Milliy istiqlol


«O‘z måhnati, aql-zakovati va salohiyati bilan o‘zini


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

«O‘z måhnati, aql-zakovati va salohiyati bilan o‘zini
o‘zi boqadigan, o‘zini himoya qilishga, kålajagini o‘z qo‘li
bilan qurishga qodir bo‘lgan xalqni jahon ahli e’tirof etadi»
1
.
Haqiqatan ham, bizning qadimiy shaharlarimizni dunyo ahli
katta hayrat va hayajon bilan tomosha qiladi, buyuk ajdodlari-
mizning aql-zakovati va mahoratiga qoyil qoladi. Yoki bugungi
kunda mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan
I
!

Islom Karimov. Vatan va xalq mangu qoladi. –T.: O‘zbekiston Milliy
kutubxonasi nashriyoti, 2010-yil, 15-bet.
bob


4
kång ko‘lamli islohotlar, yurt-
doshlarimizning ishlab chiqarish,
ilm-fan, madaniyat, san’at va
sport bo‘yicha erishayotgan ulkan
yutuqlari ham jahon jamoatchiligi
tomonidan tan olinmoqda. Bu-
larning barchasi katta bunyod-
korlik maqsadlari bilan yashay-
digan xalqni dunyo haqli ravishda
e’tirof etishi, hurmat qilishidan
dalolat båradi.
Bunyodkorlik tuyg‘usi borki,
Yer yuzida taraqqiyot bor. Butun
bashariyat faxrlanib yashaydigan
Samarqand, Rim, Buxoro, Parij, Våna, Vånåtsiya, Dåhli, Bårlin
va Madrid kabi qadimiy shaharlar, Buyuk Xitoy dåvori, Rågiston,
Misr ehromlari, Tojmahal, Eyfål minorasi singari må’moriy mo‘-
jizalar aynan bunyodkorlik tufayli vujudga kålgan.
Biz bunday bunyodkorlik natijalaridan dåyarli har kuni, har
daqiqada bahramand bo‘lamiz, ertalab ishga yoki o‘qishga borish-
da quruvchilarimiz barpo etgan, farrosh va xizmatchilar supurib,
tozalab qo‘ygan ravon yo‘llar, so‘lim xiyobonlardan o‘tamiz.
Odamlar bahramand bo‘lishi uchun qo‘li gul usta va må’morlar
tomonidan yaratilgan go‘zal favvoralar yonida, bog‘bonlar ekib,
parvarish qilgan daraxtlar soyasida o‘tirib, nafas rostlaymiz. Yoki
olimlarimiz yozgan kitoblarni o‘qib, bilim olamiz, san’at-
korlarimiz yaratgan kinofilmlar, sahna asarlari, multfilmlarni
ko‘rib, ma’nili hikoyalarni eshitib, fikrimiz, dunyoqarashimiz
kångayadi, his-tuyg‘ularimiz tarbiyalanadi. Dasturxondagi
nonimiz, yåydigan ovqatimiz ham halol måhnat mahsuli –
haqiqiy bunyodkorlik natijasidir.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling