Milliy istiqlol
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
!
? 7 – Milliy istiqlol g‘oyasi, 8-sinf 98 BIZGA TANISH VA NOTANISH TABIAT (Amaliy mashg‘ulot) Bu amaliy mashg‘ulotni tashkil etish uchun, avvalo, sinfda- gi barcha o‘quvchilar o‘zlari yashaydigan hududdagi tabiat, o‘simliklar, hayvonot olami namunalari to‘g‘risida ma’lumot tayyorlaydi. Ularning ayrim namunalarini (masalan, tuvakda par- varishlanayotgan turli gullar, daraxtlar bargi, måvasi, uyda saq- lanayotgan qushlar, toshbaqa, zaharsiz hasharotlar, buloq suvi va shu kabi tabiat ne’matlarini) mashg‘ulot joyiga olib kålish ham mumkin. Har bir o‘quvchi o‘zi tanlagan narsa to‘g‘risida iloji boricha ko‘proq ilmiy ma’lumot to‘plab, sinfdoshlariga gapirib bårishi lozim. Buning uchun maktab kutubxonasidagi «O‘zbåkiston Milliy ensiklopådiyasi», «Bolalar ensiklopådiyasi», hayvonot va nabotot olamiga doir ko‘plab adabiyotlardan foydalanish mumkin. Qolavårsa, u yoki bu daraxt, o‘simlik, gul, hayvon, hasharot yoki buloq suvi to‘g‘risida uydagi kattalardan so‘rab- surishtirish, ularning o‘ziga xos jihatlarini yaxshilab bilib olish imkoniyati bor. Bunda quyidagi ma’lumotlarni aniqlashtirishga ahamiyat bå- ring: – Daraxt, o‘simlik, gul yovvoyi holda o‘sadimi yoki xonakilashtirilganmi? – Ularni xonakilashtirish umuman mumkinmi-yo‘qmi? – Ular qachon gullaydi, qachon måva tugadi, qachon bargini to‘kadi? – Ularning yashash muddati qancha – bir yillikmi yoxud ko‘p yillikmi? – Kåyingi paytlarda ular ko‘payib boryaptimi yoki aksincha? Buning sababi nimada? – Ular qanday ko‘paytiriladi yoki tabiiy ravishda qanday ko‘payadi? 99 – Ular qanday shifobaxsh xususiyatlarga ega? – Hayvon, qush, hasharot yovvoyi holda yashaydimi yoki uyda yashaydimi? – Ular nima yåb oziqlanadi, oziqni qayårdan topadi? – Kåyingi paytlarda ular ko‘payib boryaptimi yoki aksincha? Buning sababi nimada? – Ularning parvarishida nimalarga ko‘proq e’tibor bårish lozim? – Ularning yashash muddati qancha? – O‘rganilayotgan jonzot yurtimiz ekologik tizimida qanday ahamiyatga ega va hokazo. Bu va boshqa ko‘plab qiziqarli savollarga topilgan javoblar, o‘ylaymizki, sizning va sinfdoshlaringizning bir qarashda e’tiborsiz o‘tib kåtadiganimiz tabiat mo‘jizalari haqidagi bilim va tasavvurlaringizni boyitadi. Bu ma’rifiy tajriba esa sizni va do‘stlaringizni har bir giyohga, mavjudotga e’tiborli munosabatda bo‘lishga undaydi. Shu tariqa ona tabiatga muhabbat, unga måhrli, shafqatli munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini egallaysiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling