Milliy istiqlol
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
?
A) C) B) D) ! 67 INTERNETDAN FOYDALANISH MADANIYATI (Amaliy mashg‘ulot) Mazkur amaliy mashg‘ulotda o‘qituvchingiz va siz quyidagi masalalarga alohida e’tibor bårishingiz maqsadga muvofiqdir: – Intårnåt tizimining paydo bo‘lish tarixi; – bu tizimning chåksiz imkoniyatlari va undagi tåzkorlik sabablari; – mazkur tizim insoniyatning o‘zaro axborot ayirboshlashi, iqtisodiy aloqalarning tåzlashuvi, siyosiy va ijtimoiy sohalardagi yangiliklardan xabardor bo‘lish, muassasalar hamda millionlab kishilar o‘rtasidagi madaniy aloqalarning osonlashuvi singari ko‘plab ijobiy imkoniyatlarni yaratgani; – shu bilan birga, Intårnåt tizimidan turli g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlar, ular tomonidan mazkur tizimga kiritib yuborilayotgan bo‘htonlar, uydirma xabar va lavhalarning nihoyatda ko‘paygani; – Intårnåtning inson qalbi va ongini zaharlashga, axloqi va ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan ko‘plab saytlari mavjudligi; – o‘ziga qanday ma’lumot zarurligini, uni qayårdan izlashni oldindan bilishi mazkur tizimdan unumli foydalanmoqchi bo‘lgan kishining yuqorida aytib o‘tilgan xavflardan saqlanishida muhim omil ekani; – Intårnåtdagi yurtimizga tågishli saytlardan ko‘proq foydala- nish yoshlarning ilm va ma’rifatini yuksaltirish, Vatanimiz tarixi hamda bugungi kuni to‘g‘risida xolis va aniq ma’lumotlar olish imkoniyatini yaratishi; – Intårnåtdan olingan dunyo fani, madaniyati, turli mamla- katlar tarixi va buguni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zaro qiyoslash mazkur ma’lumotlarning ishonchliligini aniqlashda muhim ekani va boshqalar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling