7
Biz yirik shaharlarimizdagi qadimiy
va zamonaviy binolarni
ko‘rganda, ularning chiroyiga maftun bo‘lganda, xalqimizning
moddiy bunyodkorlik salohiyati
naqadar yuksak ekaniga tan
båramiz, bundan qalbimiz g‘urur-iftixor tuyg‘ulariga to‘ladi. Shu
bilan birga, bu binolarning tarhi va råjasini chizgan, qanday
matåriallar asosida qurish lozimligini oldindan bålgilab bårgan
usta-yu må’morlar, muhandislarning ma’naviy
salohiyatiga ham
qoyil qolamiz. Bordi-yu shunday insonlar bo‘lmasa, bunday
go‘zal binolarni barpo etib bo‘lmasligini tasavvur etamiz.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bunyodkor xalq o‘zining yara-
tuvchilik qudratini måhnati,
kasb-u hunari, aql-zakovati bilan
namoyon etib, dunyo tarixida o‘chmas iz qoldiradi.
Bu esa eng
katta baxtdir.
Do'stlaringiz bilan baham: