124
YAKUNIY VA UMUMLASHTIRUVCHI DARS
Aziz o‘quvchi, mana, bu o‘quv yili davomida «Milliy istiqlol
g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fani bo‘yicha mashg‘ulotlarimiz
ham nihoyasiga yåtmoqda. Shu davr
mobaynida sizning yoshin-
gizga yosh, bilimingizga yangi bilimlar qo‘shildi, tasavvurlaringiz
kångaydi.
Jumladan, mamlakatimiz va xalqimizni istiqlolga olib
chiqqan, yurtimizni ozod va obod o‘lkaga
aylantirishda, erkin
va farovon hayot barpo etishda muhim omil bo‘lgan milliy g‘oya-
mizning mazmun-mohiyatiga yanada chuqurroq kirib bordingiz.
Milliy g‘oya va ma’naviyatning qadimiy ildizlarga ega ekani,
bu tushunchalar shu yurtda yashayotgan
barcha odamlarning
oliyjanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini o‘zida
mujassam
etganini yaqindan his qildingiz.
Do'stlaringiz bilan baham: