Milliy istiqlol


Milliy g‘oya yuksak vazifalarni amalga oshirish


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Milliy g‘oya yuksak vazifalarni amalga oshirish,
umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida odamlar qalbida
ishonch uyg‘otadigan, ularni birlashtiradigan, safarbar
etadigan g‘oya yoki g‘oyalar tizimidir. Har qaysi mam-
lakatdagi milliy qadriyat va an’analar, moddiy va
ma’naviy boyliklar qatori milliy g‘oyaning ijodkori ham
o‘sha yårda yashab kålayotgan xalqdir.
Demak, milliy g‘oya o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. U
xalqning, millatning asrlar davomida orzu qilib, intilib kålgan
maqsad-muddaolarining natijasi sifatida shakllanadi. Låkin bu
shunchalik murakkab va qiyin kåchadigan jarayonki, uni to‘liq
tasavvur etish uchun o‘sha xalq yoki millatning qadimiy tarixini
ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazishimiz, tushunib, anglab yåtishimiz
kårak bo‘ladi.
Bu haqda fikr yuritganda, avvalo, bir haqiqatni esda
tutishimiz lozim: bu dunyoda yaxshilikning dushmani ko‘p
bo‘lgani kabi, ezgu fikr va g‘oyaning yo‘lidagi to‘siqlar ham
ko‘p bo‘ladi. O‘zimiz ham kundalik hayotda ba’zan qiyin-
chiliklarga duch kålamiz. Gohida umidsizlikka tushamiz.
Ko‘nglimizdagi orzumizni amalga oshirishga kuchimiz, im-
koniyatimiz yåtishiga shubha qilib, tushkunlikka bårilib qoladigan
paytlarimiz ham bo‘ladi. Shunda bizga nima yordam båradi?
Avvalo, yon-atrofimizdagi yaxshi insonlar: ota-onamiz, us-
tozlarimiz, aka yoki opalarimiz, yaqin do‘stlarimiz nasihat qilib,
ko‘nglimizni ko‘tarib, ishonchimizga ishonch qo‘shadi. Qolaversa,


9
o‘qigan mazmunli kitob, ko‘rgan kino, tåatr asarlari, ulardagi
irodali insonlarning obrazlari xayolimizda qayta jonlanib, bizga
dalda bårgandåk, håch qachon bo‘sh kålma, o‘zingni qo‘lga ol,
dåb ezgulikka da’vat etgandåk bo‘ladi.
Dunyodagi xalqlar ham o‘z tarixining dastlabki davrlarida
goh tabiat qiyinchiliklariga, goh yon-atrofidagi yovuz kuch-
larning bosqinchilik harakatlariga duch kålishadi. Ana shunday
qaltis sinov onlarida ular o‘z uyi, oilasi va Vatani bilan birga,
avlod-ajdodlari asrlar davomida asrab-avaylab kålgan ezgu his-
tuyg‘ular, tushuncha va tasavvurlar, maqsad-muddaolarni ham
saqlab qolishga harakat qiladi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling