadi, ko‘rma-
gan joylarini ko‘radi, bilmagan narsalarini bilib oladi, yaxshi-
yomon odamlar bilan hamsuhbat bo‘ladi. «Birni ko‘rib fikr qil,
mingni ko‘rib shukr qil» dåganlaridåk, har xil insonlar bilan
uchrashib, zarur xulosalar chiqaradi, dunyoni taniydi. Inson
safarda yuribgina o‘z uyining, mahallasining, shahar va qishlog‘i-
ning, qolavårsa, Vatanining sog‘inchi qanday bo‘lishini his qiladi.
Borgan joylaridagi odamlar, odatlar, qadriyatlar bilan o‘z yurtida-
gi shunday boyliklarni solishtirib, ko‘p narsaning farqini anglaydi,
ko‘zi ochiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda safar chog‘ida odamda
insonparvarlik, måhr-oqibat, do‘stlik fazilatlari kuchliroq yuzaga
chiqadi.
Chunki safar paytida do‘stlar bilan doim birga bo‘lishga,
birga yotib-turish, ovqatlanish, yo‘l bosishga to‘g‘ri kåladi.
Odamning yaxshi yoki yomon få’l-atvori ayni shunday paytlarda
oshkor bo‘lib qoladi. Kishi qiyinchiliklarga chidamlimi yoki
yo‘qmi, u o‘zi yaxshi ko‘rgan narsani do‘stiga ham ravo ko‘ra-
dimi, xavf ostida qolgan hamrohiga yordam båra oladimi yoki
tashlab qochadimi... bularning barini safarda sinaydilar. Dåmak,
go‘yo bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazish uchun qilingan safar har
bir kishiga bir sinov ham ekan.
107
Do'stlaringiz bilan baham: |