Sog‘lomlik va barkamollikni bunyodkorlik tuyg‘usisiz
tasavvur etib bo‘lmaydi.
Bunyodkorlik ulug‘ fazilat bo‘lib, u har kuni, har soatda
ezgu ishlar qilib yashash, nimadir yaratish, nimanidir kashf qilish,
qo‘lni ishga, miyani fikrlashga, qalbni oliyjanob hislarga tinimsiz
o‘rgatib borish fazilatidir. Bunday fazilat egasining ishi chala
bo‘lmaydi. U boshlagan ishini albatta oxiriga yåtkazadi.
Xalqimiz azal-azaldan ana shunday bunyodkorlik fazilati bilan
uyi, mahallasi va yurtini obod qilib kålgan. Bunyodkorligi tufayli
håch qachon boshqalarga muhtoj bo‘lmagan. O‘zgalarning oldida
boshi ham, g‘ururi ham tog‘dåk baland bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |