Milliy g‘oyaning någizini tashkil qiladigan yurt tinchligi,
Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy ham-
korlik, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikånglik,
milliy o‘zlikni, insonni anglash singari tushunchalar mamla-
katimizda tinchlik va xotirjamlikni saqlash, o‘zaro hamjihat-
likni mustahkamlash, råspublikamizni iqtisodiy, siyosiy,
madaniy va ma’naviy jihatdan yuksaltirishda g‘oyat muhim
ahamiyat kasb etishini tushunib, anglab bormoqdasiz.
Darslar davomida yuksak ma’naviyat jamiyat va millat ravna-
qining mustahkam poydåvori bo‘lib xizmat qilishiga doir bilimla-
ringiz, tasavvurlaringiz ham birmuncha boyidi. Jumladan,
qonunga itoat qilish, inson huquq va erkinliklariga hurmat
ko‘rsatish biz barpo etayotgan, erkin dåmokratik jamiyatning
ajralmas xususiyati ekaniga iqror bo‘ldingiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |